Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

Sotilgan mahsulot
deb – iste’molchilarga jo‘natilgan yoki xaridor-
lardan puli kelib tushgan mahsulotlar qiymatiga aytiladi. Sotilgan 
mahsulotlar hajmi solishtirma, biznes-rejadagi va amaldagi baholarda 
hisoblanishi mumkin. Bu ko‘rsatkichga qarab ishlab chiqarish va 
iste’mol o‘rtasidagi bog‘liqlik, korxonaning mahsulotlarini sotish 
hajmini ko‘paytirish bo‘yicha imkoniyatlari bor yoki yo‘qligini tahlil 
qilishga asos bo‘ladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
tizimiga tovar mahsuloti solishtirma bahosidan tashqari fond qaytimi, 
ya’ni asosiy vositalar qiymatining har so‘miga to‘g‘ri keladigan 
mahsulot hajmi ham kiradi. Fond qaytimi jami asosiy vositalardan 
unumli foydalanishni ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkich. 
,
q
N
F
F
=
bunda 
q
F
- fond qaytimi; 
N – mahsulot hajmi (ish xizmat) solishtirma bahoda; 
F – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati. 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini kompleks tahlilining 
asosiy vazifasi – mahsulot hajmlarini qanday omillar evaziga oshgan-
ligini aniqlash, so‘ngra ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga 
qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishdan iborat. Mahsulot 
hajmiga ta’sir etuvchi omillar tufayli sotishdan kelgan tushum o‘tgan 
yildan farqlanadi. Umumlashgan tarzda ishlab chiqarish omillarini uch 
guruhga: mehnat, mehnat predmetlari va mehnat vositalariga ajratib 
o‘rganish talab etiladi. Bu omillar uzviy bog‘liqlikda kompleks tarzda 
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etadi. Uch omilning mahsulot 
hajmiga bo‘lgan ta’siri quyidagi formulalar asosida aniqlanadi: 
,
*
*
R
N
R
D
R
N
=
=
(1) 
bunda R – xodimlarni ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni, D – mehnat 
unumdorligi (bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot) 
*
*
,
q
N
N
F F
F
F
=
=
(2) 
bunda F – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik 
qiymati; 


148
q
F
- asosiy ishlab chiqarish fondlarini fond qaytimi. 
*
*
,
x
q
х
х
N
N
M
M
М
M
=
=
(3) 
bunda 
x
M
- mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallar 
xarajati; 
q
M
- material qaytimi (materiallar xarajatini har so‘miga to‘g‘ri 
keladigan mahsulot hajmi) 
Birinchi formula mahsulot hajmi xodimlar soni va mehnat 
unumdorligiga, ikkinchi formula - asosiy ishlab chiqarish fondlari va 
fond qaytimiga, uchinchi formula – materiallar sarfi va material 
qaytimiga bog‘liqligini ifodalaydi.

Download 2,53 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish