-jadval Jahon bo‟yicha mehmonxona o‟rinlari soni bilan yetakchilik qilayotgan




Download 436.46 Kb.
bet4/23
Sana28.04.2023
Hajmi436.46 Kb.
#54586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
MEHMONXONA
Tadqiqot metodologiyasi-fayllar.org 2, chust hunarmandchiligi
1.1.2-jadval Jahon bo‟yicha mehmonxona o‟rinlari soni bilan yetakchilik qilayotgan
mamlakatlar

T/R

Mamlakat

Hissasi (%)

1

AQSH

24,1

2

Yaponiya

9,0

3

Italiya

5,6

4

Germaniya

5,1

5

Xitoy

4,7

6

Fransiya

3,4

7

Meksika

2,6

8

Kanada

2,1

9

Tailand

1,8

10

Gretsiya

1,8

11

Avstriya

1,8

12

Indoneziya

1,5

13

Avstraliya

1,1

14

Rossiya

1,0

15

Turkiya

1,0

16

Argentina

1,0

Manba: BJTT ma‟lumotlari asosida tayyorlandi. 2015 yil.
Yuqoridagi, ma‟lumotlardan ko‟rinib turibdiki jahon bo‟yicha mehmonxonalarning o‟rinlari bilan yetakchilik qilayotgan mamlakat bu- AQSH hisoblanadi.
Inson sayohat qilishni boshlagandan buyon uydan tashqarida qayerda bo‟lishidan qa‟tiy nazar, boshpana va ovqatlanishga ehtiyoj sezadi. Bunday
talablarni qondirish uchun keyinchalik turistik korxona va tashkilotlar paydo bo‟ldi.
Mehmonxona industriyasi tarixida birinchi “Mehmonxona” so‟zi XVIII asrda paydo bo‟ldi. Fransiyada dastlabki mehmonxonalar “ko‟p xonali bino” deb
atalgan. Undagi xonalar bir oyga, bir xaftaga, hatto bir kunga ijaraga berilgan. Tez orada bu atama Amerikada ham keng tarqalgan. U yerda ko‟pchilik tavernlar tezda “mehmonxona” deb atala boshlangan. Bu egalarning fikricha, ularga yevropacha (fransuzcha) ko‟rk bag‟ishlagan. AQSH mehmonxonalarni texnik jihatdan jihozlash sohasida ko‟pchilik yangiliklarning vatani deb hisoblanadi. Mehmonxonalarga bo‟lgan ehtiyoj bu mamlakatda emigrantlar, yani boshqa mamlakatlardan doimiy yashash uchun kelgan aholining bir to‟plami to‟xtovsiz oqib kelishi bois juda katta bo‟lgan. Ularni vaqtincha joylashishga zarurat sezgani tufayli mehmonxona biznesining gurkirab rivojlanishiga, unga talabni keskin oshishiga imkon yaratgan. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
1992 yil “Tur industriyaning jahon bozoriga chiqishiga va
turizm infratuzilmasining rivojlantirish haqida”4 gi farmoni tarmoqlarda tubdan
o‟zgartirish kiritishga yo‟l ochib berdi.
Turizmni rivojlantirish davlat dasturida turizm milliy madaniyati va iqtisodiyotni rivonlanishiga asosiy omil bo‟lib u turistik faoliyat uchun zarur shart- sharoitlar yaratib berishi ko‟rsatildi. Turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo‟nalishi quyidagicha:
  • respublikaning iqtisodiy tarmoqlarning ustuvorligi kabi turizmni rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish;

  • 4 O„zbekiston Respublikasining “Turizm to„g„risida”gi qonuni 1999 yil 20 avgust
  • turistik faoliyatda mumkin qadar qulaylik yaratish rejimini kafolatlash;
  • turizm sohasida me‟yoriy va huquqiy bazalarni yaratish;
  • turistik faoliyatni amalga oshirish uchun bir teng sharoitlar bilan taminlash;
  • turizmda raqobatbardoshlikni rivojlantirishga ko‟maklashish;
  • noyob turistik potensial imkoniyatlarni yaratish va keng targ‟ibotni tashkil qilish.

