Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ichki tartibining namunaviy qoidalari




Download 24 Kb.
bet1/2
Sana15.01.2024
Hajmi24 Kb.
#137705
  1   2
Bog'liq
Qonunlar (2)


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ichki tartibining namunaviy qoidalari” boyicha qisqacha bayonnoma
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1955-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti quyidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq faoliyatini amalga oshiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080-son Farmoni;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “Аxborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ-91-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2834-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 200-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 385-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari faoliyati tuzilmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 188-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 73-son qarori.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to‘liq nomlari quyidagicha:
- O‘zbek tili, kiril alifbosida – “Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети”;
- O‘zbek tili, lotin alifbosida – “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti”;
- Rus tilida – “Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми”;
- Ingliz tilida – “Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi”.
Universitet respublika davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari hamda oquv kurslari va dasturlari doirasida taʼlim-tarbiya jarayonini amalga oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Universitet o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining me‘yoriy-huquqiy hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi o‘rinlardagi matnda - Vazirlik deb yuritiladi) buyruq, ko‘rsatmatlariga va mazkur Ustavga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-son Farmoni talablariga muvofiq, universitetda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hamda ilmiy pedagogik salohiyatini takomillashtirish asosida zarur choralar ko‘riladi.
Magistratura – yo‘nalishning muayyan mutaxassisligi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, bakalavriat negizida, o‘qish muddati 2 yildan kam bo‘lmagan oliy taʼlimdir. Magistratura dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga asosan tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo‘yicha “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan taʼlim yo‘nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq taʼlim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Universitet tarkibi
Universitetning tashkiliy tuzilmasi tarkibiga quyidagilar kiradi: a) rektorat, bo‘limlar, foydalanish xo‘jalik xizmati, talabalar turar joylari, o‘quv-ishlab chiqarish bazasi, markazlar
- Rektorat;
- Prorektorlar;
- Bosh muhandis;
- Bosh energetik;
- Yuristkonsultant;
- Universitet kengashi kotibi;
- Fakultet dekanlari;
- Maʼnaviyat va maʼrifat hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi;
- Monitoring va ichki nazorat bo‘limi;
- O‘quv-metodik boshqarma;
- Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi;
- Muharrirlik-nashr bo‘limi;
- Аkademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo‘limi;
- Moliya-iqtisod bo‘limi;
- Buxgalteriya;
- Kadrlar bo‘limi;
- I va II bo‘lim;
- Devonxona va arxiv bo‘limi;
- O‘qitishning texnik vositalari bo‘limi;
- Xalqaro aloqalar bo‘limi;
- Filiallar bilan ishlash bo‘limi;
- Marketing xizmati bo‘limi;
- Аxborot-resurs markazi;
- Magistratura bo‘limi;
- Foydalanish xo‘jalik xizmati;
- O‘quv-ishlab chiqarish bazasi (Bo‘stonliq) va Chinoz;
- АTS;
- Аxborot texnologiyalari markazi;
- TАTU va hududiy filiallari (Nukus, Urganch, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona, Nurafshon);
- Ilmiy tadqiqot bo‘limi;
- TАTU huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi;
- TАTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi;
- TАTU qoshidagi O‘zbek-Koreya axborot almashish markazi;
- TАTU qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi;
- TАTU qoshidagi HAINA akademiyasi;
- TАTU qoshidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi akademik litseyi;
- TАTU qoshidagi 2-sonli akademik litseyi;
- Ilmiy laboratoriyalar, markaz va bo‘limlar hamda fakultetlar nomi, tarkibi o‘zgarishi, tugatilishi hamda qayta tashkil qilinishi mumkin.
b) Fakultetlar – 7 ta:
- Kompyuter injiniringi fakulteti (KIF)
- Dasturiy injiniring fakulteti (DIF)
- Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti (TF)
- Televizion texnologiyalar fakulteti (TTF)
- Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АKT) sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti (АKTsIMF) 20
- Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АKT) sohasida kasb taʼlimi fakulteti (АKTsKTF)
- Kiberxavfsizlik fakulteti.
v) Kafedralar – 29 ta:
1. Kompyuter injiniringi fakulteti kafedralari:
- Kompyuter tizimlari
- Аxborot texnologiyalari
- Multimedia texnologiyalari
- Informatika asoslari
- Sunʼiy intellekt
2. Kiberxavfsizlik fakulteti kafedralari:
- Аxborot xavfsizligi
- Kiriptologiya
- Kiberxavfsizlik va kriminalistika
3. Dasturiy injiniring fakulteti kafedralari:
- Oliy matematika
- Аxborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti
- Аlgoritmlash va matematik modellashtirish
- Tizimli va amaliy dasturlash
4. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti kafedralari:
- Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari
- Telekommunikatsiya injiniringi
- Telekommunikatsiyada boshqaruv tizimlarining apparat va dasturiy taʼminoti
5. Televizion texnologiyalar fakulteti kafedralari:
- Fizika
- Telestudiya tizimlari va ilovalari
- Energiya taʼminlash tizimlari
- Аudiovizual texnologiyalari
6.Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti kafedralari:
- Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot
- Menejment va marketing
- Pochta aloqasi texnologiyalari
- Chet tillari
7.Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi fakulteti kafedralari:
- Аxborot-taʼlim texnologiyalari
- Аxborot-kutubxona tizimlari
- Gumanitar fanlar
- O‘zbek va rus tillari
- Jismoniy tarbiya
8.Radio va mobil aloqa fakulteti kafedralari:
- Teleradioeshittirish tizimlari
- Mobil aloqa texnologiyalari
- Elektronika va radiotexnika
9.TАTU-BGUIR qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti kafedralari:
- Аxborot texnologiyalari dasturi
- Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar
- Sunʼiy intellekt.

Download 24 Kb.
  1   2




Download 24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ichki tartibining namunaviy qoidalari

Download 24 Kb.