|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali "Al-Farg‘oniy avlodlari"Bog'liq axborot-xavfsizligi-tizimlarini-intellektuallashtirish-masalalari (1)KIRISH.
Axborot
xavfsizligi
tizimini
intellektuallashtirish deganda, noma’lum sharoitida
uning
yuqori
darajadagi
avtonomligi,
moslashuvchanligi va ishonchliligini ta’minlash uchun
intellektual imkoniyatlarini oshirish tushuniladi. Bu
foydalanuvchilar va tizim ma’murlariga ob’ektda sodir
bo‘lgan voqealarni kompyuterga o‘tkazish, ob’ektiv
baholashga yordam berish uchun ma’lumotlarni
to‘plash, qayta ishlash va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi
uchun maksimal mumkin bo‘lgan funksiyalarni o‘z
ichiga oladi. Bunday holda, sun’iy intellektning
usullari va texnologiyalaridan noma’lumlikka qarshi
kurash vositasi sifatida foydalaniladi [1].
Axborot
xavfsizligini
intellektuallashtirish
tahdidlarni aniqlash va ularga javob berish jarayonini
avtomatlashtirish imkonini beradi, bu esa javob berish
vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi va himoya
samaradorligini oshiradi. Mashinali o‘qitish va sun’iy
intellekt algoritmlaridan foydalanish yangi tahdidlarga
tezda javob beradigan va shaxsiy ma’lumotlarning
ishonchli himoyasini ta’minlaydigan yanada samarali
va moslashuvchan himoya tizimlarini yaratishga
yordam beradi [2-3]. Bundan tashqari, axborot
xavfsizligini intellektuallashtirish himoya tizimining
noto‘g‘ri signallari sonini kamaytirishga yordam
beradi, bu esa mumkin bo‘lgan tahdidlar haqida
signallarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan
xodimlarni ishini yengillashtiradi. Shunday qilib,
axborot xavfsizligini intellektuallashtirish nafaqat
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish samaradorligini
oshiradi, balki ularni qayta ishlash va saqlash
jarayonini ham soddalashtiradi. Umuman, axborot
xavfsizligini intellektuallashtirish hozirgi vaqtda
axborot
xavfsizligini
rivojlantirishning
asosiy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi [4].
|
| |