440
xorijiy investitsiyalar jalb qilinish hajmiga qarab, ularni safarbar etadi-
gan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha daromad
(foyda) solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va
hududlarni obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar
uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek, Respublika yo‘l
jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan.
Asosiy vositalarni tahlil etishda korxonaning asosiy vositalar bilan
ta’minlanishi, asosiy vositalar harakati, texnik holati, ulardan unumli
foydalanish ko‘rsatkichlari va ishga solinmagan imkoniyatlari aniq-
lanadi.
Asosiy vositalar tahlili bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi va
asosiy vositalarning tuzilishi, dinamikasi, ulardan hamda uzoq muddatli
investitsiyalardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga asoslangan
holda tahlil natijalariga ko‘ra baho beriladi.