|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi farg‘ona filiali
| bet | 2/2 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #249140 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagiKirxgof qonunlari murakkab (ikki va undan ortiq konturli) elektr zanjirlarni hisoblash va ularning elektr holatlatlarini to’la aniqlash uchun xizmat qiladi. Murakkab zanjirlar uchun tarmoq, tugun va kontur tushunchalar qo’llaniladi. Tarmoq - elektr zanjirining ma’lum bir qismi bo’lib, ketma-ket birlashtirilgan qarshiliklar (rezistorlar), energiya manbalari va hokazolardan iborat. Tugun - elektr zanjirining uchta va undan ortiq tarmoqlarining birlashgan joyi. Kontur - zanj irning bir necha tarmoqlaridan iborat yopiq yo’l. Masalan rasmdagi elektr zanjiri beshta tarmoq (bulardan ikkitasining energiya manbai bor), ikkita tugun va to’qqizta konturdan iborat. Kirxgofning birinchi qonuni (toklar qonuni) elektr zanjirining tarmoqlanish tugunidagi toklarning qanday taqsimlanganligini ifodalaydi. Bu qonunga ko’ra, elektr zanjirining tarmoqlanish tuguniga kelayotgan va undan chiqib ketayotgan toklarning algebaik yig’indisi nolga teng.Ii+I2 -I3 —14 —15 = 0 deb yozish mumkin. Bunda tarmoqlanish tuguni kelayotgan toklami (+) ishora va undan chiqib ketayotgan toklami (-) ishora bilan olgan bo’lamiz. Umumiy holda Hfc=i = 4=o Kirxgofning ikkinchi qonuni (kuchlanishlar qonuni) berk elektr zanjirining qismlarida EYuK va kuchlanishlaming qanday taqsimlanganligini aniqlashga yordam beradi. Binobarin, berk konturdagi barcha EYuK laming algebaik yig’indisi shu kontuming barcha qismlaridagi kuchlanishlar pasayishining algebaik yig’indisiga teng.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati doirasiga kirgan har bir sohada va yo'nalishda elektrotexnika va elektronika qurilmalari mavjud. Shu sababdan elektrotexnika asoslarini bilish, uni tushunish va amalda qo'llay bilish nafaqat elektrotexnik xodimlar, balki turli soha mutaxassislari va xodimlari uchun ham ertangi kunning ravnaqini ta'minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Inson o'z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi:
a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom) energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda;
b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK) bilan uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin;
v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin;
g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin;
d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o'zgartirish sodda;
e) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegrafiya, radioaloqa).
1794 yilda A. Volta tomonidan kiritilgan. Volt ustuni esa 1800 yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya bo'yicha birinchi tadqiqotlarini o'tkazgan va u elektroximiyaning asoschisi hisoblanadi. Magnit strelkaga tokning ta'siri X. Ersted tomonidan 1819 yilda, toklarning o'zaro ta'siri esa A. Amper tomonidan 1820 yilda o'rganilgan. Amper birinchi bo'lib elektr toki, tok kuchi, elektr kuchlanish atamalarini kiritgan. Magnit maydonining dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o'tkazilgan va Laplas tomonidan matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio - Savar - Laplas qonuni). Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalarni fransuz matematigi S. Puasson tadqiq etgan. Elektromagnit maydonning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi M. Faradey tomonidan rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq etish uchun kuch va ekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan. 1782 y. Laplas o'z nomi bilan ataladigan tenglamalarni og'irlik nazariyasiga tegishli asarlarida qo'llagan. Elektromagnit induksiya qonunini 1831 yilda ingliz fizigi M. Faradey tajriba yo'li bilan kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini birinchi bor o'rgangan. Elektromagnitli telegraflar rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832 yili yaratilgan. Rus akademigi B. Yakobi 1838 yili suv kemasi uchun elektr mashina yaratgan.
Elektr energiyasining murakkab qirralaridan uning ko‘zga ko‘rinmasligi, rang va xidi yo‘qligi, eng asosiysi inson tanasi bilan tokli o‘tkazgichga tegishi natijasida sezishi hisoblanadi. Ko‘p hollarda insonning tok ta’siriga tushib qolishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Zanjirdan tok yurishi uchun uchta asosiy shartning bajarilishi har bir elektr energetikasi qurilmasiga tegishli. Bo‘larga: 1) o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tok manbasining mavjudligi; 2) o‘tkazgich va iste’molchining mavjudligi; 3) 1 va 2 dagi shartlar o‘zaro kontur hosil qilishi hamda ushbu konturning berk bo‘lishi kiradi. Berk konturlardagi elektromagnit energiyasining zanjirning asosiy elementlari hisoblangan aktiv qarshilik (r), induktiv qarshilik (L) va sig‘im qarshiligi (S) da o‘zgartirilishi, bu jarayonlardagi qonuniyatlar tahlili mazkur to‘plamda qaraladi. Nazariy bilimlarni puxta egallash talabalarni boshqa mutaxassislik fanlaridan sifatli bilim olishi uchun asos bo‘ladi. Shu sababli «Nazariy elektrotexnika» fanining umumiy ta’lim tarmog‘ida tutgan o‘rni beqiyosdir
1.Mustaqil manbali o`zgarmas tok zanjirini hisoblash. Elektr zanjirining kompleks uzatish funksiyani hisoblash.
2.Turli sxemalar va electron asboblarni tahlil qilish, sintezlari.
3.Elektron asboblarni zamonaviy element bazasi asosida bosma platalarda yaratish ustidagi bilimlarni amalda tatbiq
etish va loyihalar tayyorlash.
1.Mustaqil manbali o`zgarmas tok zanjirini hisoblash. Elektr zanjirining kompleks uzatish funksiyani hisoblash.
1.Elektr toki. Qarshiliki
2. Elektr tokining energiyasi va quvvatini tejash
3. Elektr texnikasining asosiy qonunlari. Joul-Lens qonuni.
4. Elektr uzatish liniyalari simlarida kuchlanish isrofi oldini olish.
HULOSA
Men ushbu pirizintatsiyani tayorlash jaroyopnida ko’plab malumotlarni o’rgandim va o’rgangan malumotlarimni amalda qo’lab ko’raman.
|
| |