• Birinchidan
  • Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  •  Eksport operatsiyalarining tahlili




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet421/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

     
    16.3. Eksport operatsiyalarining tahlili 
    Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning 
    tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o‘tish, iqtisodiy taraqqiyot va 
    xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar 
    bilan ishtirok etish hamda bu munosabatlarni takomillashtirish asosiy 
    vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun: 
    Birinchidan, eksport salohiyatini tiklash, rivojlantirish va chetga 
    chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini, ishlab chiqarishni modernizatsiya 
    qilish, xo‘jalik yuritish subyektlarini texnik hamda texnologik yangilash 
    asosida yaxshilash, shuningdek, ilmiy-texnikaviy bilimlar, mehnat 
    resurslari hisobiga ham mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalarini 
    rivojlantirish zarur. 
    Ikkinchidan, importni ratsionallashtirish zarur. Chunki, import 
    siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko‘zlab, balki 
    iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat 
    qiladi. Import siyosatida imkon boricha tayyor transport vositalari va 
    texnologik asbob-uskunalarni foydali qazilmalar qazish ishlari va qayta 


    577
    ishlovchi sohalar uchun sotib olinishi kerak. Import samarasining 
    oshirilishida mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar 
    o‘rnini bosuvchi va kam xarajat, jumladan, mahsulotlarni sotib olish va 
    olib kelish uchun ketgan xarajatlarni e’tiborga olib, ishlab chiqarishni 
    tashkil etish ham asosiy yo‘nalishlardandir. 
    Uchinchidan, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
    jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish. Eksport potensialini 
    kengaytirish va jahon xo‘jaligiga kirishning integratsiyasida, yaratilayot-
    gan mahsulotlarni iloji boricha sifatli, kam xarajatlar asosida, tashqi 
    bozor shartlari hamda talablariga moslashtirish zarur. Bu, ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini ichki va jahon andozalariga 
    yaqinlashtirishni talab etadi. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish