• 10. Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot qaysi usulda tuziladi
  • 11. Quyida qayd qilingan qaysi ma’lumotlar valuta mablag‘lari harakatini to‘liq ifodalaydi
  •  Operatsion faoliyatdagi pul mablag‘lari harakati nimalardan




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet373/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    9. Operatsion faoliyatdagi pul mablag‘lari harakati nimalardan 
    tashkil topadi? 
    a) mahsulotlarni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari; material, 
    tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul 
    mablag‘lari; xodimlarga va xodimlar nomidan to‘langan pul mablag‘lari; 
    boshqa operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari tushumi va chiqimidan; 
    b) xodimlarga va xodimlar nomidan to‘langan pul kirimi va 
    chiqimidan; 
    d) turli xil pulli to‘lovlar va tushumlardan; 
    e) xaridor va mol yetkazib beruvchilar, xodimlar va boshqa turli xil 
    to‘lov va tushumlardan; 
    f) xaridor va mol yetkazib beruvchilardan pul kirimi va chiqimi 
    valuta mablag‘lari harakatidan. 
    10. Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot qaysi usulda tuziladi? 
    a) to‘g‘ri va egri usulda; 
    b) balans usulda; 
    d) to‘g‘ri usulda; 
    e) to‘g‘ri va balans usulida; 
    f) qatorli va balansli usulda. 


    515
    11. Quyida qayd qilingan qaysi ma’lumotlar valuta mablag‘lari 
    harakatini to‘liq ifodalaydi? 
    a) valuta mablag‘larining kirimi; 
    b) valuta mablag‘larining chiqimi; 
    d) valuta mablag‘larini hisobot davri boshidagi qoldig‘i; 
    e) valuta mablag‘larining yil boshidagi qoldig‘i; 
    f) valuta mablag‘larining yil boshidagi qoldig‘i, jami tushum va 
    chiqim, yil oxiridagi qoldiq.


    516
     
    XIV BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING 
    XUSUSIY KAPITALI TAHLILI 
     
    14.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xususiy kapitalini tahlil 
    qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari 
    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xususiy kapital kor-
    xonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri 
    hisoblanadi. Chunki uning holatiga qarab jami mablag‘lar tarkibidan 
    kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga 
    baho beriladi. Bu biznesni boshqarish, faoliyatni kengaytirish va 
    sheriklik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘ta muhim masala hisoblanadi. 
    Xususiy kapital korxonaning o‘z mablag‘lari manbayining asosini 
    tashkil etuvchi ko‘rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav 
    kapitali, zaxira kapitali, qo‘shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda 
    (qoplanmagan zarar) kiradi.
    Buxgalteriya hisobi fanidan ma’lumki korxona, tashkilot va 
    firmalarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash manbayi bo‘lib 
    quyidagilar hisoblanadi: 
    Ø
    o‘z mablag‘lari manbayi; 
    Ø
    qarz mablag‘lari. 
    Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag‘lar manbayiga budjetdan ajrat-
    malar ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o‘tganimizdan keyin bu 
    mablag‘lar manbayi bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo‘q qilinishi 
    Respublikamizdagi boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi. 
    Endilikda esa yuqorida sanab o‘tganlarimiz korxonalarni mablag‘lar 
    bilan ta’minlash manbayi bo‘lib kelmoqda. 
    Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o‘z mablag‘larini bel-
    gilab olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag‘larni qaysi 
    manba hisobiga qoplash kerakligi ko‘rib o‘tiladi. Agarda korxonaning 
    o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lsa, o‘z mablag‘lar manbayi hisobiga, aks 
    holda esa qarz mablag‘lari hisobiga, qoplaydi. 


    517
    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir korxona o‘z 
    moliyaviy ehtiyojlarini o‘zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni 
    ta’minlash manbayi bo‘lib, uning foydasi, qimmatli qog‘ozlarini sotish-
    dan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to‘lovlari, yuridik va 
    jismoniy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari hamda qonundan tash-
    qari bo‘lmagan holda kirim qilingan mablag‘lar kiradi. Bunday asosda 
    kiritilgan mablag‘lar korxona, tashkilotlar uchun xususiy kapital deb 
    qaraladi. 
    Hozirgi vaqtda mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalarda 
    ustav fondi miqdori mazkur korxona tashkil bo‘lganda tasdiqlangan 
    ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdor bilan muvofiq kelishi lozim. 
    Uning miqdori yil davomida o‘zining mulkchilik shaklini o‘zgartirmay-
    digan korxonalarda o‘zgarmaydi. Davlat korxonasi xususiylashtirilganda 
    mazkur korxona mulkining sotib olinish qiymatini aniqlash talab 
    qilinadi, chunki ta’sischilar hujjatida ustav fondi miqdorini ko‘rsatish 
    lozim. 
    Umuman olganda, barcha iqtisodchi olimlar tomonidan xususiy 
    kapitallarga ta’rif berilganda yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar tizimi-
    dan foydalanilgan bo‘lib, ular tarmoq xususiyatiga ko‘ra o‘z ko‘rinish-
    larini o‘zgartirgan holda ta’riflangan.
    MDH iqtisodchi olimlaridan P.Kamishanov «Ustav kapitali – bu 
    davlat tashkilotlarida hukumat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma 
    mablag‘lari hisobiga shakllanadi. Nodavlat sektoridagi korxonalarda esa 
    ta’sischilarning kiritgan mablag‘lari hisobiga tashkil topib, u xo‘jalik 
    faoliyatini amalga oshirish uchun ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan mulkni 
    puldagi ifodasini ko‘rsatadi» deb ta’kidlagan. 
    Shu jumladan A.O‘lmasov va N.To‘xliyevlar ham: «Ustav kapitali – 
    korxonani barpo etish to‘g‘risidagi shartnoma yoki nizomda belgilangan 
    mablag‘lar (kapital) miqdori. Chiqarilgan aksiyalarning nominal qiyma-
    ti, davlat qo‘ygan mablag‘lar, xususiy ulush (pay) badallari miqdoridan 
    tashkil topadi» deb ta’rif berishgan. 
    Ushbu iqtisodchilar tomonidan ustav kapitaliga berilgan ta’rif maz-
    mun jihatdan mohiyatga ega bo‘lsa hamki, unga bir muncha qo‘shim-
    chalar kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Negaki, berilgan mazmun, 
    korxona mablag‘lar manbayining manfaatdorlik hissini, tashkil bo‘lish 
    davrini va keyinchalik mazkur ko‘rsatkichning shakllanish holatini 
    o‘zida aks ettirmagan. Shu jihatdan olganda: «ustav kapitali – bu 
    xo‘jalik subyektlarining daromad (foyda) olish maqsadini ro‘yobga 


    518
    chiqarish uchun zarur bo‘lgan dastlabki (korxonani barpo etish to‘g‘ri-
    sida shartnoma yoki nizomda belgilangan) mablag‘lar (kapital) miqdori. 
    Shuningdek, ustav kapitalini oshirish maqsadida kiritilgan mablag‘lar, 
    hamda o‘z kreditor va ta’sischilarining qiziquvchanligini kafolatlovchi 
    mablag‘lar manbayidir» deb ta’rif berishimiz maqsadga muvofiqdir.
    Xususiy kapital tarkibiy qismlaridan yana biri bu – rezerv kapitali 
    hisoblanadi. Rezerv kapitali ko‘pgina me’yoriy va qonuniy hujjatlarda 
    hamda iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflangan bo‘lib, uning o‘ziga 
    xos jihatlarini belgilab bergan. 
    Masalan, Respublikamiz boshqaruv tashkilotlari tomonidan belgi-
    langan me’yorlarga asosan: «Rezerv kapitali – bu korxona ustaviga 
    asosan ajratma qilish mol-mulk qayta baholanishi, qaytarib bermaslik 
    sharti bilan olingan mablag‘lar (pul mablag‘laridan tashqari), o‘rtoqlik 
    va aksionerlik jamiyatlar mulkini oshiruvchi boshqa kirimlar hisobini 
    olib borish uchun mo‘ljallangan» deb izohlangan. Keltirilgan izohga 
    mazmunan yondashadigan bo‘lsak, uning tarkibiga kiruvchi bir qator 
    ko‘rsatkichlar o‘z o‘rnida berilmagan. Masalan, mol-mulkning qayta 
    baholanishi. Chunki ushbu ko‘rsatkichning ma’lum qismi, qo‘shilgan 
    kapital zimmasiga birkitilgan bo‘lib, uning ikki schotda ko‘rsatilishi 
    hisob tizimidagi kamchiligimiz hisoblanadi.
    M.Lapustin, P.Nikolskiylarning fikricha: «Rezerv kapitali – bu xo‘-
    jalik tavakkalchiligi va ko‘zda tutilmagan holatlarni moliyalashtirish 
    maqsadida jamg‘arilgan pul ko‘rinishidagi mablag‘lar hisoblanib, u xu-
    susiy kapitalning bir bo‘lagi sifatida qaraladi. Amaliyotda bu jamg‘arma 
    sug‘urta mablag‘i sifatida yoki tavakkalchilik rezervi, deb ham ataladi». 
    Yuqorida keltirilgan ta’rifga nazar solsak, uning bir qadar maz-
    munga ega ekanligini guvohi bo‘lamiz. Chunki rezerv kapitali hisobot 
    yilida erishilgan sof foyda hisobidan ma’lum bir maqsadlarni sug‘ur-
    talash uchun tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan.
    Shu nuqtayi nazardan, bizningcha: «Rezerv kapitali – bu ta’sis huj-
    jatlariga binoan hisobot davrida erishilgan sof foyda hisobidan, amaldagi 
    qonunchilik asosida, tavakkalchilik va ko‘zda tutilmagan natijalar oldini 
    olish, hamda xo‘jalikning oxirgi moliyalashtirish manbayi sifatida gav-
    dalanadigan mablag‘lar jamg‘armasining puldagi ifodasi» deb ta’riflash 
    maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
    Yuoridagi fikr-mulohazalar shuni ko‘rsatmoqdaki, xo‘jalik yurituv-
    chi subyektlarning faoliyatida kapitallar (fondlar) va rezervlarning 
    muhim o‘rni mavjud ekan. Chunki bu manbalar asosan, xo‘jalik sub-


    519
    yektlarining o‘z manbalarini aks ettiruvchi jihatlari bilan ajralib turadi. 
    Bugungi kunda xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari manbalari 
    qanchalik yuqori salmoqqa ega bo‘lsa, mazkur korxonalarning faoliyati 
    shunchalik ijobiy baholanadi. 
    Xususiy kapital hisobi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida 
    muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u korxonaning o‘z qudrati darajasining 
    qay darajada ekanligini bildiradi. Bunday taraflarni e’tiborga olgan 
    holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6-
    sessiyasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda 
    ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16- 
    moddasiga ko‘ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5-shakl «Xususiy 
    kapital to‘g‘risida hisobot» deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa 
    hisobotlarga qo‘shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Operatsion faoliyatdagi pul mablag‘lari harakati nimalardan

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish