Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganchfiliali




Download 289.15 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi289.15 Kb.
#59652
1   2   3
Bog'liq
Mobil ilovalarni ishlab chiqish fanidan mustaqil ishi 16-mavzu
Amaliy ish 1 Xus, XUSUSIY TADBIRKOR VA ХUSUSIY TADBIRKORNING ХODIMI O
1-rasm, Mobil telefon hizmatlari
Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon qurilmasi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo’lib asta-sekin kompyuter, faks qurilmasi, telefon qurilmasi, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko’p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti– tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo’lib, abonentlarning bir-birlari bilan o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to’lqinlari ko’rinishida simsiz havo orqali uzatiladi.
Mobil Internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet resurs-laridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so’rovlar va so’zlashish ma’lumotlari axborotlarning paketli ko’rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi. Mobil Internetning qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qaerda va qanday holatda bo’lishidan qat’iy nazar u mobil aloqa tarmog’i orqali Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Mobil Internet xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu xizmatga ulanganmobil telefon bo’lishi kerak.
Mobil pochta – Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog’i yordamida oddiy elektron pochta xizmatidan foydalish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa vositalari orqali xohlagan vaqtda xohlagan joyda elektron pochta xizmatidan foydalanish, ya’ni pochta xabarlarini olish, o’qish va javob yo’llash mumkin.
Mobil aloqani amalga oshirish usullari, yo’llari va vositalari bu mobil texnologiya deb yuritiladi.
Mobil texnologiya bu – harakatlanuvchi yoki olib yurishga qulay (ko’chib yuruvchi)
texnologiyadir. Olib yurishga qulay bo’lgan barcha texnik va zamonaviy qurilmalarni mobil texnologiya o’z ichiga qamrab oladi. Bu texnologiyadan foydalanish qulay, ishlash oson va bir necha vazifalardan foydalanish mumkin.
Mobil texnologiya shartli ravishda ikki qismdan tashkil topgan: asbob-uskunalar, qurilmalar, jihozlar (Hardware) va dasturiy ta‟minot (Software).
Mobil qurilmalarga smartfonlar, iPhonelar, planshetlar, elektron kitoblar, CHPK (cho’ntak personal kompyuterlar), netbooklar, ultrabuklar, smartvatch (aqlli soat), mobil banking (to’lov kartalari) bo’lib, ularning asosiy jihati o’lchami (ixchamligi) hamda ko’p funksiyalarni bajarishidir.
Mobil qurilmalar yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o’yinlar o’ynash, hatto radioeshittirish va televideniedan ham bahramand bo’lish mumkin.
Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” ma’nosini anglatadi.
Funksionalligi jihatidan cho„ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo„lgan mobil telefon. Bunda cho’ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlashgan.
iPhone – to’rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o’zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va Internet planshetlarining asosiy funksiyalarini ham qamrab olgan.
Internet planshetlari - bu maxsus mobil qurilma bo’lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi ko’rinishi jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo’lib, boshqa qo’shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko’rinishda, ya’ni sensorli tashkil etilgan. Planshetlar to’liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.




Download 289.15 Kb.
1   2   3




Download 289.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganchfiliali

Download 289.15 Kb.