Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 470,6 Kb.
bet100/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

IPUI (International Portable User Identity) – xalqaro abonent kodini tanish.
ITU (International Telecommunication Union) – Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi. Bu tashkilot global telekommunikatsion tarmoqlar va
interfeyslarni davlat va xususiy tashkilotlar foydalanishini boshqaradi. Tashkilotning shtab-kvartirasi Jenevada (SHveysariya) joylashgan.
ITU-R (International Telecommunication Union – Radio communication) - Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqining radioaloqa sektori. 1993 yilda tashkil etilgan va radioaloqa bo‘yicha halqaro maslahat qo‘mitasining (RHMQ) merosxo‘ri hisoblanadi.
ITU-T (International Telecommunication Union - Telecom Standartization) – Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqining telekommunikatsiyalar sohasida standartlashtirish sektori. 1993 yilda tashkil etilgan va telegrafiya va telefoniya bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining (TTHMQ) merosxo‘ri hisoblanadi.
JDC (Japanese digital cellular) – yapon raqamli sotali tizim.
MC-TDMA (Multi-Carrier TDMA) – ko‘p chastotali TDMA. Vaqt bo‘yicha ajratishli ko‘p stansiyali ulanish aralash texnologiyasi, bunda har bir kanal chastotasi va kadrdagi vaqt intervali nomeri bilan xarakterlanadi.
OQPSK (Offset Quadrature Phase-Shift Keying) – surilishli kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash.
p/4 DQPSK – to‘rtta {-p/4; p/4; -3p/4; 3p/4} simvollardan kodlarni ishlatadigan fazaviy manipulyatsiyalash, ulardan har biriga
{00, 01, 10, 11} ma’lumotlar ikkita biti moslikka qo‘yiladi.
TDD (Time Division Duplex) – vaqt bo‘yicha ajratishli ikki tomonlama aloqa. Bitta kadrning turli vaqt intervallarida qabul qilish va uzatish kanallari zichlashtirilgan bitta aloqa liniyalari bo‘yicha ma’lumotlarni almashlash usuli. TDD rejimi piko- va mikrosotalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan, bunda abonentlar cheklangan bo‘shliqda uncha yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanadi.
TDMA (Time Division Multiple Access) - vaqt bo‘yicha ajratishli ulanish.
TD-SCDMA (Time Division Synchronous Code Division Multiple Access) – sinxron vaqt-kod bo‘yicha ajratishli ulanish.
TETRA (Terrestrial Trunked Radio) - Tranking radioaloqa. Bu standart vaqt o‘tishi bilan barcha mavjud turli tranking aloqa analog standartlarini almashtirish maqsadlarida Yevropa telekommunikatsion standartlar instituti (ETSI) doirasida yaratilgan.
UMTS (Universal Mobile Telecommunication System) - Universal Mobil Telekommunikatsion Tizim bo‘lib, unda ma’lumotlarni uzatish tezligi 120km/soatgacha tezlikda harakatlanishda 384 kbit/sekundgacha va 10km/soatgacha tezlikda
harakatlanishda 2 mbit/sekundgachani tashkil etadi. Bu standart Evropa uchun uchinchi avlod sotali aloqa standarti, ETSI ishlab chiqqan.
UTRAN (UMTS Terrestrial Radio Access Network) - UTRA radiointerfeysi asosida qurilgan radioulanish yer usti tarmog‘i.
UWC-136 (Universal Wireless Communications-136 - universal mobil kommunikatsiyalar) – ishlanmani muvofiqlashtirish bo‘yicha UWCC shug‘ullandi. Standart, u EDGE bo‘lib, asosan IS-136 DAMPS/TDMA standartda o‘z xizmatlarini taklif etadigan o‘z xizmatlarini taklif etadigan operatorlarning soddalashtirilgan migratsiyalanishi uchun ishlab chiqilgan. IMT-2000 bo‘yicha bu standart IMT-SC deyiladi.
WAP (Wireless Application Protocol) – bepul litsenziyalanmaydigan simsiz aloqa protokoli bo‘lib, kengaytirilgan mobil telefoniya tizimlarini yaratishga va mobil telefonlardan Internet sahifalarga ulanishni olishga imkon beradi.
WARC (World Administrative Radio Conference) – Radiochastotalar bo‘yicha butundunyo ma’muriy konferensiyasi (Wideband code division multiple access) – kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan keng polosali ko‘p stansiyali ulanish.
WLL (Wireless Local Loop) – simsiz abonentlar liniyalari. Eng tez-tez ishlatiladigan abonentlar ulanish texnologiyalarini belgilanishi.


Download 470,6 Kb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 470,6 Kb.