• II- bob. O‟zbekistonda mehmonxona xo‟jaligi rivojlanish holatining iqtisodiy tahlili 2.1. O‟zbekistonda mehmonxona xo‟jaligi rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy asoslarini tahlil etish
  • 2015-yilda yalpi ichki mahsulot o„sishining yarmidan ko„pi xizmat




    Download 436.46 Kb.
    bet9/23
    Sana28.04.2023
    Hajmi436.46 Kb.
    #54586
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
    Bog'liq
    MEHMONXONA
    Tadqiqot metodologiyasi-fayllar.org 2, chust hunarmandchiligi
    1.3.1-jadval
    Turistlarni qabul qilish bo‟yicha 2020 yillardagi yetakchi mamlakatlar ro‟yxati11.

    Mamlakatlar

    Tashrif
    buyurgan turistlar soni, mln.kishi.

    Jahon
    oqimidagi ulushi, %

    O‟rtacha yillik
    o‟sishi.
    1995-2020 yil,
    %

    Xitoy

    137,1

    8,6

    8,0

    AQSH

    102,4

    6,4

    3,5

    Fransiya

    93,3

    5,8

    1,8

    Ispaniya

    71,0

    4,4

    2,4

    Gonkong

    59,3

    3,7

    7,3

    Italiya

    52,9

    3,3

    2,2

    Buyuk Britaniya

    52,8

    3,3

    3,0

    Meksika

    48,9

    3,1

    3,6

    Rossiya

    47,1

    2,9

    6,7

    Chexiya

    44,1

    2,7

    4,0

    Jami

    708,8

    44,2

    42,5

    Manba:BJTT ma‟lumotlari asosida tayyorlandi. 2016-yil
    Yuqorida keltirilgan ma‟lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, 2020 yilga kelib, turistlar eng ko‟p tashrif buyuradigan davlat Xitoy bo‟lib qoladi. Undan tashqari, Gonkong va Rassiyada ham yuqori o‟sish suratlari kuzatilishi kutilmoqda. Xitoy va Gonkongning umumjahon turistik oqimida 12,3 foizni tashkil qiladi. Ayniqsa, Rossiyada jiddiy o‟zgarishlar prognoz qilinmoqda: 2020 yilda kiruvchi turistlar soni hududdan chetga chiquvchi turistlar sonidan 1,5 marotabaga ortishi kutilmoqda. Yevropa davlatlari orasida yuqori muvaffaqiyatga Chexiya davlati erishishi bashorat qilinmoqda.
    11 Turistlarni qabul qilish bo‟yicha 2020 yillardagi yetakchi mamlakatlar ro‟yxati. BJTT ma‟lumotlari. 2016-yil
    II- bob. O‟zbekistonda mehmonxona xo‟jaligi rivojlanish holatining iqtisodiy tahlili
    2.1. O‟zbekistonda mehmonxona xo‟jaligi rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy asoslarini tahlil etish
    Yurtimiz hayotida yaqinda chiqqan va hozirda amaliyotda tadbiqini topayotgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‟rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlar to`g‟risida”12 gi qarori turizm xizmat sohasining va shu bilan birga mehmonxonalar rivojlanishiga asos hisoblanadi.
    Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda turizm ko‟pgina rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotining fundamental asosi bo‟lib qolgan davrda, ya‟ni dunyo mamlakatlarida xizmatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-80
    foiz tashkil etganda, bu sohada iqtisodiyotda band bo‟lgan aholining qariyb 70 foiz mehnat qilayotgan va aholining iste‟mol xarajatlari tarkibida bu sohada 60 foizni tashkil etganda vaholang bu ko‟rsatgich bizda 10-15 foizni tashkil etish ajablanarli holdir.
    Turizmni tashkil etish tarkibiy qismlaridan birinchilaridan turistlarni
    mehmonxonalarga joylashtirish va ularga kommunal xizmat ko‟rsatish, hamda ovqatlantirishni tashkillashtirish, davlat xizmatlaridan: bu sohaga kadrlar tayyorlash, turli havo, suv, daryo portlari, madaniy vaqti chog‟liq ishlari, xususiy xizmatlar, turli turistik mollarini ishlab chiqarish, sayohat qilish, xususiy xizmatlar va boshqa tarmoq soxalarini rivojlantirish asosiy ishlardan hisoblanadi va bularning natijasida mamlakatimizda valyuta almashtirish, aholining turli xizmat sohalarida bandligi, turli investitsiyalar jalb etilishi va natijada davlat daromadi ko‟payib, milliy boyligi ortishi ko‟zda tutiladi.
    O„zbekiston yangi XXI asrga shaxdam qadamlar bilan kirib keldi. XXI asr turizm va sayyohlik asri bo„ladi deb bashorat qilinmoqda. XXI asrda turizm
    12 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlar to`g‟risida”12gi qarori. Xalq so‟zi.
    o„zining salmoqli hissasi bilan respublika budjetida valyuta tushumini ta‟minlaydi. Bunga respublikamizda har tomonlama imkoniyatlar va asoslar yetarli. Faqat zamonaviy turizmni rivojlantirish strategiyasini hayotga tatbiq etib, turizm sohasini yuqori pog„onalarga ko„tarish imkoniyatini yaratishimiz kerak. O„zbekistonda turizm yangi soha hisoblanmaydi, bu soha qadimdan mavjud bo‟lgan, faqat bizning oldimizda turgan vazifa turizmni yangicha strategiya asosida rivojlantirish va istiqbolini belgilashdir. Bu yutuqlarga erishish uchun, oldimizda turgan qator muammo va kamchiliklarni aniqlashimiz va hal qilishimiz zarur. Buning uchun bizga turizm korxonalarini, shu jumladan, mehmonxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish juda kata yordam beradi. Mehmonxona – kechayu-kunduz, uch smenada, yigirma to‟rt soat davomida murakkab texnologik jarayonlar sodir bo‟luvchi korxona bo‟lib, u yerda taklif etiladigan xizmatlar turistlar uchun eng avvalo qulay va xavfsiz bo„lishi kerak13. Mehmonxona individual va jamoaviy joylashtirish vositasi sifatida jihozlangan aniq nomerlar soniga hamda kategoriyasiga qarab xizmatlar yig„indisini taklif qiluvchi korxona hisoblanadi.
    Jahon amaliyotida mehmonxona biznesining hozirgi rivojlanish holati mazkur xizmat bozoridagi narx yaratish strategiyasidan kelib chiqib turistlarga ko„p variantli servisni taklif qilmoqda. Mehmonxona rahbariyati raqobatbardosh
    xizmatlar taklif etish maqsadida nomerlardagi shinamlik va qulaylik darajasini, xizmat ko„rsatish saviyasini oshirib, o„z xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirib borishni yo„lga qo„ygan.
    O„zbekistonda mehmonxona biznesining rivojlanishidagi asosiy elementlar
    sifatida mehmonxona ixtisoslashuvining chuqurlashishi, xalqaro mehmonxona tarmoqlarining tashkil topishi, mehmonxona biznesiga zamonaviy kompyuter texnologiyalarining kirib kelishi va ulardan samarali foydalanishning yo„lga qo„yilganligi kabi bir qator omillarni keltirib o„tish mumkin.
    Shu o„rinda, ta‟kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda mehmonxona biznesi bilan shug„ullanish niyatida yurgan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar
    13 Aliyeva M.T., “Mehmonxona menejmenti”.-T:. TDIU 2013.
    yaratilgan. Sohani rivojlantirishga qaratilgan qonun osti hujjatlari ishlab chiqilgan va bu ish hozirda ham davom ettirilmoqda. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2-mart “Toshkent shahrida xalqaro klassdagi 4 yulduzli mehmonxona qurilishi samaradorligini oshirish bo‟yicha qo„shimcha chora tadbirlar to„g„risida” gi, 2014 yil 2-sentyabr “O„zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida” gi qarorlari shular jumlasidandir.
    Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 13 martdagi 60-sonli “Turizm faoliyatini amalga oshirish va litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari
    to„g„risida” gi qabul qilingan qarori mehmonxona biznesi bilan shug„ullanuvchi, ya‟ni “mehmonxona xizmatlari ko„rsatishni mo„ljallayotgan oilaviy korxonalar” ga juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi, desak to„g„ri bo„ladi. Unga ko‟ra “Faqat mehmonxona xizmatlari ko‟rsatishni mo„ljallayotgan oilaviy korxonalar oilaviy korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilanganga teng bo‟lgan ustav fondiga ega bo„lishlari kerak”14. Shuni faxr bilan e‟tirof qilish kerakki, o„tgan yilning o„zida Italiya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Tailand kabi xorijiy mamlakatlardan 7 ming nafar, MDH davlatlaridan 2 ming nafar, O„zbekistonning turli viloyatlaridan 4 ming 500 nafar mehmon qabul qilingan. Eng asosiysi, ularga yuqori darajada mehmonxona xizmati ko„rsatishga erishildi.
    Butunjahon turizm tashkiloti ma‟lumotlariga ko„ra, dunyo xizmatlar
    bozorida sayyohlik sohasi yetakchi o„rinlardan birini egallar ekan. Ushbu asrda sayyoramiz bo„yicha sayyohlar soni qariyb uch baravarga oshib, 1,6 milliard
    kishiga yetadi, bir sayyoh sarflaydigan mablag„ esa ikki barobarga ortadi. Masalan, 1995 yilda bir kishi ushbu maqsad uchun o„rtacha 707 AQSH dollari sarflagan bo„lsa, 2020 yilga borib, bu ko„rsatkich 1248 dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Bu faktlarning o„zidan ham turizmning davlatlar iqtisodiyotidagi o„rni va ahamiyatini anglash qiyin emas. Shu ma‟noda sohaga davlatimiz miqyosida qaratilayotgan
    14 O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2014 yil 13 martdagi 60-sonli “Turizm faoliyatini amalga oshirish va litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida” gi qarori.
    e‟tibor respublikamizda turizmning yaqin istiqbolidan dalolatdir. Republikamizda chet davlatlardan kelgan mehmonlar millati bo‟yicha segmentatsiyasini (2.1.1- diagrammada) ko‟rib chiqamiz.

    Download 436.46 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




    Download 436.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2015-yilda yalpi ichki mahsulot o„sishining yarmidan ko„pi xizmat

    Download 436.46 Kb.