• Xo‘jalik yurituvchi subyektning eksport operatsiyalaridan olingan foydasi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili Ko‘rsatkichlar
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet425/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
     
    16.5. Eksport-import operatsiyalaridan olingan daromad va 
    xarajatlar tahlili 
    Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari 
    sifatida eksport-import operatsiyalari bo‘yicha daromadlar va 
    xarajatlarning nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi va ularning 
    o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. 
    Eksport-import operatsiyalaridan olinadigan foyda summasining 
    oshishi birinchidan, korxona iqtisodiy rivojiga ta’sir etsa, ikkinchi 
    tamondan, mamlakat valuta rezervining shakllanishi va uning ortishiga 
    imkon beradi. Korxonada valuta tushumlarining ortishi esa erkin 
    iqtisodiy harakatda bo‘lish va chet el bilan aloqalarning rivojlanishida 
    muhim moliyaviy tayanch bo‘ladi. 


    581
    Eksport operatsiyalari tahlilida eksport hajmidan olingan natija va 
    uning rentabelligiga muhim e’tibor beriladi. Buni quyidagi bog‘lanishlar 
    asosida aniqlashimiz mumkin. 
     
    135-jadval 
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning eksport operatsiyalaridan olingan 
    foydasi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili 
    Ko‘rsatkichlar 
    O‘tgan yili Hisobot yili Farqi (+,-) 
    Mahsulot, ish va xizmatlar eksportidan 
    olingan tushum, ming so‘m hisobida 
    100000 
    120000 
    +20000 
    Eksport qilingan mahsulot, ish va 
    xizmatlar tannarxi, ming so‘m hisobida 
    85000 
    95000 
    +10000 
    Eksport hajmidan olingan foyda, ming 
    so‘mda 
    15000 
    25000 
    +10000 
    Rentabellik darajasi, % 
    15,0 
    20,8 
    +5,8 
    Korxonada eksport hajmidan olingan foyda summasi o‘tgan yilga 
    nisbatan 10000 ming so‘mga ortgan. Bu o‘zgarish bevosita eksport 
    hajmining yoki olingan daromadlar summasining o‘zgarishi hisobiga 
    hamda eksport qilingan mahsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish 
    tannarxining o‘zgarishi hisobiga ro‘y bergan. Buni quyidagi bog‘la-
    nishlar orqali topishimiz mumkin. 
    Agarda korxona eksport operatsiyasidan o‘tgan yil mahsulot, ish va 
    xizmatlarni ishlab chiqarish tannarxida joriy davr tushumlariga yoki 
    daromadlariga ega bo‘la olganda korxona qo‘shimcha qancha foydaga 
    ega bo‘lishi mumkin edi. 
    Buni quyidagicha aniqlash mumkin, ya’ni mahsulot, ish va 
    xizmatlar joriy davr eksportidan olingan daromad summasidan ularning 
    o‘tgan davr bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxi chegirilgan holda 
    12000-85000=35000 ming so‘m. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish