Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

strukturasini
ifodalaydi. Struktura ishlab chiqarishning 
xususiyati, xarakteri, ixtisoslashuv darajasi, texnologiyasiga bog‘liq. 
Strukturani tahlil etishda asosiy vositalarni aktiv va passiv qismlari 
nisbatiga e’tibor qaratiladi. Ishlab chiqarish hajmi asosiy vositalarning 
aktiv qismiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ularning passiv qismi esa, faqat 
ishlab chiqarish uchun sharoit yaratadi xolos. 
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda asosiy vositalarning aktiv qismi 
to‘g‘risida aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Bir guruh iqtisodchilar bino 
va inshootlardan tashqari jami asosiy vositalarni, ikkinchi guruhdagilar 
mashina va uskunalar, transport vositalarini aktiv qismga kiritadilar. 
Bino va inshootlar asosiy vositalarning passiv qismiga kirsa ham, ammo 
elektr quvvati, neftni qayta ishlash, gaz va boshqa sohalarda inshootlar 
aktiv qism tarkibiga kiradi. Demak, asosiy vositalarning aktiv qismiga 
mashina va uskunalar, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, 
transport vositalarini kiritish mumkin. Aktiv qismining yuqori bo‘lishi 
fond progressivligini ifodalaydi. 
Bugungi kunda mehnat qurollarini jalb etishning yangi shakllari
masalan, lizing va ijaraning boshqa shakllaridan keng foydalanilmoqda. 


443
O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolik kodeksi»ning 587-moddasi lizing 
shartnomasini quyidagicha sharhlaydi: «Lizing shartnomasi bo‘yicha bir 
taraf – lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) boshqa taraf – lizing oluvchi 
(ijarachi)ning topshirig‘i bo‘yicha uchunchi taraf – sotuvchi bilan undan 
lizing oluvchi uchun mol-mulkni xarid qilish uchun bitimga kirishish 
majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, lizing oluvchi esa buning uchun 
lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga 
oladi». 
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot (3-sonli shakl)da 
konservatsiya qilingan asosiy vositalar, uzoq muddatli ijara (lizing)ga 
olingan asosiy vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ifodalinishi asosiy 
vositalarni kompleks iqtisodiy tahlil etish obyektini yanada kengaytiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt va firmalarda asosiy vositalar hisobini 
yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif ko‘rsatkichlari 
orqali guruhlarga bo‘linadi. Asosiy vositalarni guruhlarga bo‘lishning 
tasnif belgilari quyidagilardir: 
– bajaradigan vazifasiga ko‘ra; 
– obyektlarda foydalanish darajasiga ko‘ra; 
– natural-moddiy tarkibiga ko‘ra. 
Obyektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra asosiy 
vositalarning turkumlanishi 
Zahirada 
turgan asosiy 
vositalar 
Foydalanilayotgan 
asosiy
vositalar 
Ishlamayotgan
asosiy
vositalar 
33-chizma.

Download 2,53 Mb.
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish