|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»Bog'liq Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari uSanoat va atmosfera halaqitlari.
Sanoat halaqitlari manbalari
birinchidan, ishlashi uchqunlash bilan bog‘liq bo‘ladigan turli xil
elektr qurilmalar, ikkinchidan, qisqaroq to‘lqinli stansiyalarning ishchi
diapazoniga tushadigan asosiy chastotaning yuqori garmonikalarini
nurlantiradigan radiostansiyalar hisoblanadi. Sanoat halaqitlari,
ayniqsa 2000 ÷ 10000 m to‘lqinlar uzunliklarida halaqitlar maydoni
kuchlanganligi 1000 mkV/mga yetadigan katta shaharlarda sezilarli
bo‘ladi. Qisqaroq to‘lqinlarda sanoat halaqitlari kamayadi.
Sanoat halaqitlari har bir holda maxsus o‘lchagichlar yordamida
aniqlanadi.
Sanoat halaqitlarini ularning vujudga kelishi joylarida ham
radioto‘lqinlarni nurlanishiga, ham ularning ta’minot o‘tkazgichlari
bo‘yicha tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan filtrlash va ekranlashning
qo‘llanilishi yo‘li bilan so‘ndirish amalga oshiriladi.
Atmosfera halaqitlarining asosiy manbai yashinlar hisoblanadi.
Yashin razryadi vaqtida aperiodik xarakterga yoki so‘nuvchi
tebranishlar xarakteriga va
t
= 0,1 ÷ 3
msek uzunlikka ega bo‘lgan
quvvatli tok impulsi vujudga keladi. Bunday impuls uzluksiz
chastotalar spektrini hosil qiladi, binobarin, spektrning sinusoidal
tashkil etuvchilari amplitudasini chastotaga teskari proporsional
kamaytiradi.
Eng katta amplituda qiymatiga
f
g
= 1
/
t
2
chastotada, ya’ni
300 ÷ 10000 Gs diapazonda erishiladi.
Yashin razryadi vaqtida vujudga keladigan turli uzunliklardagi
radioto‘lqinlar mos diapazonlar to‘lqinlariga o‘xshash tarqaladi va
qabulash qurilmalariga halaqitlar ko‘rinishida ta’sir qiladi.
Atmosfera halaqitlariga o‘rta to‘lqinlar sohalarida va qisman
qisqa to‘lqinlar sohalarida yotadigan diapazonlar eng ko‘p uchraydi.
UQT diapazonida atomsfera halaqitlarining ta’siri sanoat
halaqitlari kabi sezilarli emas.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|