|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafedrasi
|
Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 17,35 Kb. | | #156492 |
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYLAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
“Raqamli qurilmalarni loyihalash”
Fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Raqamli hisoblash texnikasida “VA”, “YoKI”, “INKOR” elementlari
Guruh: 715-21
Bajardi:G’aniyeva Muqaddamxon
Tekshirdi: ISMOILOV M. M.
Farg‘ona – 2023
Reja
1. Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
2.”VA”,”Yoki”elementlari
3.”Inkor’’ elementi
Kirish
Raqamli hisoblash mashinasi — amallar raqamli kodpar yordamida bajariladigan elektron hisoblash mashinasi. Unda qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish amallaridan tashqari, mantiqiy amallar ham bajariladi. Raqamli hisoblash mashinasi m.da misol yechish uchun, albatta, dastur tuziladi. Mashina amallarni zarur komandalar orqali maʼlum tartibda avtomatik ravishda yechadi. Tuzilgan dastur perforatsion (teshikteshik) lenta, magnit lenta va boshqalarga shartli kod bilan yozilgan holda maxsus (kirituvchi) qurilma yerdamida mashinaga kiritiladi. Umuman Raqamli hisoblash mashinasi m. arifmetik qurilma, xotira qurilmasi, boshqarish qurilmasi va natija chiqaruvchi qurilmadan iborat. Arifmetik qurilma, asosan, qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish va mantiqiy amallarni bajarish uchun, xotira qurilmasi sonlar va komandalarni saklash uchun qoʻllaniladi. Boshqarish qurilmasi mashinaning bir meʼyorda ishlashini taʼminlaydi. Agar mashina notoʻgʻri ishlasa, uni tezda toʻxtatadi, mashina ishini doimo nazorat qilib turadi. Natija chiqaruvchi qurilma olingan natijalarni qogʻozga turli qurilmalar yerdamida qayd qilib boradi. Raqamli hisoblash mashinasi m.da tranzistorlar va integral sxemalar ishlatiladi. Xalq xoʻjaligida Raqamli hisoblash mashinasi m. ilmiytexnik hisoblarni bajarish, maʼlumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash, jarayonlarni avtomatik boshqarish va boshqa uchun qoʻllanadi. 20-asr 60-yillaridan EHM termini racm boʻldi, 90-yillaridan shaxsiy kompyuterlar deb ataluvchi ixcham EHM lar koʻproq qoʻllana boshladi.
Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Axborotni tasvirlash usuliga qarab hisoblash mashinalari 3 turkumga bo'linadi: analog (uzluksiz) hisoblash mashinalari. Ularda axborot uzluksiz o'zgaruvchi bo'lib, biror fizik kattalik (masalan, tok kuchi) bilan ifodalanadi;raqamli hisoblash mashinalari. . Ularda axborot diskret qiymatli o'zgaruvchi(son)lar bilan ifodalanadi. Masalan, elektr impulslari.gibrid hisoblash mashinalari. Ularda axborotni tasvirlashning yuqoridagi har ikki usulidan foydalaniladi.Hisoblash qurilmalari tarixi bir necha asrni o'z ichiga oladi. Quyida bu tarixning eng salmoqli voqealari va uning ishtirokchilari haqida so'z yuritiladi.Eramizning 500 yillari. Cho't (abak) – ipga tortilgan toshchalardan tuzilgan qurilma ixtiro qilindi.Xorazmda 783 yilda tug'ilgan buyuk astronom, matematik va geograf Muhammad ibn Muso al-Horazmiy dunyoga keldi. Al-Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bular arifmetika sohasi bo'yicha "Qo'shish va ayirish haqida qisqacha kitob”, geografiyaga oid ”Kitob surat-ul-arz asari va astronomiyaga oid: "Zij”, "Usturlab bilan ishlash haqida kitob”, "Ustulab yasash haqida kitob”, Ustulab yordamida azimutni aniqlash haqida”, "Kitob ar-ruhoma”, "Kitob at-ta’rix”, "Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” asarlaridir. Al-Xorazmiyning arifmetik rosolasi XII asrda Kastliya (Ispaniya)da lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko'chirilgan yagona nusxasi qo'lyozmasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola "Dixit Algoritmi” iborasi bilan boshlanadi. Asarda Xorazmiy to'qqista hind raqamining sonlarini ifodalashda eng qulayligi va ular yordamida har qanday sonni qisqa, osonlik bilan yozish mumkinligini tushintirgan.Al-Xorazmiy hind raqamlari asosida o'nlik (pozitsiyali) vaziyat tizimida sonlarning qanday yozilishini batafsil, juda tushunarli qilib bayon etgan. Ayniqsa, nol (0) ishlatishning ahamiyati haqida tushuncha berib, nolni yozmaslik natijaning xato chiqishiga olib keladi, degan.Shuni eslatib o'zmoqchimiski, o'sha davrda butun Yevropa davlatlari tizimida faqat murakkab rim raqamlari ishlatilar edi. Al-Xorazmiyning yangi raqamlarni ishlatilishi metemetika, kibernetika kabi fanlarining rivojlanishiga asos bo'ldi, chunki bu yangi ixtiro matematika fanida ilk qadam bo'lib, yevropaliklargina emas, baiki butun jahonda boshqa fanlarni rivojlantirishga birinchi qadam, yo'llanma edi.Xorazmiyning bu arifmetik risolasi XII asrdayoq ilk bor Seviliyalik (Ispaniya) Ioann tomonidan ozgina qo'shimchalar kiritilib nashr qilingan. Keyinchalik Yevropa olimlari Xorazmiyning bu asarini qayta-qayta ishlaganlar, u asosida darsliklar yozgalar. Bu darsliklar "Algoritm kitobi” (Al-Xorazmmiy kitobi) deya nomlangan. Yevropada va boshqa jahon davlatlarida hind raqamlari arablar (Al-Xorazmiy) orqali o'tganliklari uchun, ular "arab raqamlari” deyishadi.
Xorazmiy bu asari haqida shunday yozadi: "Men arifmetikaning oddiy va o'rta murakkab masalalarini o'z ichiga oluvchi "Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni taklif qildim. Chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, adliya ishlarida, savdoda, har qanday bitimlarda va yer o'lchash, turli kanallar o'tkazishda amaliy geometriya va boshqa shunga o'xshash turli ishlarda kishilar uchun bu zarurdir”. "Algoritm kitobi” bilan al-Xorazmiy nafaqat fan tarixidan abadiy o'rin oldi, "Algoritm” iborasi keyinchalik butun hisoblash tizimini avtomatlashtirishga olib keldi. Ya’ni algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir murakkab masalani yechishga qaratilgan ko'rsatmalar (buyruqlar)ning aniq tushunarli, chekli hamda to'liq tizimi tushuniladi. Dastlab algoritm tushunchasi o'nlik sanoq tizimidagi solar ustida turli arifmetik amallar bajarish qoidalarini ifodalagan. Xorazmiyning algebraik risolasining to'liq nomi "Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”. Bu nomdagi "Aljabr” so'zi keyinchalik lotincha "algebra” bo'lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo'lib qoldi. U kvadrat tenglamalar va boshqa tenglamalar turlarini aniq misollar bilan tushintirgan.1614 yil. Shotlandiyalik Jon Neper logarifmni ixtiro qildi. Ko'p o'tmay R. Bissakar logarifmik lineyka yaratdi. 1642 yil. Fransuz olimi Blez Paskal mexanik qurilma – arifmetik mashina yasashga kirishdi. Bu qurilma oddiy arifmetik amallarni bajarar va sonlarni "eslab” qolardi.1804 yil. Fransuz muxandisi Jakkar avtomatik to'quv dastgohlarini boshqarish maqsadida perfokarta ixtiro qildi.1834 yil. Angliyalik olim Charlz Bebbidj ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, sonlarni eslab qoluvchi, arifmetik amallarni bajara oladigan va mashinaning ishlashini boshqaradigan qurilmalarni o'z ichiga olgan "analitik” mashina loyihasini yaratdi. Loyiha amalga oshirilmay qoldi.1876 yil. Angliyalik muxandis Aleksandr Bell hozirgi vaqtda juda ommalshib ketgan telefonni ixtiro qildi. 1890 yil. Amerikalik muxandis German Hollerit tomonidan perfokartaga kiritilgan ma’lumotlarni elektr toki yordamida "o'qiy” oladigan statistik tabulyator yaratildi. O'sha paytda tabulyator yordamida AQSh aholisini ro'yxatga olish ma’lumotlarini qayta ishlashda ishlatildi.1892 yil. Amerikalik muxandis U. Berrouz birinchi tijorat summatorini ishlab chiqardi.1897 yil. Angliyalik fizik J. Tomson elektron nurli trubka ishlab chiqdi.1901 yil. Italiyalik fizik Gulelmo Markoni Yevropa va Amerika orasida radioaloqa o'rnatdi.1904-1906 yillar. Elektron diod va triod ishlab chiqildi. Texnologik jarayonlarni boshqarishda, operatsiya xonalari yoki tez yordam mashinalarida, raketa, samolyot va vertolyotlarda, suv ostida yoki murakkab holatlarda va xavfli vaziyatlarda maxsus kompyuterlar ishlab turibdi. Quyidagi kompyuter shular jumlasiga kiradi. Ergotouch (Ergotach) kompyuteri alyuminiydan quyilgan butunligicha germetik qoplamali bo'lib, ishlatish vaqtida oson ochiladigan qilingan. Kompyuter qoplamasi elektromagnit nurlanishlarni deyarli to'liq yutadi. Uning ekrani qo'l tekkanini sezuvchan qilib ishlangan. Kompyuterni o'chirmasdan suv bilan yuvish mumkin. Shu sifatlari evaziga boshqarish va texnologik jarayonlarni kuzatib borish vositasi sifatida ishlatiladi. 1989 yil. Amerikaning Poquet Computers Corporation firmasi Subnotebook sinfiga mansub Pocket PC kompyuterini ishlab chiqdi.1993 yil. Intel firmasi Pentium mikroprotsessorini ishlab chiqardi.superkompyuterlar –
sekundiga kamida 100 megaflop
(1 megaflop - sekundiga million amal bajarish) amal bajaruvchi kuchli
kompyuterlardir. Ular o'ta tezkor deb ataladi. Bu kompyuterlar umumiy xotira va
tashqi qurilmali bo'lib, ko'pprotsessorli yoki ko'pmashinali komplekslar
sifatida tashkil etiladi.
Asosiy portativ (qo'l) kompyuterlar quyidagilar:
Laptop (tizza kompyuteri: lap – tizza, top – ustiga). Tezligi va xotirasi jihatidan shaxsiy kompyuterlardan qolishmaydi.Notebook (bloknot yoki yozuv daftarchasi). Og'irligi 3 –4 kg atrofida va kattaligi katta xajmdagi kitob o'lchamida bo'ladi. Ularga modem, CD-ROM va boshqa qo'shimcha qurilmalar o'rnatilish imkoniyati bor. Palmtop (palm – kaft) - eng kichik zamonaviy shaxsiy kompyuterlardir. Ular kaftga bemalol sig'adi. Ularda magnit disklar o'rnini mustaqil manbaali elektron xotiralar egallagan. Ularda oddiy kompyuterlar bilan axborot almashish aloqa tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Agar Palmtopni doimiy xotirasini maxsus dasturlar paketi bilan to'ldirilsa, raqamli shaxsiy yordamchiga (Personal Digital Assistant) aylanadi.Ma’lumki, kompyuterlarni klassifikatsiyalash masalasi nisbiydir. Ishlab chiqarish texnologiyasi va strukturasining rivojlanishi sababli kompyuterlarning yangi sinflari ishlab chiqariladi va oqibatda mavjud sinflar orasidagi tafovut o'zgaradi. Kompyuter texnikasini turli klassifikatsiyasi mavjud. Masalan:
rivojlanish bosqichlari (avlodlari) bo'yicha;
arxitekturasi bo'yicha;
ish unumdorligi bo'yicha;
ishlatish muxiti bo'yicha;
protsessorlar soni bo'yicha;
foydalanuvchi extiyojlari bo'yicha va xokazo.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafedrasi
|