Kompyuterlarning asosiy ko‘rsatkichlari




Download 0,97 Mb.
bet7/9
Sana12.12.2023
Hajmi0,97 Mb.
#116518
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamila word

2.2.Kompyuterlarning asosiy ko‘rsatkichlari


Ish unumdorligi – bu kompyuterning ishlash tezligi ko‘rsatgichidir. Ilgari bu parametr sekundiga bajariladigan operasiyalar (oper/sek.) soni bilan o‘lchangan. Biroq keyinroq turi bo‘yicha turli buyruqlarning turli tezliklarda bajarilishini hisobga olib ish unumdorligini ikki asosiy baholash turlari qabul qilindi. MIPS (Million Instruction Per Second) baholash qayd etilgan vergulli sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. MFLOPS (Million of Floating Point Operation Per Second) baholash suriladigan vergulli (nuqtali) sonlar ustida sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. Ikkinchi baholash ko‘p prosessorli tizimlarning unumdorligini keskin o‘sishiga bog‘liq suriluvchi vergulli sonlar uchun GFLOPS (sekundiga millard operasiyalar) va TFLOPS (sekundiga trillion operasiyalar) variantlarga ega.
Alohida olingan bir kristalli prosessorlar uchun, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarda ish unumdorligi takt chastotasi (kGs, MGs, GGs) orqali baholaniladi. Masalan, 100 MGs takt chastotali prosessor sekundiga 20 millionta oddiy arifmetik operasiyalarning bajarilishini ta’minlaydi. Zamonaviy kompyuterda sig‘imi, o‘qish/yozish vaqti va apparatli ishlatishi bilan farqlanadigan bir necha xotira turlari mavjud. Operativ, eng tezkor ishlaydigan xotira ona platada alohida KIS ko‘rinishida joylashtiriladi va adreslanadigan hotiraning eng tezkor turi hisoblanadi. Uning sio‘imi Kbayt yoki Mbayt (ming va million bayt) larda o‘lchanadi. Qattiq magnit disklardagi (vinchester deyiladigan) saqlovchilar sio‘imi, odatda, gigabaytlarda (milliard bayt) o‘lchanadi. 3,5 dyumli ixcham magnit diskidagi saqlovchining sio‘imi 1,44 Mbaytni tashkil etadi.
Razryadlilik (mashina so‘zining uzunligi) bu kompyuter operasiyalarni amalga oshiriladigan standart mashina formatidagi so‘zni ikkilik sanoq tizimidagi xonalar sonidir. Zamonaviy kompyuterlarda u 32 yoki 64 ikkilik razryadlarni tashkil etadi. So‘zning uzunligi kompyuterning ko‘plab parametrlariga: tezkor ishlashiga, hisoblash aniqligiga, xotiraga o‘qish yoki yozish tezligiga ta’sir etadi. U ayniqsa ko‘paytirish, bo‘lish, darajaga ko‘tarish, ildizdan chiqarish kabi ko‘p vaqt talab qilinadigan operasiyalarni bajarish ishida hisoblash aniqliligini belgilab beradi. O‘tkazuvchanlik qobiliyati tashqi qurilmalar yoki boshqa kompyuterlar bilan axborotlar almashtirishda ma’lumotlarni kiritish va chiqarish kichik tizimlarining xarakteristikalariga kiradi. O‘tkazuvchanlik qobiliyati vaqt birligida uzatiladigan mukammal miqdordagi axborotlar birligi bit bilan o‘lchanadi.

  • Ishlash ishonchliligi quyidagi ko‘rsatgichlar orqali baholanadi:

  • berilgan vaqt mobaynida buzilishsiz ishlash ehtimolligi;

  • birinchi buzilishgacha ishlash vaqti;

  • ish xususiyatini qayta tiklanishining o‘rtacha vaqti.

Texnik parametlari bilan bir qatorda zamonaviy kompyuterlar ularning sifatiga va narxiga ta’sir etadigan funksional imkoniyatlar nuqtai nazaridan baholanadi:

  • axborotlarni kiritish/chiqarish, almashtirish va saqlash tashqi qurilmalarining nomenklaturasi va xarakteristikalari (printerlar, skanerlar);

  • barcha turlardagi xotirada saqlovchi qurilmalarning (OXQ, DXQ, diskli xotira) nomenklaturasi va tezkor ishlashi;

  • tashqi qurilmalar bilan uyo‘unlashtirish (moslashtirish) boo‘lamalarning turlari va o‘tkazish xususiyati;

  • ma’lumotlarga ishlov berish ish tartibi (bir dasturli, ko‘p dasturli, ko‘p foydalanuvchili);

  • foydaniladigan operasion tizimning xarakteristikalari;

  • foydalanuvchi amaliy dasturlarning to‘liqligi;

  • boshqa turdagi kompyuterlar bilan dasturiy moslanuvchanligi;

  • tarmoq yoki hisoblash tizimi tarkibida ishlash imkoniyati.

Mamlakat rivojini zamonaviy kompyuter va texnologiyalarsiz tasavvur qilish mushkul. Ilm-fan taraqqiyoti hamda sohalarning rivojlanishida ular alohida ahamiyat kasb etadi. Kompyuterlar axborotni aniq maqsad yo‘lida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarini tubdan o‘zgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beribgina qolmay, hozirgi kun talabiga mos darajada rivojlanishimiz zarurligi kabi bir qator vazifalarni qo‘ymoqda.
Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi “to compute”, “computer”, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga ko‘chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita boo‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradilar.
XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Kompyuter bu - turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir. 1943-yilda AQSh armiyasi buyurtmasiga ko‘ra, Pensilvaniya universiteti olimlari Djon Mochli va Prespera Ekerta tomonidan elektron lampalar asosida boshqa EHMni yaratgan. Uning nomi ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer - Elektron raqamli integrator va kompyuter) bo‘lib, keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirish uchun qayta dasturlash mumkin bo‘lgan ilk elektron hisoblagich yaratildi. Oo‘irligi 30 tonna, uzunligi 30 metr bo‘lib, tarkibida 18 ming elektrolampalar bor edi. Mashinada 1950-yilda birinchi muvaffaqiyatli raqamli ob-havo prognozi ishlab chiqilgan.
Shaxsiy kompyuter tushunchasi XX asrning 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanilib, ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yilda “IBM” firmasi shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple firmasi esa “Macintosh” kompyuterini yaratishdi. Umuman aytganda, bugungi kunda so‘nggi qulayliklarga asoslangan bunday texnologiyalarning yaratilishi, ilm-fan nufuzini yanada oshirishga, ilmiy salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashga, yosh olimlarni ilm-fanga keng jalb etishga zamin yaratadi. Birinchi kompyuterlar paydo bo‘lganidan beri ancha vaqt o‘tdi va ularning rivojlanishi jarayonida juda ko‘p qiziqarli hodisalar ro‘y berdi. Quyida o‘ayrioddiy va hayratlanarli faktlar bilan tanishishingiz mumkin:
- CD'larning hajmi 720 MBni tashkil qilgan. Bu, albatta, aniq bir sababga ko‘ra o‘ylab topilgan. Aniqroo‘i, ishlab chiquvchilar ushbu qiymat uchun Betxovenning to‘qqizinchi simfoniyasi (72 daqiqa) davomiyligini asos qilib olishgan.
- Birinchi kompyuter virusi 1982-yilda sistemalarni buzish maqsadida Apple tomonidan ishlab chiqilgan.
- 1982-yilda “smaylik“ belgisi ro‘yxatga olingan, u aloqa jarayonida tabassumni ifodalash uchun ishlatilgan.
- Internet orqali yuborilgan barcha elektron xabarlarning qariyb 70 foizi spamdir.
- Linux operatsion tizimining kompaniya belgisi - pingvin. Chunki bu sistemani yaratuvchi shaxsni yoshligida zooparkda pingvin tishlab olgan.
- Kompyuterda "con" nomi bilan papka yaratish mumkin emas
- Faqat MDH davlatlarida @ bu belgi "kuchukcha" deb nomlanadi. Boshqa mamalakatlarda esa bu belgini "shilliq qurt" yoki "maymuncha" deb nomlashadi.
- Shvetsariyada katta hajmli ma’lumotlar saqlanuvchi server markazlaridan chiqqan issiqlik sabab kichik ko‘ldagi suv iliq turadi.
- 1981-yilda yaratilgan kompyuter 12 kilogramm tosh bosgan. Uning monitor ekrani esa atigi 5 dyum bo‘lgan
- Barcha eski domen zonalarida uch harfli bo‘sh domenlarni topish imkonsiz
- Statistikaga ko‘ra, aksariyat kompyuterlar o‘z imkoniyatlarining yarmidan foydalanadi, xolos.
- Klaviaturaga suyuqlik to‘kilishi kompyuter buzilishining eng ko‘p uchraydigan sababi hisoblanadi. Ikkinchi asosiy sabab esa elektr energiyasidagi uzilishlar bilan boo‘liq.




Download 0,97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterlarning asosiy ko‘rsatkichlari

Download 0,97 Mb.