• KIRISH
  • Ekspress pochta
  • Kuryer xizmati
  • Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 1.99 Mb.
    bet1/2
    Sana11.09.2023
    Hajmi1.99 Mb.
    #81280
      1   2
    Bog'liq
    Amaliyot hisobot abrazes
    2-patok 3-kurs buyruq, Дастурий таъминот архитектураси узб, AYLANUVCHI BARABANDA MINERAL O‘G‘ITLARNI QURITISH JARAYONINI O‘RGANISH, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan yakuniy nazorat test sa

    O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti

    Guruh : 311-20


    Bajardi :Pardayev Ma’ruf
    Amaliyot rahbari: Abdirazakov F







    TOSHKENT – 2023


    MUNDARIJA
    KIRISH 5

      1. POCHTA XIZMATI NIMA? 8

      2. POCHTA XIZMATI YUKSALISHI 10

    ASOSIY QISM 11

      1. KORXONA BILAN TANISHUV 11

      2. LOGISTIKA XIZMATI AHAMIYATI 17

      3. QO’SHIMCHA XIZMATLAR 27

    XULOSA 30
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 31



    KIRISH


    Ma’lumki hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasi ildamlik bilan rivojlanib borayotgan bir paytda, bu jarayon dunyo mamlakatlari va uning mutasaddilari shu bilan birgalikda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislarining zimmasiga o’lkan vazifalarni yuklamoqda. Bu esa o’z o’rnida har bir mamlakatda o’qitish sohasi, aniq qilib aytganda kompyuter texnologiyalari sohasidagi ta’limni yanada isloh qilish, ularni zamon talablariga moslashgan andozalar asosida qurishni talab etmoqda. XXI- asrning axborot asri deb atalishining zamirida o’lkan ma’no- mazmun yotganligini hozirgi kunning har bir o’quvchisi-yu, talabasi, nainki har-bir aqli raso insoni anglab yetdi va yetmoqda. Axborotga talab va ehtiyoj azal-azaldan katta miqyosda bo’lib kelgan. Biroq, hozirgi kunga kelib unga bo’lgan talab va zarurat har qachongidan kuchayganligiga hech bir shaxs shubxa qilmasligi tayin. Ze’roki axborot XXI-asrga kelib eng qimmat moddiy ashyoga aylanib qoldi desam ayni haqiqat bo’lar.
    Fan-texnika, tibbiyot, moliya va iqtisod, soliq hattoki davlat boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarining qullanilishi bu ishlarda yuqori unumdorlik va samaradorlikni olib kelmoqda va olamshumul natijalarga erishilamoqda. Masalan, hozirgi kun tibbyoti juda murakkab tadqiqotlarni, o’ta nozik jarrohlik operatsiyalarini olib borishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi hammani quvontirishi turgan gap. Chunki, bu yusinda qilinadigan ishning samarasi va aniqligi shu bilan birgalikda sifati yuqori bo’lishi shubhasizdir. Bu ishlarda inson tomonidan yaratilgan dasturlar kompyuterlar bilan birgalikda insonning o’ziga xizmat qilayotgani yanada quvonarli holdir. Yoki bo’lmasa quyosh sistemasi sayyoralarini tadqiq qilayotgan sun’iy yuldoshlarning ish olib borishida va ularning aniqlik darajasini oshirishida kompyuter buyuk yordamchi va ko’makchi vazifasini o’tamoqda. Maxsus dasturlangan robitlar sayyorralar uzra tadqiqotlar olib borishda juda qo’l kelmoqda. Olis manzillar bo’ylab axborot yuborish va qabul qilishda Internet tarmog’ining faoliyati bugungi kunda har- bir ilmiy xodim, korxona raxbari, davlat organi raxbari kerak bo’lsa talabalar hayotida muhim rol o’ynamoqda. Bu hol esa yoshlar ta’lim-tarbyasiga, ularning kamol topishida ozmi- ko’pmi o’zining ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Bu jarayon esa har bir shaxsdan axborot texnologiyalaridan madaniyat darajasida foydalanishni taqozo etadi. Bizning mamlakatda ham axborot etxnologiyalari sohasi ildamlik bilan rivojlanib bormoqda. Aynan mana shu maqsadlar uzviyligini ta’minlash maqsadida prezidentimiz tomonida qabul qilingan qaror va farmonlar bu ishlarning yanada ildamlashishiga turtki bo’lmoqda.
    Kompyutеrlar va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash tеxnikasi sohasida mutahassis bo’lmagan odamlar uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash tеxnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta'minot – opеratsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga kеldi.
    Operatsion tizim bu kompyuter va foydalanuvchi o`rtasidagi bir tarjimon deb aytsak bo`ladi. Ya`ni tilni tushunmasdan turib ham muloqot qilish imkonini beradi. Bugungi kunda yaratilayotgan Operatsion tizimlar hamma talablarga javob beradi. Faqatgina uni chuqur o`rgansakkina unda kechayotgan har bir jarayon naqadar murakkab ekanligini tushunib yetamiz. Buni o`rganish uchun esa bizda hamma imkoniyatlar yetarli desak mubolag`a bo`lmaydi.
    OT asoslarini va ularning ishlash printsiplarini bilish, kompyutеrdan samarali foydalanishga olib kеladi. OT larni chuqur o’rganish, avvalambor bu bilimlarni, dasturiy ta'minot yaratishda ishlatishga imkon bеradi.
    Hozirgi informatsion texnologiyalar rivojlangan davrda yashar ekanmiz operatsion tizimlar , kompyuter dasturiy ta`minoti haqida bilish va o`rganish biz uchun muammo bo`lmaydi .

    Hozirda yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlik ishlari va kichik tashkilotlar rivojlanishiga katta e`tabor qaratilmoqda. Men amaliyot o`tagan tashkilotda ham buni yaqqol ko`rishimiz mumkin.


    Yurtimizda informatison texnologiyani rivojlantirish maqsadida boshlang`ich sinf o`quvchilariga ham informatika darsliklari qo`yilmoqda. Bu orqali yoshlarni texnologik jarayonlar haqida tushuncha va tasavvurga ega bo`lishini ta`minlaydi.
    Biz yoshlarga juda ko`plab imkoniyatlar yaratilgan va biz bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtimiz uchun yurtizmizdagi texnologik jarayonlar yanada yuksalishi uchun o`z hissamizni qo`shishimiz lozim.

    BTS Cargo Express
    Pochta aloqasi — transport vositalari yordamida xat, davriy nashrlar, joʻnatma, pul va h.k.ni qabul qilib olib joʻnatadigan muassasalar tizimi. Pochta aloqasining yuzaga kelishi bevosita yozuvning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Yunoniston, Eron, Misr, Xitoy va Rim imperiyalarida Pochta aloqasi davlat boshqaruvida alohida ahamiyat kasb etgan va davlat Pochta aloqasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan: joʻnatilgan xatxabarlar otda va piyoda estafeta tamoyili asosida tashilgan. Hunarmandchilik va savdosotiqning rivojlanishi bilan hunarmand va savdogarlarga xizmat qiluvchi shahar pochtalari vujudga keldi. Ular, ayni paytda, aholining boshqa tabaqalariga ham xizmat qildi.
    16—17-asrlarda Fransiya, Shvetsiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda markazlashgan qirollik pochtalari paydo boʻldi. Pochta aloqasining oʻsishi va davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan Pochta aloqasi ham taraqqiy etdi. Aloka mar-kalarinit muomalaga kiritilishi Pochta aloqasi tarixida yangi davr boshlab berdi. 1869-yilda Avstriyada pochta kartochkasi joriy etildi. 1874-yilda 22 mamlakat ish-tirokida l-Xalqaro pochta kongressi oʻtkazilib, Umumiy pochta ittifoqini tuzish haqida shartnoma imzolandi (1878-yildan Jahon pochta ittifoqi). Butun dunyoda oʻzaro yozishmalarni va yozma maʼlumotlarni ayirboshlashni muvofiklashtirish uchun 1978-yilda Ja-hon pochta ittifoqi konvensiyasi qabul qilindi. 19-asrning boshlarida paroxod va parovozlar, 20-asr boshida samolyotlarning yaratilishi pochta joʻnatmalarini yetkazish tezligini keskin oshirdi. Pochta aloqasi xizmatlaridan na-faqat davlat, balki oddiy aholi ham foydalana boshladi. Telegraf (1832), telefon (1876), radio (1895) ning ix-tiro etilishi ham Pochta aloqasining jamiyat xayotida tutgan muhim oʻrnini oʻzgarti-ra olmadi. 20-asrda ham u eng qulay va ommabop aloqa vositasi sifatida sak,lanib qoldi.
    Oʻrta Osiyoda Pochta aloqasiga oʻxshash aloqa turi, ayrim maʼlumotlarga koʻra, miloddan avvalgi 5—4-asrlarga toʻgʻri keladi. Oʻsha davrlarda harbiy choparlar podsholar farmoni va nomalarini noiblarga va qalʼalardan xabarlarni mamlakat poytaxtiga yetkazib turganlar. 13-asrda moʻgʻullar hukmronligi davrida xoqonlar poytaxtlaridan tumanlar va qoʻshni davlatlar chegaralariga boradigan asosiy yoʻllarda pochta manzilgoxlari — yom (bekat, rabot)lar tarmoklari barpo etilgan. Yomlar bir-biridan 20–25 km masofada qurilgan va ularni qoʻriqchi guruhlar muhofaza qilgan.
    Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan soʻng Pochta aloqasi asosan, podsho Rossiyasi amaldorlari, ishbilarmonlari, mahalliy boshqaruv va hokimiyat organlariga xizmat koʻrsatdi. 1865-yil Toshkent yaqinidagi Niyozbek qalʼasi bilan Chimkent shahri oʻrtasida dastlabki Pochta aloqasi yoʻlga qoʻyildi. Oʻsha yili avgust oyida Toshkentda 1-pochta styasi ochildi, pochta yoʻli Niyozbekdan Toshkentgacha yet-kazildi. 1868-yil Toshkent bilan Samarqand oʻrtasidagi Pochta aloqasi yoʻlga qoʻyildi. 1868-yil fevralda Toshkentda Rossiya Pochta va telegraf vazirligiga buysungan Sirdaryo va Samarqand viloyatlari pochta idoralari boshkarmasi tashkil etildi. Dastlab pochta ot-ulovda, temir yoʻl qurilganidan keyin temir yoʻl orqali tashiladigan boʻldi. 1885-yil 1-yanvardan Toshkent pochta idorasi mijozlardan telegrammalar qabul qilishni boshladi.
    1924-yilda Oʻzbekistonda 110 aloqa korxonasi ishladi, shulardan 30 tasi qishloq aholisiga xizmat koʻrsatdi. Pochta yoʻllarining umumiy uz. 1300 km ga yetdi, birinchi Toshkent — Samarqand xavo aloqa yoʻli ishga tushirildi. Urushgacha boʻlgan davrda respublikadaP.a. muntazam rivojlandi. 1937-yil it-tifoq Pochta va telegraf xalq komissarligining Oʻzbekiston hukumati huzuridagi vakilligi Boshqarmasi (1954-yildan Oʻzbekiston SSR Aloqa vazirligi) tashkil etilganidan keyin Pochta aloqasi davlat aloqa xizmati sifatida rivojlandi. Pochta va matbuotni tashishda aviatsiya, temir yoʻl, avtomobil transportidan kenfoqfoydalaniddi. 1974-yil Toshkentda temir yoʻl qoshida pochtamtning ochilishi, 1983-yil Toshkent pochtamtining yangi binosi qurilib foydalanishga topshirilishi bilan xat, joʻnatma, pul oʻtkazmalari, matbuot nashrlarini joʻnatish va yetkazib berish ishi yanada yaxshilandi. Pochta aloqasi alokaning eng keng tarqalgan va omma-viy turiga aylandi.
    Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan keyin Pochta aloqasi sohasida tub islohotlar amalga oshirilib, tarmoq korxonalari faoliyati qayta koʻrib chiqil-di, koʻrsatiladigan xizmat turlari kengaydi, xalqaro aloqalar tubdan qayta tashkil etildi. 1993-yilda Oʻzbekiston 189 mamlakatni birlashtirgan Jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻlib kirdi.
    Hozirgi Oʻzbekistonning barcha aholi punktlari pochta korxonalari tarmogʻi bilan qamrab olingan. Bu korxonalar oddiy va buyurtmali xatlar, pochta kar-tochkalari, banderollar va oddiy joʻnatmalar, baqosi koʻrsatilgan xatlar, bahosi eʼlon qilingan joʻnatmalar, pochta, telegraf pul oʻtkazmalarini qabul qilish va joʻnatish; gazeta va jur.larga obuna qilish va uni yetkazib berish; tovar va blankalarni, filateliya maqsulotlarini sotish; pensiya va nafaka pullarini yetkazish; telegramma qabul qilish va joʻnatish; aloqa boʻlimlarida shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlarini, elektron pochta, internet(ga kirish) xizmatlarini koʻrsatish; kommunal xizmat toʻlovlarini yigish va boshqa xizmat turlarini amalga oshiradi. 2002-yilda Pochta aloqasi korxonalarida 11,23 mln. dona xat, 62,1 mln. dona gaz. va jur.lar, 60 ming dona joʻnatma, 565 ming dona soʻzlashuvlar va 170 ming dona telegramma qabul qilindi, Pochta aloqasi korxonalari orqali 31 mlrd. soʻm pensiya va nafaqalar toʻlandi.
    Respublikada pochta korxonalari "Oʻzbekiston pochtasi" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga uyushgan. Kompaniya tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat boshqarmalari, Xalqaro pochtamt, Xalqaro tezkor pochta, "Oʻzbekiston markasi" aksiyadorlik jamiyati, 185 aloka uzeli va 3012 aloka boʻlimi bor (2003). Mamlakatimizda Pochta aloqasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Aloqa toʻgʻrisida" (1992-yil 13-yanvar) va "Pochta aloqasi toʻgʻrisida" (2000-yil 31 avgust) qonunlari bilan tar-tibga solinadi
    Pochta indeksi - pochta jo'natmalarini saralashni va avtomatik tartiblashni osonlashtirish uchun pochta manziliga qo'shilgan harflar yoki raqamlar ketma-ketligi. Hozirgi kunga kelib milliy pochta xizmatlarining pochta indekslaridan foydalanadi
    Pochta jo'natmalari indeksini va Kievning fiksatsiyalangan pochta indekslarini ko'rsatish uchun qo'ng'iroq bilan SSSRning belgilangan pochta kartasi (14U8 va 14U2)]] SSSRda birinchi indekslash tizimi 1925-yil fevral oyida joriy qilingan, pul o'tkazmalarini qoplash uchun raqamlangan markalar tizimi. Raqam uchta guruh raqamlaridan iborat: birinchi guruh raqamlari 04.09.1924-yildagi 7/117-son buyrug'i bilan Aloqa okrugi soniga, ikkinchisi - aloqa korxonasining raqamiga to'g'ri keldi. Armatura qabul qiluvchi korxonalar uchun ularning o'z soni uchinchi guruh bo'lib, birinchi ikkitasi aloqa okrugi va mustahkamlash tarmog'ining soni edi. O'z okrugidan tashqaridan qo'shimcha kuch oladigan otryadlar uchun bu raqam 45⅗14 ga o'xshab ko'rinishi mumkin, bu erda birinchi raqam o'z okrugining raqami edi, kasr chizig'i ustidagi raqam boshqa tumandan, kasr chizig'idan pastda esa kuchaytiruvchi otryadning soni edi. kuchaytiruvchi otryadning tuman raqami va oxirgi raqam allaqachon o'z xonasi edi. Ushbu tizim faqat Pochta bo'limi tomonidan ishlatilgan va mijozlarga aytilmagan.

    1. yillarning oxirida SSSRda Butunittifoq indeksatsiya tizimi ishlab chiqildi, ammo doimiy ma'muriy islohotlar tufayli uni amalga oshirishni boshlash mumkin bo'lmadi. 1930-yillarda Ukrainada indeksatsiyani joriy etishga 2ta urinish qilingan.

    Ukrainada indeksatsiyani joriy etishga birinchi urinish 1930-yilning kuzida qilingan. Ishchilar va dehqonlar inspektsiyasi xalq komissarining o'rinbosari M. tomonidan imzolangan. M. Mayorovning “Tumanlar manzillarini indeksatsiya qilish toʻgʻrisida”gi farmoyishi chiqdi. Ushbu buyruq yozishmalarga murojaat qilishda gazeta traktatlarining pochta vagonlarining gazeta va Trakt pochta indeksiga muvofiq NN-NN formatidagi tuman indeksini ko'rsatishni buyurdi. Tumanlar bo'yicha indekslar ro'yxati 1931-yilda Poltavada nashr etilgan (Ukrainadagi tuman markazlarining indeksatsiyasi. UDOPP-Poltava, 1931). Tizimda ko'plab kamchiliklar mavjud edi, shu jumladan bir tumandagi aholi punktlari uchun indeksning birinchi qismining turli raqamlari va trakt indeksining o'zida doimiy o'zgarish.
    1932-yildan 1936-yilgacha Ukraina SSRda ikkinchi indeksatsiya tizimi Moskvadagi Kursk temir yo'l stantsiyasining xodimi Balabanov tomonidan taklif qilingan. Ular "raqam-harf-raqam" shaklidagi kod edi, masalan, 12-U-114-U-8, 320-U-15 va boshqalar. Shu bilan birga, " U " harfi kodning o'rtasi " Ukraina " degan ma'noni anglatadi, birinchi raqam Kiev bo'lib, ular uchun 11 dan 20 gacha raqamlar berilgan va oxiridagi raqam kichikroq pochta okrugi. 1932-yilda o'sha paytda Ukraina SSR poytaxti bo'lgan Xarkovda Ukraina pochta indekslarining indeksi nashr etildi, u erda indekslar 1 dan 10 gacha raqamlar bilan boshlangan. Tizimni to'liq indeks deb atash mumkin emas, chunki raqamlar fazoviy munosabatlarni hech qanday tarzda aks ettirmagan (Kievda 11-20 raqamlari bor edi; Xarkovda - 1-10; ular orasidagi Poltava - 62-65; Xarkov viloyatining aholi punktlarida birinchi guruh indekslari 390, garchi indeks 39 Dnepropetrovskga tegishli edi). Ular indekslash tizimini reklama qilishga harakat qilishdi, biroq bir necha yil ichida undan foydalanish to'xtatildi.
    Germaniya 1941 yilda shunday tizimni joriy qildi, u nafaqat Uchinchi Reyx hududini, balki bosib olingan hududlarning bir qismini qamrab oldi. Biroq, Germaniya taslim bo'lganidan keyin u bekor qilindi.



    Ushbu sahifadan mijozlar buyurtma berishlari mukin (sayt orqali yoki mobil ilova orqali)







    Ekspress pochta


    BTS Express kompaniyasi har bir mijoz uchun yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish standartlariga qat'iy rioya qilib, o'z vaqtida va kafolatli yetkazib berishni ta'minlaydi.
    Biznes hujjatlari, shartnomalar va xatlarni o‘z vaqtida express pochta xizmati yetkazib berish, biznes hamkorlar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishda muhim nuqta hisoblanadi. BTS Express cargo service kompaniyasi o'sha kuni tezkor pochta yetkazib berish xizmatlarini taqdim etadi - qabul qiluvchi sizning jo'natishingizni o'sha kuni yoki ertasi kuni oladi.
    BTS Express sizga O'zbekistondagi yuklarnini tezkor yetkazib berish, shu jumladan mamlakatning eng chekka burchaklarida, shuningdek eshikdan eshikgacha yoki tezkor yetkazib berish xizmatlarini taklif qiladi.
    Bizning asosiy ustunligimiz - pochta jo'natmalarini tezkor yetkazib berish shartlari - kechayu kunduz jo'natish, nafaqat tezlik, balki etkazib berish xarajatlari bo'yicha ham eng yaxshi variantdir.
    BTS Express O'zbekistonning 60 ta aholi punktlarida joylashgan bo'lib, sizning qulayligingiz uchun 24/7 ish rejimida faoliyat ko'rsatamiz.


