574
faoliyat bilan shug‘ullanish shartlari, holati va tartibi belgilangan. Shu
bilan birga, har bir korxona albatta mustaqil tashqi iqtisodiy faoliyat
bilan qonun chegarasida shug‘ullanishi mumkin.
Respublikamiz hukumati tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni
rag‘batlantirish va rivojlantirish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar
maqsadi ham, avvalo respublikamizning tashqi savdo aylanmasini
yaxshilashga, unda ijobiy saldoga erishishga qaratilgan.
Respublikamiz Prezidenti tomonidan tashqi faoliyatni rivojlantirish
chora-tadbirlari bo‘yicha farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qaror-
larining maqsadi ham shunga qaratilgan. Shuningdek, soliq qonunchiligi
bo‘yicha ham tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlarga imti-
yozli soliq stavkalarini qo‘llash, mahsulotlarning nazoratdagi qatorlari
bo‘yicha imtiyoz shartlari va ko‘plab imtiyozlarning belgilanishi ham
tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishda qo‘l kelmoqda.
Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning bosh
shartlaridan biri sifatida bevosita mamlakatimizdagi osoyishtalikni ham
olishimiz mumkin.
Albatta, tashqi iqtisodiy faoliyatda bo‘lish va hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish tavakkalchilik hissi bilan emas, balki oldindan puxta o‘ylangan
holda amalga oshiriladi. Bu borada albatta, xalqaro biznes tili bo‘lgan
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga alohida ahamiyat beriladi.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarini faqat chuqur tahliliy
yechimlar asosidagina o‘qish va o‘rganish mumkin. Shu jihatdan tashqi
iqtisodiy harakatni belgilashda va yo‘lga qo‘yishda tahlil bizning asosiy
amaliy qurolimiz sifatida qaraladi.