• MAVZU: Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari BAJARDI: 073 GURUH TALABASI Meliyev Husan
  • Analog IMS (AIMS)
  • AIMSlarga qo‘yiladigan talablar
  • Barqaror tok generatori (BTG)
  • Ideal BTG VAXi (2.2 rasm)
  • Sodda BTG sxemasi (2.3 rasm)
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti elektronika va radiotexnika kafedrasi




    Download 286,49 Kb.
    Sana26.05.2024
    Hajmi286,49 Kb.
    #254128
    Bog'liq
    Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT VA KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    ELEKTRONIKA VA RADIOTEXNIKA KAFEDRASI

    ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 2” FANIDAN


    MUSTAQIL ISH
    MAVZU: Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari


    BAJARDI: 073 GURUH TALABASI
    Meliyev Husan
    TOSHKENT 2023
    Mavzu:Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari
    Reja:
    1.Analog IMSlar.
    2.AIMS larga qo‘yiladigan talablar.
    3.AIMSlarning tasniflanishi.
    4.Barqaror tok generatori (BTG).
    5.Sodda BTG sxemasining ishlash prinsipi.


    Analog IMS (AIMS)
    Analog IMS (AIMS) lar uzluksiz funksiya qonuni bo‘yicha o‘zgarayotgan signallarni o‘zgartirish (aylantirish) va signallarga (axborotlarga) ishlov berish uchun mo‘ljallangan.

    Axborotni analog tasvirida tasavvur qilish xaqida so‘z yuritilganda, birlamchi axborot aniqligicha (to‘g‘ri) elektr kuchlanish signallariga aylantirib berilishi xaqida gapirish kerak. Elektr kuchlanish signallarini analog shaklida tasvirlash- analogli ishlov berish (qayta ishlash) deyiladi.
    Analog IMS larda signallarni o‘zgartirish (ularga ishlov berish) va ularni chiqarish kuchlanishini (tokini) asta-sekin (uzluksiz) o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Chiqish signali AIMS ning xar qanday elementida kirish signalining uzluksiz funksiyasi hisoblanadi. Liney AIMS larda (liney, chiziqli xarakteristikaga ega bo‘lgan) chiqish signali kuchaytirish (uzatish) koeffisenti bilan berilgan kirish signalining liney funksiyasidir.

    АИМС схемаси



    Analog IS asosan kremniy va arsenid galliya elementlarini qo‘llagan holda tayyorlanadi va kuchaytirish, cheklash, chastotali fil'trlash, taqqoslash, signallarni qayta qo‘shish va ularni uzluksiz funksiya qonuni bo‘yicha o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.

    Odatda, agar sxemada ko‘p sonli xar xil funksional' elementlar bo‘lsa, AIMSlar muntazam bo‘lmagan tuzilishga ega bo‘ladilar. Shu sababli AIMS larda raqamli IMS larga qaraganda integratsiya darajasi bir muncha kamdir. AIMS lar ko‘proq gibrid yoki monolit texnologiya bo‘yicha tayyorlanadi.




    AIMSlarga qo‘yiladigan talablar

    1. Kirish signalining minimal buzilishi.

    2. Kichik shovqinlar sathi.

    3. O‘tish jarayonlari vaqtining kamligi.

    4. Chiqish signallarining barqarorligi.




    Barqaror tok generatori (BTG)
    BTG- chiqish toki yuklama qarshiligiga bog‘liq bo‘lmagan qurilmaga aytiladi. Liney shkalali ommetrlarda qo‘llaniladi.
    Boshqa so‘z bilan aytganda BTG - ixtiyoriy zanjirdan avvaldan belgilangan qiymatli tok oqishini ta'minlovchi elektron qurilmadir. Yuklamadan oqayotgan tokning qiymati kuchlanish manbai, zanjir parametrlari va temperatura o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lmaydi.
    BTGning vazifasi kirish kuchlanishi va yuklama qiymati o‘zgarganda chiqish toki qiymatini o‘zgarmas saqlashdan iborat bo‘lib, ular turli funksional vazifalarni bajaruvchi analog va raqamli mikrosxemalarda ishlatiladilar.
    O‘zgarmas tok qiymatini faqat cheksiz katta dinamik qarshilikka ega bo‘lgan ideal tok manbai ta'minlashi mumkin. Ideal tok manbai VAXi gorizontal AV to‘g‘ri chiziqdan iborat (2.2-rasm). UB sxemada ulangan BTning chiqish xarakteristikasi ideal tok generatori VAXiga yaqin bo‘ladi. Demak, UB sxemada ulangan tranzistor amalda tok generatori vazifasini bajarishi mumkin. Lekin temperaturaviy barqarorlikni va keng dinamik diapazonni ta'minlash uchun amalda ikkita yoki undan ko‘p tranzistor ishlatiladi.
    Ideal BTG VAXi (2.2 rasm)

    Eng sodda BTG sxemasi 2.3-rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada I1 tok zanjiriga to‘g‘ri siljitilgan diod ulanishli, tayanch tranzistor deb ataluvchi VT1 tranzistor ulangan. U juda kichik qarshilikka ega. Shuning uchun VT1 kuchlanish generatori vazifasini o‘taydi. U RYu boshqariluvchi zanjir bilan ketma-ket ulangan VT2 tranzistorning emitter-baza o‘tishini kuchlanish bilan ta'minlaydi.
    Sodda BTG sxemasi (2.3 rasm)

    Download 286,49 Kb.




    Download 286,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti elektronika va radiotexnika kafedrasi

    Download 286,49 Kb.