2-tajriba ishi. QIDIRUV USULLARINI TADQIQ QILISH
1.1. Ma’lumotlarni tuzilmadan qidirish
Kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri
hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo’yicha massiv ma’lumotlari
ichidan mazkur argumentga mos ma’lumotlarni topish yoki bunday ma’lumot
yo’qligini aniqlashdan iborat.
Ixtiyoriy ma’lumotlar majmuasi
jadval yoki
fayl deb ataladi. Ixtiyoriy
ma’lumot (yoki tuzilma elementi) boshqa ma’lumotdan biror bir belgisi orqali farq
qiladi. Mazkur belgi
kalit deb ataladi. Kalit noyob bo’lishi, ya’ni mazkur kalitga
ega ma’lumot jadvalda yagona bo’lishi mumkin. Bunday noyob kalitga
boshlang’ich (birinchi) kalit deyiladi.
Ikkinchi kalit bir
jadvalda takrorlansada u
orqali ham qidiruvni amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar kalitini bir joyga
yig’ish (boshqa jadvalga) yoki yozuv sifatida ifodalab bitta
maydonga kalitlarni
yozish mumkin. Agar kalitlar ma’lumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl
sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar
tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya’ni
yozuvning bir maydoni sifatida
jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
Kalitni berilgan argument bilan mosligini aniqlovchi algoritmga berilgan
argument bo’yicha
qidiruv deb ataladi. Qidiruv algoritmi vazifasi
kerakli
ma’lumotni jadvaldan topish yoki yo’qligini aniqlashdan iboratdir. Agar kerakli
ma’lumot yo’q bo’lsa, u holda ikkita ishni amalga oshirish mumkin:
1. Ma’lumot yo’qligini indikatsiya qilish (belgilash)
2. Jadvalga ma’lumotni qo’yish.
Faraz qilaylik,
k – kalitlar massivi. Har bir
k(i) uchun
r(i) – ma’lumot mavjud.
Key –
qidiruv argumenti. Unga
rec - informatsion yozuv mos qo’yiladi. Jadvaldagi ma’lumotlarning
tuzilmasiga qarab qidiruvning bir necha turlari mavjud.