|
QARSHI TUMANI 25-UMUM TA'LIM MAKTABIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO’YICHA DIREKTOR O’RINBOSARI QANDAY ISHNI AMALGA OSHIRADI?
|
bet | 5/11 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 248,21 Kb. | | #251966 |
Bog'liq Hasanov DDQARSHI TUMANI 25-UMUM TA'LIM MAKTABIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO’YICHA DIREKTOR O’RINBOSARI QANDAY ISHNI AMALGA OSHIRADI?
Ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi, yillik, oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, guruh rahbarlarining tarbiyaviy ishlar bo’yicha ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi, milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslariga kiruvchi fanlar bo’yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini, o’quvchilarning tartib intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi. O’quvchilar turar joyida muqobil sharoitlar yaratish, ularni o’rnatilgan tartib qoidalarga amal qilishini tashkil etadi, sport sekeiyalari va qiziqishi bo’yicha to’garaklarning doimiy faoliyatini ta’minlaydi, darsdan tashqari, ommaviy-ma’rifiy ishlar va ekskursiyalarni tashkil etadi, guruh rahbarlari tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi, umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilarini faol kasbga yo’naltirish ishlarini tashkil etadi.
QARSHI TUMANI 25-UMUM TA'LIM MAKTABI KAFEDRA MUDIRINING VAZIFASI NIMADAN IBORAT?
Kafedra mudirining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Kafedra ishlarini rejalashtirish va boshqarish;
Kafedra a’zolarining hukumat qarorlari, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, ta’lim muassasasi direktorining buyruqlari va yo’riqnomalari bilan tanishtirish;
Fan kafedrasining bir yillik va istiqbolli (5 yilga) ish rejasini shakllantirish va uni bajarilishini ta’minlash;
O’quv-uslubiy hujjatlarni tayyorlash sifatini va bajarish mudatlarini nazorat qilish;
Kafedra tomonidan o’qitiladigan fanlar bo’yicha ishchi o’quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish, shuningdek, turdosh fanlardan tayyorlangan ishchi o’quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash;
Pedagoglar tomonidan o’quv dasturlari аsosida fanlar bo’yicha taqvim mavzu rejalarini ishlab chiqishni nazorat qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalari asosida darslarni, laboratoriya ishlarini va boshqa turdagi o’quv mashg’ulotlarini yuqori nazariy, ilmiy-uslubiy saviyada o’tkazishni ta’minlash;
Fanlar bo’yicha darslik, elektron darslik, o’quv-uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalar, ma’ruza matnlari yozishga ko’maklashish;
Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashni, ularni fan olimpiadasi va ko’rik tanlovlarda ishtirokini ta’minlash, o’quvchilarni mustaqil tayyorgarlik ko’rishining shakl va uslublarini belgilash;
Ilmiy tadqiqot ishlariga moyilligi bo’lgan yosh pedagoglarni оliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilariga biriktirish va ularga uslubiy yordam ko’rsatishga ko’maklashish;
Yosh mutaxassislarga tajribali pedagoglarni biriktirish, ular tomonidan o’quv mashg’ulotlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan va o’qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalangan holda o’tishini ta’minlash;
Kafedra pedagoglarining makakasini belgilangan muddatlarda oshirishni ta’minlash;
Pedagoglarning taqvimiy mavzular rejasini, ish rejasini, kabinet mudirlari va to’garak rahbarlarining ish rejasini ko’rib chiqish;
Fanlar bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari uchun tuzilgan test savollarini to’plash, fanlardan test savollari bankini tashkil qilish;
Fanlar bo’yicha yakuniy davlat attestatsiyasiga oid imtihon materiallarini pedagoglar tomonidan tayyorlashni ta’minlash;
Pedagog kadrlar tomonidan iqtidorli hamda fanalarni o’zlashtirish darajasi past bo’lgan o’quvchilar bilan ishlashni tashkil qilish;
Kafedra a’zolarini ilg’or pedagogik texnonlogiyalarga oid yangiliklar , ахborotlar va ma’lumotlar bilan tanishtirib borish;
Ta’lim jarayoni sifatini oshirish maqsadida kafedra pedagoglarining darslarga o’zaro qatnashish jadvalini tuzatish va amalda bajarilishini nazorat qilish, hamda pedagoglarning darslarini tahlil qilish;
Pedagoglar, kabinet va laboratoriya mudirlari ish tajribalarini o’ragnish, umumlashtirish va ommalashtirishni tashkil etish;
Pedagoglarga ochiq namunaviy darslar o’tkazishda amaliy yordam ko’rsatish va tahliliy muhokamada ishtirok etish;
kabinet va laboratoriya mudirlariga xonalarni jihozlashda ko’maklashish;
O’quvchilarning bilim darajasini aniqlashni reyting nazoratini tashkil qilish;
Yil davomida kafedrada bajarilgan ishlar yuzasidan ilmiy-pedagogik kengashda hisobot berish;
Belgilangan vazifalarni o’z muddatida sifatli bajarilishini, ichki mehnat intizomiga rioya qilinishini, pedagoglarni kasbiy malakasini doimiy ravishda takomillashtirib borishni ta’minlash;
Oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan o’z yo’nalishi bo’yicha hamkorlik aloqalarini amalga oshirish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
QARSHI TUMANI 25-UMUM TA'LIM MAKTABIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO’YICHA DIREKTOR O’RINBOSARI QANDAY ISHNI AMALGA OSHIRADI?
|