jarayonini tayyorlash va amalga oshirish kabi hatti-harakatlar ham




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

jarayonini tayyorlash va amalga oshirish kabi hatti-harakatlar ham 
portfelni boshqarish operatsiyasining tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
1. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish asosida investitsiya qilish. Bu 
operatsiyani amalga oshirish uchun oldindan maxsus fondlar yoki 
alohida schotlarda pul mablag‘lari asta-sekin jamg‘arilib boriladi. 
2. Qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash, muomalaga chiqarish va 
birlamchi tarqatishni tashkil etish. 
3. Qimmatli qog‘ozlarni bevosita sotish bilan bog‘liq hatti-
harakatlar. 
4. Qimmatli qog‘ozlar egasi almashishiga olib kelishi mumkin 
bo‘lgan ayrim hodisalar (masalan, almashuv, sovg‘a qilish, merosga 
berish va h.k.), 
5. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tahlil qilish. 
6. Qimmatli qog‘ozlarni zarur hollarda garov sifatida ishlatish. 
7. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish. 
8. Qimmatli qog‘ozlarni qarzga berish yoki qarzga olish. 
9. Qimmatli qog‘ozlarni sug‘urta qilish. 


566
10. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha ehtimol tutilgan zararlarni qoplash 
maqsadida zaxira tashkil qilish va ishlatish. 
11. Buzilgan, yo‘qolgan qimmatli qog‘ozlarni almashtirish. 
12. Qimmatli qog‘ozlarning operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya 
hisobini yuritish va hisobotini tuzish. 
13. Qimmatli qog‘ozlarning bir turini boshqa bir turiga 
almashtirish. 
14. Qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish bilan bog‘liq 
mahkamaviy ishlarni bajarish. 
Qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish uning egasi tomonidan 
amalga oshirilganda korxonada bu ish bilan shug‘ullanadigan maxsus 
fond (yoki investitsiya) bo‘limi (boshqarmasi) yoki qimmatli 
qog‘ozlarni boshqarish bo‘limi (boshqarmasi) tashkil etiladi. 
Qimmatli qog‘ozlar portfelining egasi mazkur jarayonni bosh-
qarishni o‘zi xohlamasa, bu ishni fond bozorida maxsus tashkil etilgan 
ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma bilan topshirishi mumkin. 
Korxonalar sotib olgan qimmatli qog‘ozlarni va ulardan 
foydalanishni tahlil qilishda quyidagi jihatlarni ham ko‘rib o‘tadilar. 
Qimmatli qog‘ozlar uzoq va qisqa muddatga qo‘yilganligi, reja bo‘yicha 
yoki rejada belgilanmaganligi, reja bo‘yicha qaytimi hamda haqiqatdagi 
qaytimi, bozor bahosini o‘sishi yoki kamayishi, ulardan foydalanishning 
muqobil yo‘nalishlari ularning har birining alohida turi bo‘yicha 
solishtirib chiqiladi. 
Bu bilan moliyaviy qo‘yilmalardan qay darajada foydalanish 
holatini yillar bo‘yicha ham o‘rganish mumkin. U holda qimmatli 
qog‘ozlarning har bir yildagi qiymati (narxi oshishi yoki pasayishi 
ko‘rsatilgan holda) keltirilgan foizlari hamda ularning farqlari o‘rganib 
chiqilib muqobil variantlar bilan taqqoslanadi. 
Albatta, moliyaviy qo‘yilmalardan keladigan foizlarni hisoblashda u 
bo‘yicha ishlab chiqilgan davlat soliq siyosatini ham ko‘rib chiqish 
zarur. Chunki, soliqlar olinadigan foyda summasini kamaytiradi.
Fikrimizcha, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarga mablag‘larni 
bo‘sh 
turgan 
pul 
mablag‘lari 
yoki 
yetarli 
imkoniyatda 
foydalanilmayotgan asosiy va oborot fondlarini qo‘yilsa, korxona uchun 
samaraliroq bo‘lar edi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



jarayonini tayyorlash va amalga oshirish kabi hatti-harakatlar ham

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish