OOUT aloqa masofasini oshirish usullari




Download 470,6 Kb.
bet97/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

OOUT aloqa masofasini oshirish usullari. OOUTning asosiy kamchiligi uncha katta bo‘lmagan aloqa masofasi hisoblanadi, uni oshirishga urinilarda esa yechilishini talab qiladigan quyidagi muammolar vujudga keladi:


  • qabullagichning bo‘sag‘aviy sezgirligini kamaytirish;



  • nurlanishning maksimum quvvatini oshirish;



  • qabullagich linzasining diametrini oshirish;



  • atmosferadagi yo‘qotishlar koeffitsientini kamaytirish;



  • nurlanishning tarqalish burchagini kamaytirish.



Qabullagichning bo‘sag‘aviy sezgirligi fotoqabullagich qurilmasini xarakterlaydi va elementlar asosining zamonaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Uzatkiching maksimum quvvatini oshirish nurlanishning o‘rtacha quvvatini oshiradi, bu o‘z navbatida, o‘rtacha quvvatni 50 mVtdan ortishiga, qurilmalarni sertifikatlashtirish va vakolatli organlardan ruxsat olish zaruratiga olib keladi. Bundan tashqari, dioddan issiqlik ajralishi ortadi, natijada nurlantirgich qiziydi va uning xizmat ko‘rsatish muddati sezilarli qisqaradi. Bu muammoni bir vaqtda impulsning uzunligini kamaytirish bilan maksimal quvvatni oshirish bilan erishish mumkin. Bu holda nurlanishning o‘rtacha quvvati oldingidek qoladi.
Uzatish tezligini faqat nurlanish impulslari chastotasini oshirish yo‘li bilan erishiladi, bu nurlanishning o‘rtacha quvvatini ortishiga olib keladi. Demak, nurlantirgich impulslari uzunligini kamaytirish maksimum nurlantirish quvvatini oshirishga va bu bilan aloqa masofasini oshirishga yoki impulslar chastotasini oshirishga va bu bilan uzatish tezligini oshirishga imkon beradi. Shunday qilib, uzatish tezligini aloqa masofasiga ko‘paytmasi nurlantirgich impulslari uzunligi bir xil bo‘lganda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi. Bu yerdan kelib chiqadiki, aloqa masofasini tezlikni kamaytirish yoki impulslar uzunigini kamaytirish hisobiga oshirish mumkin. Bunday tasdiqlash uzatish tezligi uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi.
Aloqa masofasini oshirishning boshqa yo‘li bu linzaning diametrini oshirish hisoblanadi. Zamonaviy OOUT modellarida linzalar 10 sm tartibdagi diametrga ega, lekin keyingi oshirish tizimning qimmatlashishiga olib keladi. Katta diametrli Frenel linzalarini ishlatish mumkin, lekin ular changlanishga sezgir.
Aloqa masofasini nurlanish to‘lqin uzunligini o‘zgartirish yo‘li bilan atmosferadagi yo‘qotish koeffitsientini kamaytirish hisobiga oshirish mumkin. Oldin ko‘rsatilganidek, atmosfera halaqitlari spektrning turli qismlaridagi nurlanishlarga turlicha ta’sir qiladi. To‘lqin uzunligini ortishi bilan atmosfera halaqitlarining ta’siri kamayadi 1800 nm atrofidagi to‘lqin uzunliklarida esa atmosferaning “shaffoflik oynasi” kuzatiladi. Optik signalni uzatishga yaraydigan quyidagi “shaffoflik oynalari” mavjud: 400-1050 nm, 1200-1300 nm, 1500-1800 nm, 2100-2400 nm, 3300-4200 nm, 4500-5000 nm, 8000-
13000 nm [36-38].
Aloqa masofasini uzatkichning tarqalish burchagini kamaytirish bilan ham oshirish mumkin. Lekin bu quyidagi muammolarga bog‘liq:


  • uzatkichning tarqalish burchagini kamaytirish OOUTning sozlanishi va to‘g‘rilanishini murakkablashtiradi va mos ravishda tizimni montaj qilish qimmatlashadi;



  • ingichka nur qimmatroq obyektiv orqali shakllantiriladi.



Bundan tashqari, ko‘plab OOUTlarda montaj qilish protsedurasini soddalashtirish maqsadida qabul qilish va uzatish bloklari bitta korpusda joylashtiriladi. Lekin bu holda ishlab chiqarish jarayonida korpusning ichida qabullagi va uzatkich optik o‘qlarining parallelligini aniq ta’minlash (aks holda ikki tomonlama aloqa uchun bloklarni sozlash mumkin bo‘lmay qoladi) zarur bo‘ladi.

Ob’ektlar orasida to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida yoki interval uzun bo‘lganida retranslyator o‘rnatilishi mumkin. Retranslyatorga faqat ta’minotni yetkazish va obyektlar orasida to‘g‘ri ko‘rinishni ta’minlash talab qilinadi.


Download 470,6 Kb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OOUT aloqa masofasini oshirish usullari

Download 470,6 Kb.