  • Respublika hukumati turistik tarmoqlarda xususiylashtirish faoliyatlariga
    turli rag‟batlantirishlarni yo‟lga qo‟ymoqda. Undan tashqari turizm industriyasidagi chet el invistitsiyalariga afzalliklar yaratilgan. Misol uchun chet el
    invistitsiyalariga imtiyozlar belgilangan va bu O‟zbekiston Respublikasining soliq qonunlariga bayon etilgan. Bundan tashqari “2015 yilga qadar Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, turistik xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va yo'nalishlarni kengaytirishga qaratilgan dastur”5 qabul qilingan bo'lib, ushbu dasturga muvofiq quyidagi masalalar ko'rib chiqilgan:
  • Davlat ahamiyatiga ega bo‟lgan ko‟pgina davlat invistitsiyalari hukumat tomonidan kafolatlanadi. Bu turizm muhitidagi barcha tarmoqlarda tadbirkorlikni iqtisodiy rag‟batlantirishning eng kuchli tayanchi hisoblanadi.
  • Toshkent, Xiva, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi turistik tashkilotlar uch

  • yil muddatdan oshmagan holda dastlabki foyda olguncha barcha turdagi soliq to‟lovlaridan ozod etiladi.
    Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi
    narx-navoga qarab ko„p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili (OAV) ommaviy axborot vositalari ko„p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma‟lumot beradi.
    Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi mavjud bo„lgan:
    - jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar;
    5 "2015 yilga qadar Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, turistik xizmat ko'rsatish sifatini oshirish

va yo'nalishlarni kengaytirishga qaratilgan dastur" 2010 yil.
mehmonxonalarga bo„linadi.
- aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar.
Vaqtini yo„lda o„tkazishga majbur bo‟lgan odamlarda tanlash imkoniyati bo„lmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub bo„lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, kempinglar va hokazolar taklif qilinadi. Har bir odam o„z didi va puliga qarab o‟zi uchun ma‟qul variantni tanlash imkoniyatiga ega.
O„zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo„shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bo‟lgan tijoratchilarga katta
imkoniyatlar yaratmoqda. O„zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil
Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat
etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo„qolib bormoqda. O„zbekiston
ko„rsatish
saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko„rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar.
Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek vaqti- vaqti bilan mehmonxona xizmati yangidan-yangi turlarining paydo bo„lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo„yadi. Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig„imiga, qavatlariga, konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar, kurort), ular nima maqsadga mo„ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta‟minlanganligiga, narx-navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga,
binoning memorlik-tarix tuzilishiga va shu kabilarga ta‟sir ko„rsatadi. Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig„imi, necha qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.
Ma‟lum joy hududida joylashishiga qarab mehmonxonalar:
  • shaharda (shahar markazida, shahar chekkasida) joylashgan mehmonxonalarga;
  • qishloqda (shu jumladan baland tog„ hududidagi qishloqda) joylashgan

Nomerlar fondining sig„imi. Mehmonxona sig„imi doimiy uxlash joylarining miqdori bilan belgilanadi. Mehmonxonalar sig„imiga qarab turli mamlakatlarda har xil tasniflanadi. Masalan, Shveysariya va Avstriyada 100 tadan kam joyga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 100-200 ta joyga ega mehmonxonalar o„rtacha mehmonxona, 200 tadan ortiq joyga ega mehmonxonalar yirik mehmonxona;
Chexiyada 120 tadan kam joyga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona,
500 tagacha joyga ega mehmonxonalar o„rtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq joyga ega mehmonxonalar katta mehmonxona;
AQShda 100 tadan kam nomerga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 500 tagacha nomerga ega mehmonxonalar o„rtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq nomerga ega mehmonxonalar yirik mehmonxona hisoblanadi6.
Bizning mamlakatimizda mehmonxonalar sig„imiga qarab rasman tasniflanmaydi, shu bois ularni quyidagi guruhlash taklif etiladi:
150 tagacha joyga (100 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar kichik mehmonxona;
150-400 ta joyga (300 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar o„rtacha mehmonxona;
400 tadan ortiq joyga (300 tadan ortiq nomerga) ega mehmonxonalar katta mehmonxona hisoblanadi.
Jahon mehmonxona nomerlari fondi asosan kichik va o„rtacha mehmonxonalarda joylashgan.
So„nggi vaqtda turizmning jiddiy o„sishi munosabati bilan hamda iqtisodiy shart-sharoitlarga ko„ra ayrim yangi mehmonxonalar sig„imining kattalashishi qayd etilmoqda. Katta sig„imli mehmonxonalarning qurilishi eng avvalo iqtisodiy manfaatlar bilan belgilanadi. Agar mehmonxona sig„imi katta bo‟lsa, nisbatan
kuchli va zamonaviy texnologik va muhandislik uskunalarini qo„llash maqsadga muvofiq bo„ladi, ishchi maydonning umumiy maydonga nisbati ortadi, yordamchi
6 Филлиповский Е.Е., Шмарова Л.В Экономика и организация гостиничного хозяйства. Учебное.пособие.- М.: ФиС, 2014.
14
maydon, shuningdek koridorlar, xollar, yo„laklar maydoni bevosita mehmonlar ixtiyoriga beriladigan maydonga nisbatan qisqaradi, bu esa umumiy qurilish harajatlarining qisqarishiga olib keladi.
Masalan, mehmonxonalarni loyihalash bilan shug‟ullanuvchi me‟morlarning hisob-kitoblariga qaraganda, shinamligi bir xil bo„lgan mehmonxonalarda ularning
sig„imi 3,3 baravar (132 joydan 440 joyga) ko‟paytirilsa, har bir mehmonxona joyi uchun qurilish harajatlari taxminan 27 foizga kamayadi, nomerlar miqdori 100 tadan 400 taga (ya‟ni 4 baravar) ko‟paytirilsa, bu oshxona maydonini faqat 2 baravar, yordamchi xonalar maydonini esa atigi 50 foizga kattalashtirishni taqozo etadi. Katta mehmonxonalarda xizmat ko‟rsatuvchi xodimlar mehnatidan nisbatan oqilona foydalaniladi;
mehmonxona ma‟murlari, shu jumladan katta haq to„lanadigan ma‟murlar soni ham qisqaradi;
korxona harajatlarini kamaytirgan holda, mijozlarga ko„rsatiladigan xizmatlar sonini oshirish mumkin bo„ladi.
Ayni vaqtda, mehmonxonalar qurish va ulardan foydalanish sohasidagi milliy va xorijiy mutaxassislar mehmonxonalar sig„imini oqilona chegaragacha oshirish kerak, aks holda ularni boshqarish juda qiyinlashishi mumkinligini qayd
etmoqdalar7. Asosan 2000 ta joy mana shunday chegara deb hisoblanadi. Katta sig„imli mehmonxona qurish talab etilgan hollarda odatda mehmonxona komplekslari qurishga o„tiladi.
Asosiy (nomerlar fondida ko„rsatiladigan) pullik xizmatlarga belgilangan narx-navo darajasiga qarab, mehmonxonalar:
  • byudjet mehmonxonalariga (25-35 AQSH dollari);
  • iqtisodiy mehmonxonalarga (35-55 AQSH dollari);
  • o„rtacha mehmonxonalarga (55-95 AQSH dollari);
  • birinchi toifali mehmonxonalarga (95-195 AQSH dollari);
  • apart-otellarga (65-125 AQSH dollari);

  • 7 Филлиповский Е.Е., Шмарова Л.В Экономика и организация гостиничного хозяйства. Учебное.пособие.- М.: ФиС, 2015.
  • lyuks-otellarga (125-525 AQSH dollari) bo„linadi. Mijozlarning yashash muddatiga qarab:
  • uzoq muddat yashashga mo„ljallangan;
  • qisqa vaqt yashashga mo„ljallangan mehmonxonalar farqlanadi. Yil davomida faoliyat ko„rsatish muddatiga qarab:
  • yillik (butun yil mobaynida ishlaydigan) mehmonxonalar;
  • mavsumiy (yozda, qishda ishlaydigan) mehmonxonalar farqlanadi. Mehmonxonalarda yashovchilarni ovqatlantirish usuliga qarab:
  • to„liq pansion bilan ta‟minlovchi mehmonxonalar;
  • faqat nonushta beradigan mehmonxonalar;
  • ovqatlanishni taklif qilmaydigan (qoida tariqasida, o„z gastronomik ishlab chiqarishi, ya‟ni restorani yoki boshqa korxonasi yo„qligi tufayli) mehmonxonalar farqlanadi.


  • Download 436.46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 436.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval Jahon bo‟yicha mehmonxona o‟rinlari soni bilan yetakchilik qilayotgan

Download 436.46 Kb.