|
WMZ – AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti.
WME
|
bet | 7/8 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #154714 |
Bog'liq ETT 5WMZ – AQSh dollarida transfert operatsiyalarni amalga oshirish uchun USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti.
WME –EVRO da operatsiyalarni amalga oshirish uchun EUR ning E-hamyonlardagi ekvivalenti, WMZ va WME operatsiyalarining kafili bo`lib Amstar Holdings Limited, S.A. hizmat qiladi.
WMU – Ukraina zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UAH ning U-hamyonlardagi ekvivalenti, WMU operatsiyalarining kafili bo`lib “Украинское Гарантийное Агентство” MChJ hizmat qiladi.
WebMoney Tranfer tizimida foydalanuvchilar o`rtasidagi bahsli holatlarni hal etish uchun Hakamlik hizmati va foydalanuvchining hohish-istagiga qarab uning shahsini tasdiqlovchi elektron raqamli attestatlar beruvchi WM-attestatlash hizmatlari mavjud.
WebMoney Tranfer quydagi titul belgilari bilan muomala qiladi:
WMY – O`zbekiston zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun UZS ning Y-hamyonlardagi ekvivalenti, WMY operatsiyalarining kafili bo`lib “TILLO GARANT” MChJ O`zbek Kafolat Agentligi hizmat qiladi.
WMR – rubl zonasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun RUR ning R-hamyonlardagi ekvivalenti, WMR operatsiyalarining kafili bo`lib WebMoney Transger ning Rossiya hududidagi vakili “BMP” MChJ hizmat qiladi.
4-topshiriq
QR code
QR-kod (Quick Response Code) — tezkor aniqlanadigan kod hisoblanadi. Ushbu kod obyekt haqidagi maʼlumotni oʻzida mujassam etadi.
U Yaponiyada ixtiro qilingan va faqat avtomobil sanoatida ishlatilgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan bu tizimning afzalliklari, xususan, maʼlumotni tezkor aniqlaydigan qobiliyati mavjudligi tufayli nafaqat avtomobil sohasida, balki boshqa yoʻnalishlarda ishlatilib kelinmoqda.
QR-kod oq rang ustida kvadrat setkasida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat boʻlib, smartfon kamerasi kabi tasvirni qayta ishlaydigan moslamalar yordamida oʻqish mumkin. Ushbu kod asosan giperhavola sifatida ishlaydi va bunday rasm (QR-kod)da matn shaklida joylashtirish noqulay boʻlgan yoki qimmatga tushadigan maʼlumotlar mavjud. Ular 4296 belgigacha (simvol) boʻlishi mumkin.
Bugungi kunda QR-kod aloqa (kommunikatsion) jarayonlarini optimallashtiradi, masalan, u yordamida:
vizitkada telefon nomerni shifrlash mumkin va bir marta bosishning oʻzi bilan kontaktlar roʻyxatiga qoʻshib qoʻyish;
internet havolasi boʻyicha tezkor oʻtish;
elektron xat yoki SMS yuborish;
manzilning joylashuvini aniqlash;
Wi-Fi (internet) routeriga avtomatik tarzda ulanish mumkin.
Shuningdek, tashqari ushbu tizim kundalik va turli savdo jarayonlarini sezilarli darajada optimallashtirdi. Bu kichik kvadratlarni mahsulot yorligʻida, kommunal xizmatlar kvitansiyasida yoki veb-sayt sahifalarida topish mumkin. Agar sotuvchi yoki xizmat koʻrsatuvchida QR-kod yordamida toʻlash imkoniyati mavjud boʻlsa, ular bank kartalarini qabul qilish uchun savdo terminaliga muhtojlik sezmaydi. Shunda xaridorga bank kartasini olib yurish hojati ham qolmaydi va buning ustiga kartasini boshqa odamning qoʻliga berish xataridan oʻzini himoya qiladi. Agar toʻlov — onlayn xarid boʻlsa, bank kartasi yoki shaxsiy maʼlumotlarni internet saytlariga kiritish shart boʻlmaydi.
|
| |