501
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul
oqimlarini tahlil qilish
natijasida pul mablag‘larining taqchillik sabablari to‘g‘risidagi dastlabki
xulosalarni qilish mumkin bo‘ladi.
Bunday sabablarga quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
●
Xo‘jalik subyektlarining mol-mulk va mahsulot sotish
rentabelligini pastligi.
●
Soliqlar va dividend to‘lovlarining yuqoriligi.
●
Korxonalarda qoplash manbalaridan yuqori bo‘lgan
kapital
xarajatlarining katta miqdorda amalga oshirilishi.
●
Me’yordan ortiqcha bo‘lgan zaxira va xarajatlarni tashkil etishga
pul mablag‘larining yo‘naltirilganligi.
●
Korxonalarda aylanma mablag‘lar aylanishining pastligi, ya’ni
aylanma mablag‘larning aylanishi sekinligi
hisobiga korxona oborotiga
pul mablag‘larining qaytishi sekinligi natijasida oborotga qo‘shimcha
pul mablag‘larini jalb etilganligi.
●
Balans passivida qarz majburiyatlari ulushining ortishi hisobiga
qarz va kreditlarni qoplashga hamda foiz to‘lovlariga
yuqori miqdorda
to‘lanmalar qilinganligi va boshqalar.