-mavzu. Rasmlarda obyektni aniqlash




Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana19.02.2024
Hajmi1,28 Mb.
#158916
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(Ma\'lumotlarning intellektual tahlili) 2

8-mavzu. Rasmlarda obyektni aniqlash 
Reja: 
1. 3D rekonstruktsiya 
2. Interpolyatsiya yuzasi 
3. Keng qo’llaniladigan tizimlar 
Kompyuter grafikasi va kompyuter ko’rish o’tkirligida uch o’lchamli 
rekonstruksiya – real obyektlarning formasi va qiyofasini olish jarayonidir. 
Jarayon passiv yoki aktiv metodlar bilan bajarilishi mumkin. Agar 
modelning formasi vaqt davomida o’zgarsa, gap qattiq emas yoki fazoviy-
vaqtinchalik rekonstruksiya haqida ketadi. 
Shilliq qurtning uch o’lchovli 
rekonstruktsiyasi Aktiv metodlar 
Bu metodlar aktiv holatda mexanik yoki radiometrik yo’l bilan 
tiklanayotgan obyekt bilan o’zaro ta’sirlashadi. Mexanik yondoshuvga 
oddiygina misol sifatida aylanuvchi stolchaga o’rnatilgan aylanuvchi 
obyektgacha bo’lgan masofani o’lchash uchun chuqurlikni o’lchash asbobini 
qo’llashni keltirish mumkin. Ko’p qo’llaniladigan radiometrik metodlarda 
obyektga nurlanish tushirib, uning akslangan qismini o’lchanadi. Misol 
sifatida yoritishning harakatlanuvchi manbalari, rang-barang yoritishni 
qo’llash, lazer masofa o’lchagich va LIDAR, mikroto’lqin va ultratovush 
datchiklari va boshqa uch o’lchovli skanerlash metodlari xizmat qilishi 
mumkin. 
Passiv metodlar 
3D rekonstruktsiyaning passiv metodlari tiklanayotgan obyektga ta’sir 
qilmaydi, uning uch o’lchovli formasini olish uchun, obyekt yuzasidagi 
sochilgan yoki aks ettirilgan nurlanishni o’lchash uchun faqatgina 
datchikdan foydalaniladi. Odatda, sensor sifatida ko’rinadigan diapazonga 
sezgir, kameralarning fotoretseptorlari qo’llaniladi. Qayta ishlash algoritmi 
kirishiga bir nechta (bir, ikki yoki undan ko’p) tasvirlar to’plami yoki video-
oqim uzatiladi. Bunday holatdatasvirlarga asoslangan rekonstruktsiya haqida 
gapiriladi, uning natijasi esa 3D fotosurat hisoblanadi. 
Sifat 


Xozirgi paytda, ushbu yo’llar bilan olinayotgan 3D fotosuratlar va 
modellar miqdor jihatidan katta, alohida tovush fragmentli, past sifatga ega 
bo’lmoqda. Ko’proq, chiquvchi modelning sifati kiruvchi tasvirlar seriyasi 
(shovqin darajasi, optik deformatsiya, shu’la), hamda chiquvchi modelning 
murakkabligiga bog’liq. Kosmik suratlardan foydalangan xoldagi 
rekonstruksiyada, xar-xil turdagi atmosfera effektlari asosiy rolni o’ynaydi. 
Qo’llanilishi 
Uch o’lchovli rekonstruktsiya obyektlar yoki landshaftlarning 
qiyofasini tiklashda qo’llanilishi mumkin. Robotexnikada joyning uch 
o’lchovli xaritasini, yergacha bo’lgan masofa, tezlikni aniqlashda 
foydalaniladi. 
Videokuzatuv 
Videokuzatuv (ing. Closed Circuit Television, CCTV – yopiq perimetr 
televideniesi tizimi) – vizual nazorat yoki tasvirlarning avtomatik analizi 
(yuzalarni, davlat raqamlarini avtomatik aniqlash) ga mo’ljallangan optik-
elektron qurilmalarni qo’llagan xolda amalga oshiriladigan jarayon. 
Tarixi 
Videokuzatuvning ajdodi sifatida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 
fot suratlar olishni hisoblash mumkin. 
Birinchi videokuzatuv tizimi 1942-yilda Germaniyada Siemens 
kompaniyasi tomonidan Penemyunddagi poligonda bo’layotga «Fau-2» 
raketalarining sinovini kuzatish uchun yaratilgan. Asosiy ishlab chiqaruvchi 
mutaxassis Valter Brux edi, u keyinroq 1963-yilda PAL tizimining ishlab 
chiqarilishida rahbarlik qilgan. 
Birinchi tijorat videokuzatuv tizimi 1949-yilda AQSHda ishlab 
chiqarilgan Vericon hisoblanadi. Tizimning asosiy ustunligi, radioto’lqinlar 
o’rniga simlardan foydalanish, uning natijasida ruhsatlar olish kerak emas 
edi. 
1949-yilda Jorj Oruellning «1984» nomli fantastik romani nashr etildi, 
unda muallif videokuzatuvning ommaviy foydalanilishini uning tarqalishida 
bo’lgan paytda tasvirlaydi. 
Dastlabki videokuzatuv tizimlarida faqatgina kameralardan tasvirlarni 
ko’rish mumkin edi, yozuv esa operator komandasiga binoan amalga 
oshirilishi mumkin edi. 
Uzluksiz 
yozuv 
1970-yillarning 
boshlarida 
videoyozuv 
texnologiyasining rivojlanishi bilan paydo bo’ldi. 
Harakatlanayotgan obyektlarni aniqlash tizimlari 
Tizim harakatlanuvchi videokameradan olingan tasvirlardan kichik 
o’lchamli obyektlarning harakatlanish belgisiga ko’ra avtomatik ajratishga 
mo’ljallangan. 
Tizim 
shaxsiy 
kompyuter 
bazasida 
amalga 
oshirilgan. 
Videokameradan kirish, harakatlanuvchi sahnalarning raqamli tasvirlari 


vizualyatsiyasi va qayta ishlanishi amalga oshiriladi. Tizim baholash va 
tasvir qabul qilgichining xususiy nisbiy harakati hisobiga sodir bo’ladigan 
sahna tasvirining umumiy siljishini kompensatsiyasini amalga oshiradi, 
hamda harakatlanayotgan kichik o’lchamli obyektlarning harakatlanish
belgisi 
va 
aniqlangan bir nechta aniqlangan obyektlarning 
bir vaqtdagi birgalikdagi kuzatuvini amalga oshiradi. 
kadri; 
Chapda – harakatlanayotga obyektlar ajratilgan holdagi video ketma-ketlik 
O’ngda – harakatlanayotgan obyektlarni ajratish bosqichlari. 


Shaxslarni aniqlash 
Shaxslarni aniqlash – qiyofa aniqlash nazariyasining amaliy ilovasi 
hisoblanib, uning vazifasi fotosuratda avtomatik tarqalish va kerakli holda shaxsni 
yuziga qarab identifikatsiydalash. Insonlarni fotosuratlarda identifikatsiyalash 
fotoalbomlarni boshqarish dasturiy ta’minoti (Picasa, iPhoto va boshqalarda) da 
keng qo’llanilmoqda. 
Fotosuratda yuzalarning lokallashuvi misoli 
Yuzalarni aniqlash va identifikatsiyalash masalasi – bu, birinchi amaliy 
masalalardan hisoblanib, u obyektlarni aniqlash va identifikatsiyalash 
nazariyasini kelishi va rivojlanishiga turtki bo’ldi. Obyektlarning 9 ta 
kategoriyasi mavjud: 
1. 
Manipulyatsiya qilish mumkin bo’lgan obyektlar (payola, kalit, 
soat va boshqalar); 
2. 
Qisman manipulyatsiya qilish mumkin bo’lgan obyektlar 
(avtomobillar, materiallar va boshqalar); 
3. 
Manipulyatsiya qilish mumkin bo’lmagan obyektlar (daraxtlar, 
binolar va boshqalar); 
4. 
Yuzalar; 
5. 
Chehra; 
6. 
Tirik jonzotlar (hayvonlar, inson figurasi); 
7. 
Bosma belgilar (harflar, simvollar, belgilar); 


8. 
Chizilgan tasvirlar; 
Yorug’lik manbasi (oy, quyosh) ning xarakteristikasi va joylashuvi. 
Nazorat savollari: 
 
1. Grafik tasvirning asosiy turlari qanaqa ? 
2. Grafiklarning asosiy ko’rinishlari qanaqa ? 
3. Kompyuter grafikasining asosiy qo’llanish soxalari qanaqa? 
4. Rastrli tasvirlar qanday asosiy xarakteristikalariga ega? 
5. Tasvir shaklda taqdim etilgan malumotlarning qanday turlarini bilasiz? 



Download 1,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish