8
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Farg‘ona filiali “Al-Farg‘oniy avlodlari”
elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252
Tom: 1 | Son: 1 | 2024-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific
journal of Fergana branch of TATU named after
Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252
Vol: 1 | Iss: 1 | 2024 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-
Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени
Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252
Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год
https://al-fargoniy.uz/
- “Bilimlarni shakllantirish” – operatordan
jarayon ma’lumotlarini aniqlashtirib olinadi va tashqi
ma’lumot bilan birlashtiradi hamda u orqali tashqi
muhit haqidagi bilimlarni shakllantiradi;
- “O‘rganish va o‘z-o‘zini o‘qitish” - jarayon
bo‘yicha qo‘shimcha bilimlarni “o‘qituvchi bilan” va
“o‘qituvchisiz” (ya’ni, avtonom tarzda) to‘plashni
ta’minlaydi;
- “Bilimga asoslangan xulosa / harakat rejasini
shakllantirish” - ob’ektning boshqaruv harakatlarini
bashorat qiladi va shakllantirish uchun atrof-muhit va
muammo haqidagi maqsad va bilimlarni qayta
ishlaydi;
- “Tashqi va ichki ma’lumotlarni qayta ishlash”
- tizimni tashqi muhit bilan bog‘laydigan turli xil
qurilmalar (datchiklar) va sensorlardan olingan
ma’lumotlar asosida atrof-muhit va boshqaruv
ob’ektining joriy holatidagi o‘zgarishlarni baholaydi;
- “Nazorat va diagnostika” - tizimga yuklangan
vazifani bajarish imkoniyatini tahlil qiladi, nazorat
qilish
uchun
ob’ekt va tizimning holatidagi
o‘zgarishlar to‘g‘risida ichki ma’lumotlarni qayta
ishlaydi.
Intellektual
tizimning
ishlashi
jarayonni
boshqarish g‘oyasiga asoslanadi (3-rasmga qarang),
uning mohiyati mavjud jarayonni hisobga olgan holda
ma’lum bir qabul qilinadigan qarorlar to‘plamidan
boshqaruv qarorlarini tanlashdir.