|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|
bet | 93/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)RFID-tizimlar turli obyektlarni operativ va aniq nazorat qilish, ularning haakatlanishini kuzatish va hisobga olish talab qilinadigan turli xil hollarda qo‘llaniladi.
RFID-texnologiyalarning asosiy afzalliklari:
RFIDga tegish yoki to‘g‘ri ko‘rinish kerak emas;
RFID-belgilar tez va aniq o‘qiladi (100%-lik identifikatsiyalashga yaqinlashish bilan);
RFID hatto agressiv muhitda ishlatilishi mumkin, RFID- belgilar esa chang, bo‘yoq, bug‘, suv, plastmassa, yog‘och orqali o‘qilishi mumkin;
passiv RFID-belgilar deyarli cheklanmagan ishlatish muddatiga
ega;
RFID-belgilar ko‘p miqdordagi ma’lumotlarni tashiydi va
intellektual bo‘lishi mumkin;
RFID-belgilarni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas;
RFID-belgilar nafaqat o‘qish uchun, balki ma’lumotlar yoziladigan bo‘lishi mumkin.
Namunaviy qo‘llanilishlari:
korxonalar hududlarida personalning ulanishini va harakatlanishini elektron nazorat qilish;
ishlab chiqarish, tovarlar va bojxona omborlari (ayniqsa yiriklari), magazinlarni, tovarlar va moddiy boyliklarni berilishi va harakatlanishini boshqarish;
ma’lumotlarni avtomatik to‘plash va zarurat bo‘lganida temir yo‘llarda, pulli avtomobil yo‘llarida, yuk stansiyalari va terminallarida to‘lovni o‘tkazish;
harakatlanishni rejalashtirish va boshqarish, grafikning intensivligini va optimal marshrutlarni tanlashni nazorat qilish;
jamoat transportida harakatlanishni boshqarish, yo‘l haqini to‘lash va yo‘lovchilar oqimini optimallashtirish;
barcha transport turlari uchun elektron to‘lovlar, shu jumladan pulli yo‘llar, yo‘l va tranzit haqini avtomatik to‘lovi, pulli avtomobillar saqlash joylarini tashkil etish;
xavfsizlikni ta’minlash boshqa audio- va video nazorat qilish texnik vositalari bilan birga kompleksda, transport vositlarida himoyalash va signalizatsiya:
ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarining harakatlanishini nazorat qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|