|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti qarshi filiali
|
bet | 8/11 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 248,21 Kb. | | #251966 |
Bog'liq Hasanov DDIshchi o’quv reja - davlat ta’lim standartidan keyin turuvchi rasmiy hujjat hisoblanib unda har bir ta’lim yo’nalishining o’quv jarayoni grafigining umumiy haftalar soni, o’quv fanlari bloklar va faoliyat turlarining nomlari (ta’lim tizimida 5ta fan bloki) mavjud:
3-4-5-blok fanlarni oliy ta’lim muassasi tomonidan 30% gacha o’zgartirishi mumkin. Bugun men maktabning ishchi o’quv rejalari bilan tanishdim hamda ularni o’rganib chiqdim.
Dars ishlanma uchun annotatsiya
Taqdim etilayotgan ushbu dars ishlanmasi 9-sinf informatika fanining 1 soatlik darsidan namuna bo’lib, ushbu dars ishlanmasida 45 minutlik dars bosqichma-bosqich olib borilgan. Dars jarayoni jihozlangan fan xonasida o’tiladi.
Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ta`limni, ta`lim jarayonining qaysi bosqichida bo`lishidan qat`iy nazar, o`quvchilarni mustaqil faoliyatiga yo`naltirish asosida tashkil etishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ilg`or pedagogik texnologiya asosida “Kichik guruhlarda ishlash”, “Boshqotirma”, “Aqliy hujum” kabi qator usullarni qo`llab, yaxshi natija berishini o`z o`qituvchilik faoliyatimda sinadim. Informatika fanining dasturlash bo’limiga doir masalalar o`quvchilarning mustaqil fikrlash, kompyuterda ishlash ko’nikmasini, nutqini va ilmiy dunyoqarashini oshiradi. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash ta’lim sifatini yanada oshiradi. Informatika va matematika faniga asos solgan olimlarni ham hayotiga ahamiyat berib FSMU texnologiyasi asosida ma`lumot beriladi.
Umum ta'lim maktabida talabalarning mustaqil ishlari qanday tashkil etilgan?
Maktablarda mustaqil ish har bir fan uchun mavjud. Mustaqil ishlari dars soatlaridan kelib chiqqan holatda tashkil etiladi. Ya’ni o’tilishi mo’ljallangan fanning jami dars soatlarini 45 %i mustaqil ishi sifatida talabalarga beriladi. Hamma darslarda ham mustaqil ishi sifatida topshiriq berilmaydi. Faqat mavzulari kengroq va qiyinroq bo’lgan darslarni talaba yaxshi o’zlashtirishi uchun mustaqil ish sifatida beriladi.
|
| |