|
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
|
bet | 3/3 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 23,44 Kb. | | #257738 |
Bog'liq Jurnal talablariXulosa va takliflar. Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining o‘z javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Bu qism tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxatini e’lon qiladi. Maqolada foydalanilgan barcha havolalar bu qismda alifbo ketma-ketligida Garvard shakli talablarida qayd qilinadi:
mualliflar ismi-sharifi, (yili), kitob nomi, nashr manzili (Rossiya, O‘zbekiston va h.k.), nashriyot nomi;
mualliflar ismi-sharifi, (yili), maqola nomi, jurnal nomi, nashri, soni, betlari.
Foydalanilgan adabiyotlar soni 10 tadan ko’p, shundan kamida 50 %i so’nggi 5 yil davomida chop etilgan ilmiy adabiyotlar va kamida 30 %i xorijiy adabiyotlar bo’lishi maqsadga muvofiq. Shuningdek kamida 1 ta adabiyot mazkur jurnalda nashr qilingan bo’lishi tavsiya etiladi.
5. Maqola matni kamida 70% muallifning shaxsiy izlanishlari natijasiga asoslanishi lozim. Topshirilgan maqolalar antiplagiat uchun tekshirilganda belgilangan me’yordan past bo’lganlari nashr etilmaydi.
6. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi tavsiya etiladi. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi cheklanmagani holda, eng minimal hajmi 6 betdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
7. Maqolada jadval nomlari uning yuqori qismida, rasmlar nomlari ularning quyi qismida beriladi.
8. Maqola ichida beriluvchi havolalar Garvard shakli (Harvard style) talablari asosida quyidagicha beriladi:
Yagona muallifli maqola uchun (Familiya, yili) – masalan (Ahmedov, 2014);
Ikki muallifli maqola uchun (Familiya va Familiya, yil) – masalan (Ahmedov va Sobirov, 2013);
Ikkitadan ortiq muallifli maqola uchun (Familiya va boshq., yil) – masalan (Ahmedov va boshq., 2013);
Bir nechta alohida maqolalar uchun (Familiya, yil; Familiya, yil… (alifbo tartibida)) – masalan (Ahmedov, 2014; Sobirov, 2013; …)
9. Maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
10. Belgilangan talablarga javob bermaydigan maqolalar taqrizchilarga taqdim etilmaydi va tahririyatning talablarga javob bermaslik haqidagi xulosasi bilan muallifga qayta ishlash uchun qaytarib yuboriladi.
11. Tahririyat tomonidan taqrizdan o‘tgan va nashrga tavsiya etilgan maqolalarda keltirilgan dalillar va ma’lumotlar uchun muallif javobgar hisoblanadi.
12. Maqola nashr etish bilan bog‘liq barcha jarayonlar har bir maqola uchun to‘lov evaziga amalga oshiriladi.
|
| |