Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

Omilli tahlil metodikasi 
 
Korxonalar xo‘jalik faoliyatidagi barcha hodisa va jarayonlar o‘zaro 
aloqador, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlangandir. Ular bir-biri bilan 
o‘zaro bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Masalan, operatsion 
faoliyatidan foyda hajmi mahsulotlar birligi narxi va tannarxiga, savdo 
hajmi va strukturasiga bog‘liq. Barcha boshqa omillar ushbu 
ko‘rsatkichga bilvosita ta’sir qiladi. 
Tahlilda har bir hodisani sabab sifatida ham, natija sifatida ham ko‘-
rib chiqish mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini, bir tomondan
mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi sababi, uning tannarxi dara-
jasi sifatida, boshqa tomondan esa – ishlab chiqarishni mexanizatsiya-
lash va avtomatlashtirish darajasi o‘zgarishi natijasi, mehnatni tashkil 
qilish takomillashtirilishi va boshqalar tarzida ko‘rib chiqish mumkin. 
Har bir natijaviy ko‘rsatkich ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Natijaviy 
ko‘rsatkich kattaligiga omillar ta’siri qanchalik batafsil tadqiq qilinsa, 
tahlil natijalari va korxonalar mehnat sifatini baholash shunchalik aniq 
bo‘ladi. Shuning uchun xo‘jalik faoliyati tahlilida o‘rganilayotgan 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar kattaligiga omillar ta’sirini o‘rganish va o‘lchash 
muhim metodologik masala hisoblanadi. Omillarni chuqur va har 


56
tomonlama o‘rganmasdan faoliyat natijalari haqida asoslangan xulosalar 
qilish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash, reja va boshqaruv 
qarorlarini asoslash mumkin emas.
Omilli tahlil – bu natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini 
kompleks hamda tizimli tadqiq qilish jarayonidir. 
Omilli tahlil 
turlari 
1. Determinatsiyalangan va stoxastik 
2. To‘g‘ri va teskari 
3. Bir darajali va ko‘p darajali 
4. Statik va dinamik 
5. Retrospektiv va istiqbolli 
(prognoz) 
 
4-chizma. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish