|
Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy Davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha qisqacha bayonnoma
|
bet | 2/2 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 24 Kb. | | #137705 |
Bog'liq Qonunlar (2)Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy Davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha qisqacha bayonnoma.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 23-son, 267-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi. Yakuniy davlat attestatsiyasi taʼlim yo‘nalishi (mutaxassisligi) o‘quv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi attestatsiya sinovlaridan iborat:
- xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga asosan o‘tkazilishi mumkin);
- taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo (umumkasbiy va ixtisoslik) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;
- diplom loyihasi himoyasi;
- bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.
Xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanning davlat taʼlim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Taʼlim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur taʼlim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha malaka talablarida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Yakuniy davlat attestatsiyasini ixtisoslik fanlaridan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi yoki diplom loyihasi himoyasi yoxud bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi shaklida o‘tkazilishi bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va taʼlim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasiga oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga asosan xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi qo‘shimcha sifatida kiritilishi mumkin. Oliy taʼlim muassasasi Kengashining qarori bilan bitiruvchi uchun belgilangan yakuniy davlat attestatsiyasining shakli bir o‘quv yili davomida o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan muddatlarda fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim (boshqarma) tomonidan tayyorlangan, oliy taʼlim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlangan Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jadvali asosida o‘tkaziladi. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan yetakchi professor-o‘qituvchilarni jalb etgan holda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari hamda baholash mezonlari ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy taʼlim muassasasi bilan kelishgan holda oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va talabalar eʼtiboriga yetkaziladi. Oliy taʼlim muassasasida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan raislar rahbarligida oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) buyrug‘i bilan xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga asosan) va taʼlim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoki ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.
Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi. Zaruriyat bo‘lganda attestatsiya sinovlarining biri bo‘yicha bitta rais rahbarligida bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Oliy taʼlim muassasalarining davlat attestatsiyasidan o‘tmagan yo‘nalish va mutaxassislik bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy taʼlim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etiladigan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va aʼzolarining vazifalari, bitiruvchilarga qo‘yilayotgan talablar, tartib-intizom to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki og‘zaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarori asosida taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy oldin talabalar eʼtiboriga yetkaziladi. Talabalar sinov o‘tkaziladigan fanlar dasturlari bilan taʼminlanadilar, ularga tayyorgarlik ko‘rish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda, rais ishtirok etmagan taqdirda rais o‘rinbosari raisligida o‘tkaziladi. Diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi ishlab chiqarish bazasida tashkil etilgan kafedra filiallarida sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda o‘tkazilishi mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni rasmiylashtirilgandan so‘ng shu kunning o‘zida eʼlon qilinadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlarida mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiatga) yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holat aniqlanganda davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiya sinovidan qoniqarsiz baho qo‘yiladi yoki qo‘yilgan ijobiy baho bekor qilinadi. Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng unga muvofiq darajadagi oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi beriladi. Fanlar dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va o‘quv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi bo‘yicha 90 ball va undan yuqori (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 balldan (5 baholik tizimda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 4 bahodan (yaxshi) kam bo‘lmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘yicha kamida 90 ball (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan o‘ta olmagan shaxs o‘qish muddati tugagandan so‘ng, arizasiga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega. Bunda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini qayta topshirishga qo‘yish bo‘yicha buyruq chiqarishi lozim. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan qayta o‘ta olmagan talabaga akademik maʼlumotnoma beriladi va u o‘rnatilgan tartibda, to‘lov-kontrakt asosida tegishli kursga o‘qish uchun qayta tiklanishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy Davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha qisqacha bayonnoma
|