Kerakli resurslar: –
1 ta kommutator (Cisco 2960 operatsion tizimi Cisco IOS 15.0(2), obraz
lanbasek9);
–
1 ta kompyuter (operatsion tizimi Windows 7, Vista yoki XP da emulyator
terminal dasturi, Masalan: Tera Term, Patty);
–
Cisco IOS qurilmasini konsol porti orqali sozlash uchun konsol kabeli;
–
Ethernet kabeli.
1. Kommutatorni sozlashni tekshirish 1.1. Topologiyaga mos ravishda kabellarni ulang a. Topologiyaga mos ravishda konsolli ulanishni o‘rnating. Bunda Ethernet
kabelini PC-A ga ulamang (bu real qurilmaga ulanishda).
PC-A dan kommutatorga Tera Term yoki boshqa dastur yordamida konsolli
ulanishni o‘rnating.
Nima sababdan kommutatorni boshlang‘ich sozlashda konsolli bog‘lanish
qo‘llaniladi? Nimaga kommutatorga Telnet yoki SSH orqali ulanish mumkin emas?
1.2. Kommutatorning dastlabki holatini tekshiring. Kommutatorni dastlabki holati: IOS ma’lumotlari, interfeys xususiyatlari,
VLAN va flesh – xotira to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshiramiz.
Kommutator IOS ning barcha buyruqlari imtiyoz rejimida bajarish mumkin.
Imtiyoz rejimiga kirishda begonalarni qurilmadan foydalanishini oldini olish va
global konfiguratsiya rejimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tib ketmaslik hamda ishchi
ko‘rsatkichlarni sozlash uchun ishlatiladigan buyruqlarga kirmaslik uchun parol
yordamida cheklash kerak.
Imtiyoz to‘plamiga foydalanuvchi rejimining buyruqlari kiradi. SHuningdek
boshqa buyruqli rejimlarga o‘tishni bajaruvchi
configure buyrug‘i kiradi. Imtiyoz
rejimiga kirish uchun
Enable buyrug‘ini kiriting.
a. Imtiyoz rejimiga o‘tish uchun foydalanuvchi rejimida kommutatorga
Switch>
enable buyrug‘ini yozing.
Switch>
enable Switch#
Qatordagi o‘zgarish imtiyoz rejimiga o‘tganligiga e’tibor bering.
Kommutatorning konfiguratsiyasini tekshirish uchun imtiyoz rejimida