576
Eksport operatsiyalari tahlili bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi orqali
sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmi va ularning rejaga yoki o‘tgan
yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Muhim ahamiyat eksport
hajmining tarkibiga qaratiladi.
Eksport hajmi va uning o‘zgarishini omilli tahlil etish tahlilning
muhim qatori sifatida qaraladi. Bunda eksport hajmining o‘zgarishiga
ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillari o‘rganiladi.
Miqdor omil sifatida miqdoriy ifodaga ega bo‘lgan ko‘rsatkich
olinadi. Sifat omili sifatida korxonaning muhim iqtisodiy samarador-
ligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi olinadi.
Import operatsiyalari tahlilida import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi
va dinamikasi, tarkibi, tuzilishi, import operatsiyalaridan daromadlar va
xarajatlar, import operatsiyalari foydaliligi, import hajmiga ta’sir etuvchi
omillar tahliliga baho beriladi.
Import hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida import
qilingan tovarlar miqdoriy hajmining, hamda import qilingan tovarlar
bahosining o‘zgarishini kiritish mumkin.
Kreditga olingan tovarlar va ularning yalpi import hajmidagi
salmog‘iga baho berishga ham tahlilda muhim e’tibor beriladi.