|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter
|
bet | 6/9 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #116518 |
Bog'liq Jamila wordProsessor (markaziy prosessor) kompyuterning asosiy hisoblash qurilmasi hisoblanib, u qo‘yidagilardan tashkil topadi:
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun arifmetik–mantiqiy qurilma
prosessorning ishlashini va tashqi qurilmalar bilan almashish ish tartibini boshqarish bloki;
ichki umumiy vazifali registrlar (UVR) ko‘rinishida operativ xotira rolini bajaradigan prosessor ichki xotirasi (kesh xotira).
Asosiy xotira kompyuterning boshqarish dasturlarini va ishlov berish uchun ma’lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan. U prosessor va operativ xotira orasida ma’lumotlarning almashish tezligini oshiradi.
Tashqi qurilma foydalanuvchiga kompyuter resurslaridan foydalanish, shuningdek, dastlabki ma’lumotlarni kiritish va ishlov berilgan natijalarning ma’lum darajadagi o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. Tashqi qurilmalar tarkibiga tashqi xotira boo‘lamalari, ko‘pincha, diskli to‘plovchilar va aloqa kanallari bo‘yicha uzatish qurilmalari kiradi.
Tashqi xotira–shunday xotiraki, u tashqi ko`rinishidan sistema platasiga o`xshash bo`lib, axborotlarni o`zida uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan har xil printsiplarda saqlovchi va har xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilan birga, tashqi xotirada kompyuterning barcha dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi xotira qurilmalari kompyuter sistema blokida joylashishi bilan birga uning alohida korpuslarida ham joylashgan bo`ladi. Oddatda tashqi qurilmalar ma’lumotlarni o`zida jamlovchi (yig`uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi–bu axborotni o`zida saqlaydigan qurilma bo`lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangandir. AMQ (Arithmetic and Logic Unit) xotiradan keladigan ma’lumotlar bilan arifmetik va mantiqiy operasiyalarning bajarilishini amalga oshiradi, chiqish natijasini shakllantiradi. U asosiy xotiraga yoziladi yoki o‘ta yuqori tezkor registrlardan (UVR) birida vaqtincha saqlanadi.
Asosiy xotira ixtiyoriy ruxsat etishli va manzillar oralio‘idagi manzillashtiriladigan (OXQ va DXQ) va kesh-xotirani tashkil etadigan manzillashtirilmaydigan xonalardan iborat. Kesh-xotira hajmi bo‘yicha OXQ ga qaraganda kam, lekin tezkorlik bo‘yicha yuqori. OXQ dan o‘qilgan yacheykadagi ma’lumotlar o‘zgarmaydi va takroriy o‘qilishi mumkin. Xonaga yozishda kod o‘chiriladi va uning o‘rniga yangi kod (son yoki buyruq) yoziladi. Asosiy xotiraning hajmi saqlanadigan so‘zlarning miqdori bilan uning tezkorligi esa murojaat etish vaqti bilan, ya’ni kerakli so‘zni yozish va o‘qish davomiyligi orqali aniqlanadi.
Algoritm va unga mos kompyuter dasturining bajaralish jarayoni boshqarish qurilmasining ishlashini ta’minlaydi. Joriy dasturga mos ravishda bu boo‘lama kerakli buyruqni va bu buyruqni bajarilishiga taalluqli bo‘lgan navbatdagi ma’lumotlarni tanlashlarga, AMQ da kerakli amalni bajarilishini va olingan natijani ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha joylashtirishni nazorat qiladi. Dasturning joriy buyruo‘ining bajarilishi jarayonida boshqarish boo‘lamasi buyruqning ishlatilish vaqtida qatnashadigan qurilmalar uchun boshqarish signallari ketma-ketligini shakllantiradi. Agar tashqi qurilmalar bilan o‘zaro aloqa boo‘lash buyruo‘i (tashqi xotiradan ma’lumotlarni yuklash, ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish) bajariladigan bo‘lsa, u holda boshqarish boo‘lama almashish jarayonining mos so‘rovlari va sinxronlash qoidalarini shakllantiradi.
2.1-sxema.Kompyuter tizimining ishlashi.
|
| |