Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

axborot manbalari 
 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi 
subyekt biror-bir mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni tashkil 
qilishi uchun unda asosan to‘rt xil resurs mujassam bo‘lishi lozim. 
Bunday resurslar tarkibiga: 

Moddiy resurslar. 

Moliyaviy resurslar. 

Mehnat resurslari. 

Tadbirkorlik resursi va boshqalar kiradi. 
Mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri bu 
moddiy resurslar bo‘lib, ularning tarkibida ham muhimlaridan biri aso-
siy vositalar hisoblanadi. Chunki keyingi yillarda asosiy vositalar 
bahosini muntazam oshib borishi va ularga qilinadigan xarajatlar 
mahsulot tannarxining asosini tashkil qilayotganligi ham ushbu 
vositalarni tahlil qilib borishni taqozo etmoqda.
Asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarishning muhim omili sifatida 
qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari 
birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar 
ko‘rsatiladi. 
Asosiy vositalar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib 
o‘zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman o‘tka-
zuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga 
aytiladi.
Asosiy fondlar yoki vositalarni tarkiblashda jahon va respublika 
hisob belgiloviga muvofiq quyidagi ikkita jihat mezon sifatida olingan. 
Birinchisi, ularning qiymat ifodasi, ikkinchisi – xizmat muddati. 


438
Asosiy vositalarning qiymat ifodasi uning kam baholi va tez 
eskiruvchi buyumlardan farqlanish chegarasini xarakterlaydi. Bu ifoda 
5-sonli BHMS bilan ish haqi minimumining 50 barobarida qilib 
belgilangan. Asosiy vositalarning xizmat muddati ularning bir yildan 
ortiq muddat xizmat qilishini xarakterlaydi. 
Xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, lekin qiymat jihatdan 
qat’iy chegaradan oshmaydigan qiymatliklar, shuningdek, qiymatliklar, 
xo‘jalik inventarlarining ayrim turlari asosiy vositalar qatoriga 
kiritilmaydi. Bu qator bevosita kam baholi va tez eskiruvchi buyumlari 
tarkibida hisobga olinadi. 
Asosiy vositalar va ularning tahlili to‘g‘risida bir qator iqtisodchi 
olimlar o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tishgan. Jumladan, T.Shog‘iyo-
sovning «Kompleks iqtisodiy tahlil» nomli darsligida quyidagicha 
mualliflik yondoshuvi aks ettirilgan: 

Download 2,53 Mb.
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish