Likvidlilik koeffitsientlari va uning rivojlantirish yo’llari




Download 360.07 Kb.
bet13/17
Sana31.05.2022
Hajmi360.07 Kb.
#22496
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
LOYIHA URINBAEV XURSHID
xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)
Likvidlilik koeffitsientlari va uning rivojlantirish yo’llari.

Tijorat banklari likvidligining mohiyati va ahamiyati. Banklar – bugungi o‘tish davrida muhim moliyaviy institular hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlab, mablag‘larni o‘zida yig‘adi va kerakli sohaga yo‘naltiradi. Banklarning boshqa tashkilotlardan farqi va xususiyati shundan iboratki, u asosan o‘zgalarning mablag‘lari (jalb qilingan mablag‘lar) evaziga bank operatsiyalarini amalga oshiradi va shuning uchun mablag‘larni saqlash yuzasidan ular zimmasiga katta mas’uliyat yuklatiladi.
«Likvidlik» atamasi lotin tilidagi «likuidus» so‘zidan olingan bo‘lib, suyuq, oqib yuruvchi ma’nosini anglatadi. So‘zning ma’nosi jihatidan yondashadigan bo‘lsak, bu moddiy qimmatliklarning pul mablag‘lariga oson realizatsiya bo‘lishini va tez konvertatsiya qilinishini anglatadi. Lekin likvidlikka bir tomonlama yondashib bo‘lmaydi.Tijorat banklari likvidligi tushunchasi bu uning barcha kontragentlari oldidagi qarz va moliya majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyatini anglatadi va bu qobiliyat bankning yetarli o‘z kapital mablag‘lariga ega bo‘lishi, aktivlari tarkibi, muddati jihatidan passivlarning tarkibi va muddatiga mos kelishi bilan aniqlanadi. Jahon bank nazariyasida va amaliyotida likvidlik tushunchasiga «zaxira» va «oqim» sifatida qaraladi. Bunda likvidlikka «zaxira» sifatida qaralganda, konkret vaqt ichida ishlatilmagan zaxiralar hisobiga yuqori likvidli aktivlar foydasiga aktivlar tarkibini o‘zgartirish yo‘li bilan mijoz oldidagi majburiyatlarni bajara olish imkoniyatining hajmini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Likvidlik «oqim» sifatida dinamika nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi va bunda ma’lum davr ichida likvidlikning yuz bergan noxush darajasini o‘zgartirish, aktiv va passivlarning mutanosib bandlarini samarali boshqarish evaziga likvidlikning obyektiv zaruriy darajasiga erishish (uni ushlab turish), qo‘shimcha qarz mablag‘larini jalb qilish, daromadlarni ko‘paytirish evaziga bankning moliyaviy holatini mustahkamlash ko‘zda tutiladi.


Download 360.07 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 360.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Likvidlilik koeffitsientlari va uning rivojlantirish yo’llari

Download 360.07 Kb.