    Kuryer xizmati


    Har kuni butunlay boshqacha odamlar yordamisiz muhim narsani qilishga vaqtlari yo'qligini tushunadigan vaziyatga tushib qolishadi: Toshkentda kuryerlik yetkazib berish xizmati allaqachon mavjud bo‘lsa-da, ular sizni tushkunlikka solib qo‘ysa, siznig vaqtingizni oladi. Kompaniyamiz- BTS Express O'zbekiston Respublikasi hududida tezkor pochta xizmati, logistika va xalqaro yuklarnini yetkazib berish xizmatlarini taqdim etadi.
    Bizning vazifamiz- sizning har qanday jo'natmalaringizni yoki yukingizni biz qabul qilgan kundan boshlab 24 soat ichida eng maqbul narxlarda o'zingiz ko'rsatgan joyga tez va ishonchli yetkazib berishni ta'minlash.
    Endi yuklarni uyingizdan yoki ofisingizdan olib ketib belgilagan manzilingizgacha yetkazib beramiz.


    Hademay, bu dasturlar alohida loyihaga aylanib, 1995 yilning iyun oyida dasturiy mahsulot PHP (Personal Home Page) nomi bilan birinchi nashri chiqarildi. 1996 yil aprel oyida dasturlar jiddiy qayta ishlanganidan so‘ng, PHP/FI (Personal Home Page / Forms Interpreter) nomi bilan mahsulotning ikkinchi nashri paydo bo‘ldi.
    Bu mahsulot HTML-kod ichiga yozilib, HTML-formalarni qayta ishlab, hozirgi PHP dasturlash tilining tayanch imkoniytlarini ichiga olgan. PHP/FI kod yozilishi Perl tiliga juda oxshagan, lekin soddaroq bo‘lgan. 1997 yili PHP/FI 2.0 nashri chiqdi. O‘sha paytda bu mahsulot bilan dunyo bo‘yicha bir necha ming odam foydalanib, taxminan 50 ming domen bo‘lib, Internetning 1%-ni tashkil qildi. 1997 yilda Endi Gutmans va Ziv Suraski PHP/FI kodini boshqatdan yozib chiqishdi, chunki eski kod ular ishlatayotgan elektron tijorat tizimlari uchun yaroqsiz edi.
    Eski kodning mualliflaridan yordam olish uchun ular birlashishni taklif etib, PHP3 nomli loyihani PHP/FI -ning rasmiy vorisi deb e’lon qilishdi. Yangi loyiha uyushgandan keyin PHP/FI loyihasi ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan. PHP 3.0 -ning eng kuchli taraflaridan biri uning kengaytirala olinadigan yadrosi (tizimning boshqaruv qismi) bo‘lib, bundan tashqari, ma’lumot jamg‘armalar bilan, turli protokollar va interfeyslar bilan birgalikda ishlash keng imkoniyatlari yaratildi. Muvaffaqiyatga erishishga ancha ahamiyatli fakt bu yangi tilni boyligi va ob’yektlarga mo‘ljallangan dasturlashni qo‘llay olishi. Yangi loyiha bilan birga nafaqat tilni tashqi, ichki tuzulishi o‘zgardi, balki o‘zini nomi ham. Endi PHP qisqartmasi “PHP: Hypertext Preprocessor” ma’nosini anglatishi bildirildi. 1998 yilning oxirida PHP foydalanuvchilarining soni o‘n minglardan oshdi. Yuz mingdan oshiq veb-saytlar bu tilni qo‘llashini e’lon qilishdi. Taxminan Internetning 10% serverlarida PHP 3.0 o‘rnatilgan edi.
    1998 yilning iyun oyda PHP3 to‘qqiz oy ommaviy tekshiruvidan keyin rasman e’lon qilindi. Shu yilning qishida Endi Gutmans va Ziv Suraski PHP yadrosini qaytadan ishlab chiqarishni boshlashgan. Ularning asosiy vazifasi PHP tizimining unumdorligini ko‘tarish va kodning modullarini yaxshilash edi. 1999 yilning o‘rtalarida birinchi marta taqdim qilingan yangi yadro “Zend Engine” deb nomlangan. Uni asosida tuzilgan yangi til PHP4 2000 yilning may oyida rasman chiqarilgan. Unumdorlik yaxshilangandan tashqari, PHP 4.0 muhim yangiliklarga ega bo‘lib, sessiyalarni qo‘llash, buferli chiqarish, kiritilgan ma’lumotlarni havfsiz qayta ishlash va yana bir necha yangi til tuzuvchilarini paydo bo‘lishidan iborat. Hozirgi kunlarda “Zend Engine” qayta yaxshilanib PHP5 tili ishlab chiqarildi. Asosiy o‘zgarishlar ob’yektlarga mo‘ljallangan dasturlash modelida bo‘lib, tilning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi
    Yii nima o`zi? Yii – bu tez ishlovchi komponentli PHP freymvork bo'lib, zamonaviy web ilovalarni tez yaratish uchun mo'ljallangan. Yii (Yi [ji:] kabi talaffuz qilinadi) so'zi xitoy tilida "oddiy va evolyutsiyalovchi" degan ma'noni anglatadi. Shuningdek Yii akronim sifatida qaralganda uning yoyilma matni Yes It Is tarzida qaralishi ham mumkin! Yii ko'proq qanday masalalar uchun mos keladi? Yii – bu universal freymvork va uni barcha turdagi web ilovalar uchun qo'llash mumkin. Uning komponentli strukturasi va keshlashni juda zo'r qo'llabquvvatlashi evaziga freymvork asosan portallar, forumlar, CMS, magazinlar yoki RESTful ilovalar kabi katta proyektlar uchun qo'l keladi.
    Yii ni boshqa freymvorklar bilan solishtirish Boshqa ko'pgina PHP freymvorklar singari Yii ham kodni tashkillashtirish uchun MVC (Model-View-Controller) modelidan foydalanadi.
