Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

Omilli tahlil turlari. 
Determinatsiyalashgan omilli tahlil - natijaviy ko‘rsatkichlar bilan 
aloqasi funksional tavsif kasb etuvchi omillar tadqiq metodikasini o‘zida 
aks ettiradi. Stoxastik tahlil esa natijaviy ko‘rsatkich bilan aloqasi, 
funksionaldan farqli ravishda, noto‘liq, ehtimoliy (korrelatsion) hisobla-
nuvchi omillar ta’sirini o‘rganadi. Agar argument o‘zgarishiga funk-
sional (to‘liq) bog‘liqlikda doimo funksiyalarning mutanosiblikda o‘zga-
rishi sodir bo‘lsa, u holda argument o‘zgarishining stoxastik aloqasida 
ushbu ko‘rsatkichni aniqlovchi boshqa omillar uyg‘unligiga bog‘liqlikda 
funksiyalar o‘sishining bir nechta qiymatini berishi mumkin. Masalan, 
mehnat unumdorligi ayni bir xil darajali fond bilan qurollangan turli 
korxonalarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu natijaviy ko‘rsatkichga 
ta’sir qiluvchi boshqa omillarning maqbul uyg‘unligiga bog‘liq. 
Tadqiqot metodikasi bo‘yicha to‘g‘ri va teskari omilli tahlil farq-
lanadi. To‘g‘ri omilli tahlil deduktiv usulda – umumiydan xususiyga 
tomon amalga oshiriladi. U o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich kattali-
gini shakllantiruvchi omillarni kompleks tadqiq qilish maqsadida olib 
boriladi. Teskari omilli tahlil sabab-oqibat aloqalarini mantiqiy induk-
siya usuli bilan tadqiq qiladi – xususiy, alohida omillardan umumiyga, 
sababdan oqibatga. Ko‘plab natijaviy ko‘rsatkichlarning o‘rganilayotgan 
omil o‘zgarishiga ta’sirchanlik darajasini baholashga imkon beradi. 
Omillarni detallashtirish darajasiga ko‘ra tahlil bir darajali va ko‘p 


57
darajali bo‘lishi mumkin. Birinchi shakli omillarning faqat bir darajasini 
(bir pog‘onani), ularning tarkibiy qismlar bo‘yicha detallashtirmasdan 
tadqiq qilish uchun foydalaniladi, masalan, Y = a*v. Ko‘p darajali omilli 
tahlilda omillarning mohiyatini o‘rganish maqsadida ularlarning a va v 
tarkibiy elementlariga nisbatan detallashtirishga olib boriladi. Omillarni 
detallashtirish kelgusida ham davom ettirilishi mumkin. Ushbu holatda 
tobelanishning turli darajalariga ega omillar ta’siri o‘rganiladi. 
O‘rganilayotgan hodisalar holat belgisiga ko‘ra statik va dinamik 
omilli tahlil farqlanadi. Statik tahlil muayyan sanaga natijaviy ko‘rsat-
kichlarga omillarning ta’sirini o‘rganishda qo‘llaniladi. Boshqa ko‘rinish 
sabab-oqibat aloqalarini dinamikada tadqiq qilish metodikasini o‘zida 
aks ettiradi, va nihoat, vaqt belgisi bo‘yicha omilli tahlil retrospektiv 
bo‘lishi mumkin, u o‘tgan davr va istiqbol uchun xo‘jalik faoliyati nati-
jalaridagi o‘zgarishlar sababini o‘rganib, istiqbolda natijaviy ko‘rsat-
kichlar darajasiga omillar ta’sirini tadqiq qiladi. 
Omilli tahlilning asosiy bosqichlari: 
1)
o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichlarning tahlili uchun 
omillarni saralash; 
2)
klassifikatsiya va tizimlashtirish omillarining maqsadida ta’min-
langan tizimli yondashuv va ularni o‘rganish; 
3)
omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni 
modellashtirish; 
4)
omillar ta’sirini hisoblash va o‘zgarishidagi natijaviy ko‘rsatkich 
kattaliklari har birining ahamiyatini baholash; 
5)
iqtisodiy jarayonlarni boshqarish uchun omilli modeldan amaliy 
foydalanish. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish