565
Biz quyida portfelni uning egasi tomonidan boshqarilish jarayonida
sodir bo‘ladigan operatsiyalarining asosiylari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Portfelni uning egasi topshirig‘i bo‘yicha boshqa shaxs boshqarganda
ham shu operatsiyalarning aksariyati bajariladi. Boshqarishning ikkala
usuli mazmunan bir-biridan keskin farq qilmaydi. Ularning farqi
operatsiyalarni amalga oshirish shaklida bo‘ladi. Ya’ni portfel egasi
hamma vaqt o‘z nomidan ish ko‘radi, ikkinchi usulda esa alohida shaxs
uning topshirig‘i bo‘yicha boshqaruv operatsiyalarini bajaradi.
Bu operatsiya fond bozori konyunkturasini o‘rganish va prognoz
qilish, qonunchilik haqida ma’lumot yig‘ish, qimmatli qog‘ozlar bilan
o‘tkaziladigan operatsiyalar bo‘yicha uslubiy va me’yoriy hujjatlar
tayyorlash, kasbiy tayyorlash, portfel umumiy strategiyasi va taktikasini
ishlab chiqish, portfelni boshqarishni nazorat qilish, qimmatli
qog‘ozlarni baholash, dividend siyosatini yaratish va amalga oshirish
kabi o‘ta muhim chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rinib turibdiki,
qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarishni tashkil etish jarayonida bu
operatsiya o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tahlil qilish yuqoridagilar bilan
chegaralanib qolmaydi. Portfel holatini u o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga
erishish, risklar va likvidlik darajasini baholash,
xususiylashtirish