Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti mavzu: «Bluetooth yordamida boshqariluvchi aqilli uy loyihasi ishlab chiqish»




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana28.08.2024
Hajmi1,48 Mb.
#269971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Amaliyot buyicha hisobot

XULOSA
 ..................................................................................................................... 27 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
 ................................................................... 28 
ILOVALAR
 ................................................................................................................. 30 

 



KIRISH 
2018-yil 9-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini 
ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga 
bag‘ishlangan yig‘ilish boʻlib oʻtdi. 
Ushbu yig‘ilishda Davlat rahbari bugun mamlakatda axborot- kommunikatsiya 
texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va 
kundalik hayotga izchil joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga 
oshirilayotganligi hamda 2018-yilda va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur 
boʻlgan ustuvor vazifalar haqida ham aytib oʻtdi.
Shu bilan birgalikda 2018-yilda xalqaro tajribani, zamonaviy axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan 
holda, “2018–2021-yillarda ‘Elektron hukumat’ tizimini yanada rivojlantirish 
strategiyasi”ni ishlab chiqish, “Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi” rezidentlari 
tomonidan koʻrsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda 
eksport hajmini 1,8 barobarga oshirish, rezidentlar uchun chet el kompaniyalari bilan 
hamkorlik qilishda va yangi bozorlarga chiqishda koʻmaklashish boʻyicha tegishli 
topshiriqlar berildi. 
Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot 
texnologiyalari universitetini uch yil ichida jahondagi eng obroʻli ming universitet 
safiga kiritishni ta’minlash, sohada jahonda yetakchi boʻlgan universitet va 
kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, professor-oʻqituvchilar va 
talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish kerakligi 
ta’kidlandi [1]. Mening Smart House loyiaham ishlab chiqishdan ko‘zlangan 
maqsadi shundaki: Hozirgi shiddat bilan rivojlanib boryatgan zamonda har bir ihtiro 
yoki loyihalar insonlarning og‘irini yengil qilish uchun hizmat qilmoqda. Shu 
sababd n hozirgi kun zamon talabi bo‘lgan Smart house ishlab chiqishning 
hamyonbob yo‘lini izlab topishdir. Lekin bu yo‘lda ancha qiyinchiliklarga duch 
keldik chunki Yurtimizda bunday loyihalarni ishlab chiqish haqida deyarli 
malumotlar yo‘q shuning uchunham ko‘plab Chet el malumotlarini qidirib topib 



hamda aynan bizning loyihaga moslashtirish ancha vaqtni talab qildi.Bu loyihani 
birinchi nushasini ishlab chiqishda hozirgi kunda zamonaviy sxemalardan bo‘lgan 
arduino moduli orqali birlashtirib bu loyiha qanday ishlashini tushuntirb berish.
Agarda bu loyihaga qiziqishlar bo‘ladigan bo‘lsa bunda biz loyihani yanada 
takomillashtirib yagona sxemani ishlab chiqamiz. 
Ishning maqsad va vazifalari: Bu loyiha aqlli uyda ko‘chiruvni boshqarish 
uchun Bluetooth bilan bog‘langan qurilmalar (qurilma to‘plami) ishlab chiqishni 
maqsad qiladi. Bu qurilmalar avtomatlashtirishga yordam beradigan 
dasturlashmoqchi. 
Vazifalar: Qurilmalarni Boshqarish: Aqlli uy loyihasining asosiy vazifalari 
qurilmalarni boshqarish va ularga boshqarish imkoniyatini ta’minlashdir. Misol 
uchun, svet, konditsioner, televizor yoki boshqa qurilmalar boshqarilishi, ularga 
aloqani yo‘qotish yoki ularga buyruq yuborish imkoniyatlarini ta’minlash.
Dasturiy Ta’minot: Vazifalar, foydalanuvchilarga qulaylik va osonlik 
ta’minlash uchun dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. Bu ta’minot, qurilmalarni 
boshqarish interfeysini (smartfon, planshet yoki boshqa qurilmalar) ishlab chiqish, 
dasturlash va ularga buyruq yuborish imkoniyatlarini ta’minlashdir. 
Xavfsizlik va Maxfiylik: Bluetooth orqali bog‘langan qurilmalar orasidagi 
aloqani maxfiylik va xavfsizlik protokollari bilan himoya qilish loyihadagi katta 
vazifalardan biridir. Bu, foydalanuvchilarga maxfiylik va xavfsizlikni ta’minlash 
uchun keng qamrovli ishdir. 
Monitoring va Analitika: Vazifalardan biri ham, qurilmalar orasidagi 
almashishlarni kuzatish, energiya israfini kamaytirish, batareya darajasi, qurilmalar 
ishlash holati va qurilmalar orasidagi aloqani analiz qilishdir. Bu turiy analitika 
foydalanuvchilarga qurilmalarining faoliyatini nazorat qilish va optimallashtirish 
imkonini beradi. 




Download 1,48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti mavzu: «Bluetooth yordamida boshqariluvchi aqilli uy loyihasi ishlab chiqish»

Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish