Mehmonxona xo‟jaligida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etishning xorij tajribasi




Download 436.46 Kb.
bet8/23
Sana28.04.2023
Hajmi436.46 Kb.
#54586
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
MEHMONXONA
Tadqiqot metodologiyasi-fayllar.org 2, chust hunarmandchiligi
1.3. Mehmonxona xo‟jaligida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etishning xorij tajribasi
Mehmondo‟stlik korxonalari ixtisoslashuvining chuqurlashishi xalqaro tarmoqlarning tashkil topishi bilan ham bog‟liq. Bunday tarmoqlar xizmat ko‟rsatishning yuksak andozalarini ishlab chiqish va amalga joriy etishda katta rol o‟ynaydi. Tarmoq deganda odatda jamoaviy biznes bilan shug‟ullanadigan va tarmoq raxbariyatining bevosita nazorat ostida faoliyat ko‟rsatadigan korxonalar guruhi tushuniladi. Tarmoq o‟z binolariga ega bo‟lishi yoki ularni ijaraga olishi mumkin. Tarmoq raxbariyati olingan daromadni taqsimlashda muayyan imtiyozlarga ega bo‟ladi, biroq, ayni vaqtda, har qanday (shu jumladan moliyaviy) operatsiyalarni amalga oshirish chog‟ida ko‟rilishi mumkin bo‟lgan barcha zararlar uchun javob beradi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshqaruv tamoyillarida “korporativ boshqaruv” tushunchasiga kompaniya ma‟muriyati, uning boshqaruvi, aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslari orasidagi munosabatlar majmuasi deb ta‟rif berilgan.
Boshqa ta‟riflarga binoan, korporativ boshqaruv bu:
  • kompaniya faoliyati samaradorligini ta‟minlash va mulkdorlar hamda boshqa manfaatdor shaxslar (kompaniya xodimlari, kreditorlar, hamkor korxonalar) manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‟yicha kompaniya

  • menejerlari va egalari o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlar tizimi;
  • korporativ mulkning egalari nazoratidan bevosita uzoqlashtirilishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan barcha qonunlar, me‟yorlar, nizomlar, tadbirlar va tartiblar;
  • kompaniyani samarali boshqarishni tashkil qilishda asosiy manfaatdor shaxslarning manfaatlarini birlashtirishni amalga oshiriluvchi tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasi.

  • 90-yillarning o‟rtalariga kelib butun jahon mehmonxona fondining 30 foizdan ko‟prog‟ini yirik mehmonxona birlashmalari va tarmoqlari o‟z nazorati
    ostiga oldi. Boshqa aksariyat tendensiyalar singari, mehmonxona tarmoqlarining

tashkil topishiga ham AQSH da asos solindi. 90-yillarning boshiga kelib, AQSH mehmonxona tarmoqlari jahonda yetakchi mavqeni qo‟lga kiritdi. Ular jahonning o‟nta yetakchi mehmonxona tarmoqlari qatoridan Yevropaning Travelodge International va Master Hosts International tarmoqlarini siqib chiqardi. Xozirda bu o‟nlikda Yevropaning atigi ikkita mehmonxonalar tarmog‟i – Accor (Fransiya) va Forte PLC ( Buyuk Britaniya ) qolgan10. Mehmonxona birlashmalarining nufuzi va istiqbollari. Hozirda dunyoda global iqtisodiy jarayon ya‟ni Yevropa ittifoqi, AQSH va Meksika o‟rtasida imzolangan erkin savdo haqidagi shartnomaning katta ittifoqlarga ajralishi jarayoni bormoqda. Yevropa Ittifoqi nafaqat milliy savdoni cheklaydigan balki mehnatni va kapitalni ko‟chirishni bekor qiladigan ittifoq hisoblanadi. Sanoat, savdo sotiq va turistik aloqalarning rivojlanishi bilan bir qatorda mehmonxona xizmatiga bo‟lgan ehtiyoj ham o‟sib bormoqda. Shimoliy Amerikaning Nafta shartnomasi 3ta mamlakat (AQSH, Kanada va Meksika) o‟rtasidagi savdo va turistlar almashinuvining o‟sishiga o‟xshab mehmonxona biznesining rivojlanishini ham tezlashtiradi. Bundan tashqari Argentina, Braziliya, Chili, va Venesuella ham ikkita Amerikaning Savdo Ittifoqi deb nomlanadigan ushbu ittifoqqa qo‟shilishlari mumkin.
Xalqaro savdo va turizmda zamonaviy tendensiyalarning rivojini hisobga
olib, xalqaro mehmonxona korporatsiyalarini qaysi yo‟nalishida rivojlanishini osongina bilib olish mumkin. Turizm oqimi Tinch okeani mamlakatlarida 2020 yillarga borib rivojlanishi kutilmoqda. Shu bilan birga Indoneziya, Malyziya, Tailand, Vyetnam va Meksikadagi kurort mehmonxonalarni rivojlantirish ham rejalashtirilgan. Mehmonxona sanoatini kelajakdagi rivoji uchun shart sharoit yaratilgan Sharqiy Yevropa, Rossiya va boshqa respublikalar: avval Sovet Ittifoqi tarkibida bo‟lgan mamlakatlar: ularda ayrim mehmonxona kompaniyalari yangi binolar qurishdan ko‟ra eskilarini sotib olish strategiyalarini o‟zgartirishgan.
Osiyodagi Gonkongning tez sur‟atlar bilan rivojlanishi uning atrofidagi qo‟shni davlatlarning iqtisodiyoti va soliq tizimini rag‟batlantirdi, bu esa ta‟minotchilarning xayoliga ham kelmagan edi. Kelajakda turistlarni qabul qilish
10 Чудновский А.Д. “Туризм и госиничное хозяйство” М.: ЮРКИНГА. 2013
bo‟yicha 2020 yillardagi yetakchilik qilayotgan mamlakatlar ro‟yxatini 1.3.1- jadvalda ko‟rish mumkin.

Download 436.46 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 436.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehmonxona xo‟jaligida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etishning xorij tajribasi

Download 436.46 Kb.