2015-yilda yalpi ichki mahsulot o„sishining yarmidan ko„pi xizmat




Download 436.46 Kb.
bet1/23
Sana28.04.2023
Hajmi436.46 Kb.
#54586
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
MEHMONXONA
Tadqiqot metodologiyasi-fayllar.org 2

Butun dunyodagi katta shaharlarda ulkan mehmonxonalar mavjud. O‟zbekiston ham bunda orqada emas. Hozirgi kunda dunyo mehmonxona tizimi O‟zbekistonning mehmonxona bozorini aktiv holatda egallamoqda. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov 2015 yil yakunlari bo‟yicha Vazirlar Mahkamasi yig‟ilishidagi ma‟ruzasida quyidagilarni ta‟kidladi. “Joriy yilda yalpi ichki mahsulotning o„sish sur‟atlari 7,8 foizdan iborat bo„lishini ta‟minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo„jaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar ko„rsatish hajmini 17,4 foizga ko„paytirish vazifasi qo„yilmoqda”. Inflatsiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real daromadlarini 9,5 foizga, o„rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko„zda tutilmoqda. Ayni paytda inflyastiya darajasi 5,5 – 6,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
2015-yilda yalpi ichki mahsulot o„sishining yarmidan ko„pi xizmat
ko„rsatish sohasi hissasiga to„g„ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o„rni va ta‟siri naqadar katta ekanini ko„rsatadi. Bugungi kunda xizmat ko„rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010-yildagi 49 foizdan 54,5 foizga yetdi. Jami band aholining yarmidan ko„pi ushbu sohada mehnat qilmoqda1 - deb ta‟kidlagan nutqlaridan ma‟lumki, xizmat ko‟rsatish sohalaridan biri bo‟lgan turizm sohasini rivojlantirishda sifatli xizmat ko‟rsatishni amalga oshirish ham nazarda tutilgan.
Hozirgi paytda respublikamizda turizmning asosiy tarmoqlaridan biri
bo‟lgan mehmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona
1Manba: O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo„ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‟ruzasi Xalq so‟zi 16-yanvar 2016-yil.

industriyalarining o‟rni alohidadir. Mehmonxona faoliyati bilan shug‟ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, yangi informatsion texnologiyalarni o‟rgatishdan iboratdir.
G„arb davlatlarida mehmonxona xo„jaliklarini boshqarish bo„yicha ko„p yillik tajriba yig„ilgan. Mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij
tajribasini o„rganish shubxasiz, mehmonlarga xizmat ko„rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o„ynaydi. Ammo O„zbekistondagi turizm sanoati o„ziga xos sharoitlarda faoliyat ko„rsatayotganligini etiborga olish kerak.
Hozirgi kunga kelib, O‟zbekistonda bir qancha jahon andozalari talablariga
javob beradigan mehmonxonalar qurildi. Mehmonxonalarni yangilash uchun juda katta investitsiyalar yo‟naltirilgan, yangi qurilishlar qurilgan, so‟nggi zamonaviy texnologiyalar kiritilgan, yangi xizmatlar ishlab chiqilgan. Shuni ta‟kidlash lozimki, mehmonxonalarning birlashish tendensiyalari asosan AQSHga to‟g‟ri keladi2. Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasidagi 30 foiz mehmonxonalar birlashgan hisoblanadi. Qolgan mehmonxonalar mustaqil ravishda ish olib borishadi.
Agar mehmonxona tarmoqlarining regionlardagi mehmonxona biznesiga ta‟siri haqida gapiradigan bo‟lsak, uning qonuniyligi, afzalligi hamda bozordagi kamchiliklarini ajratish mumkin. Ko‟pgina mehmonxona tarmoqlari
korporatsiyalar tomonidan taqdim qilinganidek, AQSHda ularning shtab kvartiralari bo‟lib bu mamlakatning mehmonxona biznesiga ta‟siri va ishtiroki to‟laligicha:
  • mehmonxona tarmoqlari standart xizmat ko‟rsatish xalqaro bo‟lishini aytib turadi;
  • bu tarmoqlar juda katta ish tajribasiga ega bo‟lib, ular mahalliy korxonalarga raqobatchi bo‟lishi mumkin;
  • regionlardagi iqtisoqiyotni rivojlantiradi;
  • shu joydagi xodimlarni o‟qitish va tayyorlash xizmatlarini amalga oshiradi;

  • 2 http: kun.uz 2014.01.29. uzbektourism

4

Download 436.46 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 436.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2015-yilda yalpi ichki mahsulot o„sishining yarmidan ko„pi xizmat

Download 436.46 Kb.