• O’zbekiston Respublikasida optik aloqa tizimlar va tarmoqlari.
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti optik aloqa tizimlari Mustaqil ish




    Download 3.56 Mb.
    bet1/2
    Sana04.03.2024
    Hajmi3.56 Mb.
    #166210
      1   2
    Bog'liq
    Israilova Shirin
    16-mavzu web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish, obshi titulniy

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI


    Optik aloqa tizimlari
    Mustaqil ish

    Bajardi : Isroilova Shirin


    Tekshirdi : Muradova Alevtina
    Mavzu: O`zbekiston Respublikasida optik aloqa tizimlari va tarmoqlarining holati va rivojlanish istiqbollari
    Reja:

    • O`zbekiston Respublikasida optik aloqa tizimlari va tarmoqlari.

    • Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarining holati va rivojlanish istiqbollari .

    • Xulosa.

    • Foydalanilgan adabiyotlar.

    O’zbekiston Respublikasida optik aloqa tizimlar va tarmoqlari.
    Zamonaviy davr jamiyatni axborotlashtirish jarayonini keskin rivojlanishga olib kelmoqda. Bu jarayon axborot-kommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarni telekommunikatsiyalar tarmoqlariga yuqori tezlik bilan (keng polosali) ulanishga undaydi. Bunday talab Internetdan foydalanuvchilarning keskin
    o‘sib borishi va multimedia, videokonferensiya, elektr raqamli imzodan foydalanish, elektron tijorat, elektron xujjat aylanish va boshqa bir qancha zamonaviy xizmatlarni hayotga kirib kelishidan chiqib kelyapti. Ma’lumki, axborot oqimini uzatish hajmi, tezligi va sifatini oshirish, axborot qabul qilish uchun yuqori darajadagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yo‘naltiruvchi muhit bo‘lishi kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan talablarga mos keluvchi optik aloqa vositalari bilan raqobatlashuvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas. Bundan tashqari, optik aloqa vositalari orqali katta hajmdagi axborotlarni xohlagan masofalarga uzatish mumkin. Shuning uchun optik aloqa jamiyatni axborotlashtirish kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiruvchi mukammal va istiqbolli aloqa vositasi hisoblanadi.

    Optoelektronika asosidagi optik aloqa, ya’ni to‘liq optik tarmoqlar AON (All-optical Networks) telekommunikatsiya tarmoqlarining kelajagi hisoblanadi. To‘liq optik aloqa magistral tarmoqlarni, shuningdek abonentlarning tarmoqqa ulanishini ham qamrab, mijozlarning telekommunikatsiya tarmoqlariga keng polosali ulanishlarini ta’minlaydi. To‘liq optik aloqada kommutatsiya, multipleksorlash va regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas, balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi. Bunda qurilmaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari, samadorligi va uzatish tezligi sifati bir necha marotaba ortadi. Foton texnologiyasini aloqa tizimlariga tadbiq etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar, kuchaytirgichlar, filtrlar, spektr bo‘yicha zichlashtirish tizimlari qo‘llaniladi.


    Respublikamizda jamiyatni axborotlashtirish , telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida ko'pgina ishlar amalga oshirildi va bu ishlar hozir ham davom etmoqda. Bu maqsadda o'tgan yillarda TOO ( Trans - Osiyo - Ovropa ) magistralining jahon standartlariga mos keluvchi, raqamli transport tarmog'i Milliy segmentini qurish boshlandi va uzunligi 830 km dan ortiq magistral tolali optik aloqa liniyasi foydalanishga topshirildi.

    Tolali optik aloqadan Milliy segmentda Germaniyaning Simens firmasining tolali optik kabellaridan foydalanildi. Hozirda aloqa va telekommunikatsiya tizimlari uchun turli vazifali va tuzilishli optik tolali kabellar ishlab chiqarilmoqda. Keng polosali uzoq aloqa tizimlari, jumladan magistral aloqal uchun optik toladan faqatgina asosiy to'lqin tarqaladigan bir modali kabellarning yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniyalarida axborot uzatishda optik tolaning so'nish va dispersiya ko'rsatkichlariga ham yuqori talablar qo'yiladi. Bundan tashqari, optik nurlanish qutblanishi saqlanishini ta'minlovchi optik tolalar ham ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqada qo'llaniladigan bunday kabellarni ishlab chiqish murakkab va qimmat. Bunday kabellar qo'llanilganda lazer uzatgichlardan foydalaniladi. Lazer uzatgichlarga, nurlanish spektrining tozaligiga, nurlanish tasvirlarining barqarorligiga yuqori talablar qo'yiladi. Tezligi 100 Mbit/s gacha bo'lgan va aloqa masofasi chegaralangan tizimlarda nisbatan arzon va oxirgi qurilmalar bilan oson moslashadigan ko'p modali optik kabellardan foydalangan ma'qul. Bunda to'lqin manbai sifatida ko'p modalarni nurlantiruvchi oddiy turdagi yarim o'tkazgichli yorug'lik diodlarini ishlatish mumkin.

    Download 3.56 Mb.
      1   2




    Download 3.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti optik aloqa tizimlari Mustaqil ish

    Download 3.56 Mb.