• Maqola mavzusi.
  • Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot.
  • Maqola annotatsiyasi.
  • Kalit so‘zlar.
  • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil




    Download 23,44 Kb.
    bet1/3
    Sana30.05.2024
    Hajmi23,44 Kb.
    #257738
      1   2   3
    Bog'liq
    Jurnal talablari


    Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” ilmiy elektron jurnalida maqolalar nashr ettirish tartiblari
    1. Muallif tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” ilmiy elektron jurnalining yo‘nalishiga mos kelishi lozim.
    2. Maqolalar asosan empirik tadqiqot, keys-stadi, adabiyotlar tahlili va sharh, meta-analiz, nazariya, amaliyot, uslubiyot, professional ilmiy taqriz va boshqa tavsifga ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
    3. Maqola qo’lyozmasi avval nashr qilinmagan va bir vaqtda boshqa jurnalga taqdim qilinmagan bo’lishi kerak.
    4. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi tavsiya etiladi:
    Maqola mavzusi. Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim (o’zbek, rus va ingliz tillarida).
    Tematik rubrikator. UO‘K – universal o’nlik klassifikator (УДК). har bir maqola boshida UO‘K raqami qo’yilishi lozim. UO‘K raqamini aniqlash va u haqida qo’shimcha ma’lumotni olish uchun quyidagi havoladan foydalanish mumkin (https://perviy-vestnik.ru/udc/).
    Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot. Ushbu qismda muallifning ismi va familiyasi, tegishliligi (ya’ni, ish joyi yoki tahsil olish joyi, bunda faqatgina tashkilot nomi qisqartmalarsiz to’liq yoziladi), elektron pochta manzili, ORCID raqami va muloqot telefonlari kiritiladi (barchasi o’zbek, rus va ingliz tillarida). ORCID raqami https://orcid.org/ saytida shakllantiriladi. Quyidagi o‘zbekcha va ruscha videoqo‘llanmalarda ORCID raqamni qayerdan olish va unda ro‘yxatdan o‘tish masalalari yoritilgan.
    Maqola annotatsiyasi. Maqola annotatsiyasi ko‘pi bilan 100 so‘zdan iborat bo‘lgan, maqolaning umumiy mazmunini qisqacha tarzda yoritib beruvchi qism hisoblanadi. Maqola annotatsiyasida tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi (o’zbek, rus va ingliz tillarida).
    Kalit so‘zlar. Tayanch so‘zlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 5-10 marta takrorlanishi tavsiya etiladi (o’zbek, rus va ingliz tillarida).
    Kirish. Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi. Bundan tashqari, kirish qismida tadqiqot obyektining qisqacha tavsifi keltiriladi. Keyingi tarkibiy qismlar mazmuni ham aynan kirish qismida qisqacha izohlanadi.

    Download 23,44 Kb.
      1   2   3




    Download 23,44 Kb.