1– Amaliy ishi.
Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarni
qurish.
Ishdan maqsad
Kommutator qurilmasining tuzilishini, ishlash tamoyillarini hamda sozlash
qoidalarini o‘rganishdan iborat.
2.1 – rasm. Tarmoq tuzilishi
Manzillash jadvali
Qurilma
Interfeys
IP-manzil
Tarmoq
niqobi
Asosiy
shlyuz
S1
VLAN 99
192.168.1.2
255.255.255.0 192.168.1.1
PC-A
Tarmoq adapteri 192.168.1.10 255.255.255.0 192.168.1.1
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Cisco kommutatorlarida kommutatorning virtual interfeysi (SVI) ga IP manzil
qo‘yish mumkin. SVI yoki boshqarish manzili kommutatorga ko‘rsatkichlarni
sozlash va ko‘rish maqsadida uzoqdan kirish uchun ishlatiladi.
Agar SVI uchun
VLAN 1 ga IP manzil o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda VLAN 1 tarmog‘idagi hamma
portlar avtomatik ravishda SVI boshqaruvining IP manziliga kirishi mumkin.
Laboratoriya ishini bajarishda topologiyani qurish
va Cisco kommutatoriga
konsol kabeli bilan bog‘lanish yoki uzoqdan kirish usuli (telnet yoki SSH) orqali
kirishga ruxsat olish kerak. Kommutatorning asosiy ko‘rsatkichlarini sozlashdan
oldin kommutatorning dastlabki holatini tekshirish kerak.
Kommutatorning bu
ko‘rsatkichlariga qurilmaning nomi,
interfeysning nomi, lokal parollar, MOTD
(qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) banneri,
IP manzil, statik
MAC manzilni qo‘yilganligi kiradi.