    Yii faqat loyihalashtirishning ma'lum bir qolipiga ergashib dizaynni murakkablashtirmasdan sodda va elegantli kod yozish falsafasiga tayanadi. Yii full-stack freymvork hisoblanadi. Shuningdek o'z ichiga tekshirilgan va o'zini yaxshi ko'rsatgan relatsion va NoSQL ma'lumotlar ombori uchun yaratilgan ActiveRecord, REST API ni qo'llab quvvatlash, ko'p qatlamli keshlash kabiimkoniyatlarni oladi.
    Yii juda yaxhsi kengayishi mumkin. Siz asosiy kodni ixtiyoriy qismini almashtirishingiz yoki sozlashingizmumkin. Kengaytirish arxitekturasiga bo'ysunib kodni boshqalar bilan ulashish yoki jamoatning kodidan foydalanish mumkin. Yii ning asosiy maqsadlaridan biri - ishlash tezligi.
    Yii — bir odamning loyihasi emas. U unga yordam berayotgan ishlab chiquvchilar katta jamoasi tomonidan qo'llab quvvatlanadi va rivojlantiriladi. Freymvork ishlab chiquvchilari web ishlab chiqish va boshqa ilovalarni maromini kuzatishadi. Ko'proq mos keluvchi imkoniyatlar va eng yaxshi sinalgan amaliyotlar freymvork sodda va elegantli interfeysi tarzida qo'llaniladi.
    Yii talqinlari
    Ayni vaqtda Yii ning ikkita yo'nalishi mavjud: 1.1 va 2.0. 1.1 yo'nalishi
    avvalgi avlod hisoblanadi va qo'llab quvvatlash holatida. 2.0 talqini - bu Composer,
    PSR, nomlar sohasi, treytlar(traits) va boshqa shular kabi ko'pgina oxirgi
    texnologiyalarni va qaydnomalarni qo'llovchi Yii ning to'liq boshqatdan yozilgan
    talqini. Mana shu talqinda navbatdagi yillarda uni yanada kuchaytirish nazarda
    tutilgan. Ushbu qo'llanma aynan 2.0 talqin haqida.
    DT va bilimlarga talablar
    Yii 2.0 PHP 5.4.0 va undan yuqorisini talab qiladi. Boshqa imkoniyatlar
    uchun talablarni bilish uchun har bir alohida yo'lga qo'yilgan freymvork bilan birga
    mos o'rnatilgan talablar tekshiruv skriptini ishga tushirishingiz mumkin.
    Freymvork to'liq obektga mo'ljallangan dasturlashga(OMD)
    asoslanganligi bois Yii da ishlash uchun OMD ni umumiy tushunish talab etiladi.
    Shuningdek, PHP ning zamonaviy imkoniyatlari bo'lmish nomlar soxasi va treytlarni o'rganish talab etiladi.
    MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar
    bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar
    bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi.
    Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT
    saqlanadi.
    Ho'sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin?
    Dastlab, ma'lumotlar saqlash uchundasturchilar fayllardan
    foydalanishgan, ya'ni fayl ochilib kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib,kerakli paytda chaqirib ishlatilgan.
    Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya'ni faylni ochish,o'qish, yopish,.. ko'p vaqtni olib qo'ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko'p),ma'lumotlar bazasiga o'tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar,hisoblagich natijalari va shunga o'xshash juda ko'p ma'lumotlar saqlanadi.
    MySQLshunday ma'lumotlarni o'zida saqlaydi.MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimdaishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBTrelyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
    MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya'ni MYSQLni ko'chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va
    GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL
    shartiga ko'ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo'lishi kerak. Bu esa dasturchiga to'g'ri kelmaydi.
    Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik
    litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
    MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir.
    MySQL juda ko'p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo'lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…
    MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo'lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o'ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi. MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,…
    Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.
    BTS Express Cargo Service - logistika bozoridagi yetakchilardan biri bo‘lib, har bir mijoz, filial yoki manzilga qulay yetkazib berishni ta’minlab, minglab tadbirkorlarga nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham biznes yaratish va rivojlantirish imkonini beradi


    Hamkor bo`lish




    Loyiha tavsifi
    Faoliyat turi. Oʼzbekiston va dunyo boʼylab pochta va yuklarni exspress tarzda yetkazib berish;
    Bir martalik to’lov. 20,000,000 so’mdan 50,000,000 so’mgacha;
    Boshlang’ich sarmoya. 20,000,000 so’mgacha;
    Daromad. Mijozlardan qabul qilingan va ularga yetkazilgan pochta va yuklar uchun foizli mukofot pul;
    Biznes o’zini o’zi qoplash muddati. 6 oydan 1 yilgacha;





    BTS Express Cargo Servis kompaniyasida to’lov tizimi


    Hozirgi kunda kompaniyamizda to’lov tizimlarini to’rt xil usulda amalga oshirish mumkin.
    Bular Click, Apelsin, korxonaga tashrif buyurgan holda hamda kompaniyamizning maxsus applicationi orqali amalga oshirish mumkin.

    Bizda auditoriyasi yuqori bo’lgan Payme elektron to’lov tizimi bilan integratsiya masalasi yo’lga qo’yilmagan. Shu sababli Payme da integratsiya masalasini hal qilish mijozlarimizga ancha qulaylik va imkoniyatlar beradi.

    Masalan mijoz Samarqandning Kattaqo’rg’on shahriga 10kg li pochtasini yubormoqchi. Filiallarimizdan biriga borganda operatorimiz mijozdan pochtasini qabul qilib oladi hamda mijozning o’sha pochtasi uchun shtrixkod beriladi.

    Bu shtrixkod unikal hisoblanadi. Bu shtrixkodni Payme to’lov tizimidan BTS deb qidirib Buyurtma raqami qismiga bizdan berilgan shtrixkod kiritiladi hamda talab qilingan so’mma kiritiladi, to’lov haqiqatdan ham amalga oshgan bo’lsa, pochta o’z manziliga 24 soatdan 48 soatgacha yetkazib beriladi. Payme to’lov tizimini ulash dasturiy jihatdan api lar orqali bo’ladi. Ular bizga o’zlarining apisini va unikal tokenni bersa, biz tomondan faqatgina o’zimizning kerakli qismimizda ko’rsatib qo’yaveramiz.
    Yuqoridagi to`lovlar faqat klik yoki payme orqali edi biz istalgan kartadan to`lov qilish imkoniyatini qo`shmoqchimiz
    Tolovni amalga oshirish tizimi



















    Download 1.99 Mb.
      1   2




    Download 1.99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 1.99 Mb.