• 1. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari tarkibi va ularni shakllanish tartibi. Moliyaviy natijalar
  • Moliyaviy natijalar hisobi




    Download 324.89 Kb.
    bet1/8
    Sana29.03.2024
    Hajmi324.89 Kb.
    #180705
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
    Аттестатция савоо жавоблари, Қурулишда янги технологиялар, 2023-02-07 08.55.47.jpg, 222211, 411225, biznes huquqi mustaqil ish 2, In vitro activity of zinc oxide eugenol, Ish reja Kompyuter savodxonligi, 3-seminar, Infografika Yaxshi infografikani yaratish bo\'yicha maslahatlar M-fayllar.org, 5, TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1), portal.guldu.uz-UMUMIY PEDAGOGIKA fanidan seminar mashgФulotlarini tashkil etish va oФtkazish boФyicha uslubiy qoФllanma, portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua, Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

    MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
    REJA:

    1. Moliyaviy natijalar kо‘rsatkichlari tarkibi va ularni shakllanish tartibi


    2. Asosiy xо‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobi
    3. Asosiy xо‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar hisobi
    4. Davr xarajatlari tarkibi va hisobi
    5. Moliyaviy faoliyatdan daromadlar va xarajatlar hisobi
    6. Yakuniy moliyaviy natija hisobi


    1. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari tarkibi va ularni
    shakllanish tartibi.
    Moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik yurituvchi subektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday fao-liyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
    O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish korxonalar faoliyatini
    tubdan isloh qilish, ularni yuzaga kelgan yangi iqtisodiy munosabatlar
    sharoitida rivojlanishini ta’minlash, mamlakatda kichik va o‘rta tadbir
    korlikni rivojlantirish korxonalarning moliyaviy barqarorligiga uzviy
    bog‘liq. Korxonalarning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi ularning
    faoliyati davomida olgan foydasining to‘g‘ri shakllantirilishi bilan
    bog‘liq. Chunki korxonalarda foyda shu yerda ishlovchilarning moddiy
    ta’minlanishining, korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish-
    ning, ishlab chiqarishda fan-texnika gotuqlarini va yangi texnologi
    yalarni joriy qilish kabi ishlarning' asosiy moddiy manbasi hisoblanadi.
    Foyda moddiy ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyati
    jarayonida yaratiladi. Ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va tabiiy
    resurslar) va xo‘jalik yurituvchi subektlarning foydali ishlab chiqarish
    faoliyati birikishi natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, u iste’molga
    sotilganda, tovar bo‘lib hisoblanadi.
    Tovar-pul munosabatlari sharoitida korxona darajasida sof daromad
    foyda shaklini oladi. Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida tovar
    ishlab chiqaruvchi bo‘lib maydonga chiqadilar. Bozorda mahsulotga narx
    belgilab, uni iste’molchilarga sotadilar.
    Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad
    olinganligini anglatadi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni
    mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak.
    Agar tushum xarajatlardan yuqori bo‘lsa, moliyaviy natija foyda
    olinganligidan dalolat beradi. Tadbirkor doimo foyda olishni o‘z oldiga
    maqsad qilib qo‘yadi, lekin bunga doim ham erisha olmaydi. Agar
    tushum xarajatlarga teng bo‘lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va
    sotish xarajatlari qoplangan bo‘ladi, xolos. Bunda zarar ko‘rilmaydi, lekin
    ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishning manbai
    sifatidagi foyda ham olinmaydi.
    Agar korxona xarajatlari tushumidan ko‘p bo‘lsa, u zarar ko‘radi,
    ya’ni salbiy moliyaviy natijaga erishadi. Bu holat uni ancha murakkab
    moliyaviy ahvolga solib qo‘yadi.
    Foydani bozor munosabatlarining o‘ta muhim toifasi sifatida talqin
    etish mumkin.
    1. Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani
    xarakterlaydi. Lekin yagona foyda ko‘rsatkichi yordamida korxona
    faoliyatining barcha tomonlarini baholab bo‘lmaydi. Bunday universal
    ko‘rsatkichning bo‘lishi ham mumkin emas. Aynan shuning uchun
    korxonaning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini tashkil
    qilishda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Foydaning ahamiyati
    shundan iboratki, u yakuniy moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan
    birga uning miqsori va o‘zgarishga korxonaning xarajatlariga bog‘liq
    bo‘lgan hamda bogliq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Foyda rag‘batlan
    tiruvchi funksiyasini bajaradi. Buning mazmuni shundan iboratki, foyda
    bir vaqtning o‘zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy resurslarining
    asosiy elementi hisoblanadi. O‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyilining real
    ta’minlanishi olingan foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy
    to‘lovlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda
    korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaningilmiy
    texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy ragbatlan- tirishni
    moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
    2. Foyda turli darajadagi byudjetlarni ragbatlantirish manbalaridan
    biri bo‘lib hisoblanadi. U soliqlar ko‘rinishida byudjetlarga kelib tushadi
    va boshqa daromad tushumlari bilan bir qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni
    qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan o‘z faoliyatini bajarishni
    ta’minlash, davlatning investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va
    ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish uchun ish-atiladi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida foydaning ahamiyati juda katta. Foyda
    olishga intilish tovar ishlab chiqaruvchilarni iste’moliga kerak bo‘lgan
    mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga, ishlab chiqarishga
    ketadigan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Erkin raqobat sharoitida bu
    orqali nafaqat tadbirkorlarning maqsadiga, balki ijtimoiy ehtiyojlar
    qondirilishiga ham erishiladi. Zararlarning ham o‘z o‘rni bor. Ular
    mablag‘larni yo‘naltirishda, ishlab chiqarishni tashkil qilishda va
    mahsulotni sotishdagi xatolarni yoritib beradi.
    Foydaga iqtisodiy toifa sifatida qaraganda, u haqda abstrakt holda
    gapiriladi. Lekin korxonaning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini rejalashti
    rishda hamda baholashda, korxona ixtiyorida qolgan foydani taqsimlashda
    foydaning aniq ko‘rsatkichlari ishlatiladi. Foyda bu korxonaning mahsu
    lot sotishdan olingan foydasi (zarari) bilan mahsulot ishlab chiqarish va
    sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan foydalari (zararlari) yig‘indisidir.
    Mahsulot sotish deyilganda, nafaqat, natural-moddiy shaklga ega bo‘lgan
    ishlab chiqarilgn tovarlarni sotish, balki ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘r
    satish ham tushuniladi. Oxirgi moliyaviy natija sifatida foyda korxona
    ning barcha xo‘jalik operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va balans
    moddalarini baholash asosida aniqlanadi. Foyda atamasining ishlatilishi
    shu bilan bog‘liqki, korxona ishining yakuniy moliyaviy natijasi uning
    chorak, yil yakuni bo‘yicha tuziladigan balansida aks etadi.
    Moliyaviy natijalarni buxgalteriyada hisobga olishning asosiy
    vazifalari quyidagilardir:
    ♦ moliyaviy natijalarning shakllanishi to‘g‘ri ekanligini o‘rganish;
    -olingan foyda miqsorini har oyda hamda yil boshidan o‘z vaqtida
    va to‘g‘ri hisob-kitob qilish;
    -moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning taq
    simlanishini buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida va tegishli registrlarda
    to‘g‘ri aks ettirish.

    Download 324.89 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 324.89 Kb.