• Ularni yuzaga chiqish shakli va o‘rniga qarab quyidagilarga ajratish mumkin.
  • Ma’muriy xarajatlar
  • Boshqa umumxo‘jalik xarajatlari
  •  Davr xarajatlari tahlili




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet278/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    10.5. Davr xarajatlari tahlili 
    Davr xarajatlari deyilganda
    – bevosita ishlab chiqarish jarayoni bi-
    lan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi. Davr xarajatlari 
    tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xo‘jalik 
    sarflari kiritiladi. 
    Ularni yuzaga chiqish shakli va o‘rniga qarab 
    quyidagilarga ajratish mumkin. 
    - sotish xarajatlari; 
    - ma’muriy xarajatlar; 
    - boshqa umumxo‘jalik xarajatlari. 
    Sotish xarajatlari
    «Mahsulot (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)lar 
    ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalar-


    382
    ning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq to‘g‘ridan 
    to‘g‘ri korxona faoliyati natijaviyligi bilan bog‘lanishi tartiblangan. 
    Sotish xarajatlari mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga ortib 
    jo‘natish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 
    Sotish xarajatlarini ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar, 
    material xarajatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizat-
    siyasi, reklama xarajatlari, ish va xizmatlar, boshqa xarajat moddalari 
    bo‘yicha tarkiblash va tahlil etish mumkin. 
    Sotish xarajatlarining qoplanishi korxonaning dastlab hisob 
    foydasidan amalga oshiriladi. 
    Ma’muriy xarajatlar
    qatoriga korxona boshqaruvi bilan bog‘liq 
    bo‘lgan xarajatlar kiritiladi va ularning korxona sarflari tarkibidagi 
    salmog‘i sezilarli ulushni tashkil etadi. Bu bevosita rahbarlar va boshqa-
    ruv apparatining xizmat xarajatlaridir.
    Boshqa umumxo‘jalik xarajatlari
    qatoriga yuqoridagi tarkibga 
    kiritilmagan xarajatlar – ishlab chiqarishni takomillashtirish, o‘zlashti-
    rish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan 
    bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish