|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|
bet | 96/103 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 470,6 Kb. | | #259507 |
Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)Ichki parametrlar tizimning konstruksiyasiga bog‘liq va nurlanish quvvati, to‘lqin uzunligi, chastotalar polosasi, qabul qilish tomnidagi tarqalish burchagi va optik yo‘qotishlar, qabullagichning
sezgirligi, bitli xatolik (BER), qabul qilish linzalarining diametri, qabullagichning ko‘rish burchagini o‘z ichiga oladi. Atmosfera optik aloqa liniyasining uzunligi, mumkinligi, o‘tkazish qobiliyati va uning narxi aniq bir ilova uchun OOUT tizimlarning optik konstruksiyasini aniqlaydi. Shu bilan birga, ilova o‘rnatgan cheklashlarga bog‘liq bo‘lmagan holda OOUT tizimlarni ishlab chiqishdaqabullagich- uzatkichlarning konstruksiyasiga ta’sir qiladigan fundamental echimlarni qabul qilish arur bo‘ladi. Bunday echimlarga uzatkichlarning xarakteristikalari, avtotrekingning zarurligi, bir yoki ko‘p aperturali qabullagichlar va uzatkichlarni tanlash, nurlanishni muvofiqlashtirish usullari kiradi.
5.5-rasm. Kompyuter tarmoqlarining ulanishi
Tashqi parametrlari to‘g‘ri ko‘rinish va atmosfera halaqitlari, aloqa masofasi binolar oynalaridagi yo‘qotishlar va yo‘naltirish yo‘qotishlari, ya’ni nurlantiriladigan to‘lqin tarqaladigan muhitga bog‘liq parametrlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy holda bu parametrlarning ko‘pchiligi o‘zaro bog‘liq va tizimning umumiy ishlashini aniqlaydi. Masalan, tizimning mumkinligi nafaqat aloqaning masofasiga, balki atmosferaning holatiga, yo‘naltirish aniqligiga va qabullagich-uzatkichning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Iqlim sharoitlari va o‘rnatish joyining fizik xarakteristikalari atrof-muhit parametrlariga kiradi. To‘g‘ri ko‘rinishga ta’sir qiladigan ob-havo
sharoitlari va o‘rnatish parametrlari umuman OOUT tizimning aloqa sifatini aniqlaydi. Amaliyot ko‘rsatadiki, mavjud OOUT tizimlar atrof-muhitning har qanday sharoitlarida va to‘g‘ri ko‘rinishda ikki- uch marta ortiq bo‘lgan masofalarda ishlay oladi. Tizimning ishlash qobiliyatini aniqlaydigan asosiy omillar atmosferadagi yo‘qotishlar, deraza oynalaridagi yo‘qotishlar, binoning og‘ishlari va harakatlanishlari, quyoshning yoritishi va to‘g‘ri ko‘rinishning qoplanishini o‘z ichiga oladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
|