10
ko‘p turlari mavjud bo‘lib, Arduinoni o‘rganishni boshlovchilar asosan Arduinoning
Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi [13,15].
Arduinoning Uno va Nano turini yaxshilab o‘rganib bo‘lgan yoshlar endi
Arduinoning bu turiga qoniqmay Arduinoning Mega yoki Mega 2560 turini sotib
olishga oshiqishadi. Chunki, endi Arduino Uno, Nano
turining xarakteristikasi
(texnik ko‘rsatkichlari) bizning robototexnik uchun pastlik qiladi! Ayrim
robototexniklar esa Arduino Uno bilan tanishib chiqib uni imkoniyatlaridan
foydalanib bo‘lgandan so‘ng, Arduinoning Mega turini sotib olib o‘tirmay o‘zlari
yasab tayyorlab ko‘rishga harakat qilishadi. To‘g‘rida chunki endi ular
dasturchi,robototexnik
bemalol
mikrokontrollerga
dastur
yozib
uni
mikrokontrollerga yuklay oladi.
ArduinoUno ning boshqa
turlaridan farqi protsessori, mikrokontrolleri,
raqamli va analog chiqishlarning ko‘p yoki kamligi bilan farqlanadi. Arduinodan
foydalanayotgan kishi unga har xil elektr komponentalar va modullarni ulash
imkoniyatiga ega bo‘ladi,masalan:led chiroqlar,datchiklar,rele
modullari tarmoq
(Wi-fi,Bluetooth,Ethernet) modullari, sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va
elektr energiyasi bilan ishlaydigan barcha narsalar. Yuqorida aytilgandek Arduino
texnik va dasturiy qismni birlashtirib beruvchi qurilma. Demak dastur tuzish kerak!
Qanday dastur tuzamiz? Qaysi dasturlash tili orqali? Arduino uchun dasturlar odatiy
C ++ da yoziladi, kontaktlarda
I / O (Input-kirish,Output-chiqish)
ni boshqarish uchun oddiy va tushunarli algoritmlar va dasturlar tuziladi. Agar
siz allaqachon C ++ ni bilsangiz - Arduino va dunyo eshiklari siz uchun ochiq. [6]
Agar siz dasturlash uchun yangi bo‘lsangiz bu muammo emas osonlikcha
o‘rganishingiz mumkin, bu oson.Bundan tashqari Arduino ni o‘rganish va dasturlar
yozish uchun Windows, Mac OS va Linux operatsion tizimlarida ishlovchi Arduino
IDE (Arduino dasturi,kompilyatori) mavjud va siz undan mutlaqo bepul
foydalanishingiz mumkin. Arduino IDE dasturida algoritmlar va dasturlar yaratish
juda oson va ishlash qulay. Arduino IDE da tayyor amaliyotlar (loyihalar) ham
mavjud siz o‘rganishingiz uchun. Arduino ning Uno turi texnik ko‘rsatkichlari:
11
-
Mikrokontroller: ATmega328;
-
Ishlash kuchlanishi: 5 V;
-
Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani): 7-12 V;
-
Kirish kuchlanishi(eng yuqori): 6-20 V;
-
Raqamli kirish/chiqish: 14 ta(ulardan 6tasi KIM(Широтно-Импульсная
модуляция) sifatida foydalanish mumkin);
-
Analog kirish: 6 ta;
-
Kirish/chiqish orqali o‘zgarmas tok: 40 mA;
-
3.3 V kiritish uchun o‘zgarmas tok: 50 mA;
-
Flesh xotira: 32 KB(ATmega328) undan 0.5
KB yuklovchi sifatida
foydalaniladi;
-
Tezkor xotira: 2 KB(ATmega328)
-
EEPROM: 1 KB(ATmega328);
-
Chastota: 16 MGs;
Bundan tashqari, Arduino Uno qurilmasi unga ulangan USB yoki tashqi
manbadan kuchlanish olishi mumkin. Bunda, agar manba bir nechta bo‘lsa, ulardan
biri avtomatik tanlanadi (2.2-rasm).
2.2-rasm. Arduino Uno qurilmasi ulangan holatida
Arduino Uno kontrolleri asosi ATmega328 mikrokontrolleridan tashkil
topgan. Bu mikrokontroller 32
kB flesh xotiraga, undan 0.5 kB qismi yuklovchi
uchun ajratilgan, bundan tashqari 2 kB tezkor xotiraga va 1 kB EEPROMga ega.
12
14 ta raqamli chiqishning har biri yoki kirish yoki chiqish uchun sozlash
mumkin.
Bunda
pinMode()
,
digitalWrite()
va
digitalRead()
funksiyalaridan
foydalaniladi. Bunda har bitta chiqish joyi 20-50 kOm qarshilikka va 40 mAgacha
tok kuchi o‘tkazishi mumkin.
Arduino Uno kontrolleriga Arduino dasturi yordamida dastur yaratilinadi.
Buning uchun Arduino dasturida menyuda Tools>Board va u yerdan «Arduino Uno»
tanlanadi. Yuqorida aytilganidek, bu kontroller juda ixcham o‘lchamlarga ega bo‘lib,
uning tomonlari 6.9 va 5.3 smga teng. Bu esa o‘z navbatida uni yanada qiziqarli
qiladi (2.3-rasm).
2.3-rasm. Arduino Uno o‘lchami kaft bilan solishtirilganda
Shunday qilib, Arduino Uno kontrolleri dasturlashni endi o‘rganayotgan yosh
dasturchilar uchun, ko‘p yillik dasturlash bo‘yicha tajribaga ega dasturchilarga juda
kerakli bo‘lishi mumkin. Chunki uning yordamida
zamonaviy kompyuterlarning
ishlash prinsiplarini o‘rganish va kompyuterlarda tezkor xotira, doimiy xotira va
protsessorlar nima vazifalarni bajarishini tushunish uchun yordam beradi.
13
Arduino - elektronik loyihalarini yaratish uchun foydalaniladigan open source
platformasi hisoblanadi. Arduino kompyuter kodini fizik qurilmalarga yozib olish
uchun ishlatiladigan elektron mikrokontrollerdan va dasturiy ta’minot
yoki IDE (Integrated Development Environment) komponentidan iborat (2.4-rasm).
2.4rasm. Arduino UNO qurilmasidagi port va
pinlar
Arduino UNO