Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (OFDMA)




Download 470,6 Kb.
bet45/103
Sana03.06.2024
Hajmi470,6 Kb.
#259507
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u (4)

Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (OFDMA) turli foydalanuvchilarga ularning o‘z nimtashuvchi chastotalar to‘plamlarini biriktirish yo‘li bilan OFDM tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin (2.15- rasm).
2.15- rasm. OFDMAda bazaviy stansiya har bir foydalanuvchiga kanallarning eng yaxshi parametrlarini beradigan diapazondagi nimtashuvchilar qismini ustun tayinlaydi
Bu taqsimlash bajarilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab usullar mavjud. Eng oddiy usul 2.16- rasmda tasvirlanganidek, har bir foydalanuvchiga nimtashuvchi chastotalarni statik taqsimlash hisoblanadi.
Masalan, tizimning 64 ta nimtashuvchi chastotalaridan 1- foydalanuvchi 1-16 nimtashuvchi chastotalarni 2, 3, va 4-
foydalanuvchilar mos ravishda 17-32, 33-48, va 49-64 nimtashuvchi chastotalarni ishlatishi mumkin. Taqsimlash turli foydalanuvchilar uchun uzoq vaqtga multipleksorga xabar qilinadi va Fure tez o‘zgartirishini (FFT) ishlashigacha ishlatiladi. Tabiiyki, notekis
taqsimlashga ham yo‘l qo‘yiladi, maslan yuqori tezliklarda ma’lumotlarni uzatadigan foydalanuvchilar uchun pastroq tezlikli foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq nimtashuvchi chastotalar taqsimlanadi.
Quvvat




2.16- rasm. OFDMA shakllanishi
chastota





Nimtashuvchi chastotalarni statik taqsimlashning takomillashtirilishi – dinamik taqsimlash kanalning holatini davriy tahlil qilishga asoslanadi. Masalan, chastotaviy holat va so‘nishlarning mavjudligi tufayli 1-foydalanuvchi 33-48 nimtashuvchi chastotalardagi nisbatan yaxshi kanallarga, shu bilan bir vaqtda 3- foydalanuvchi 1-16 nimtashuvchi chastotalardagi nisbatan yaxshi kanallarga ega bo‘lishi mumkin. Ravshanki, statistika asosidagi taqsimlashlarni bunday o‘zgartirish bu foydalanuvchilar uchun o‘zaro foydali bo‘lar edi. Nimtashuvchi chastotalarni dinamik taqsimlanishini bajarilishi uchun yaxshi ishlab chiqilgan nazariya mavjud. Ulardan ayrimlari quyidagilar hisoblanadi:



  • multifoydalanuvchilik ajratilishi har bir yangi bog‘lanishga nimtashuvchi chastotalar to‘plamini berishdan iborat. Stansiyaga chastotalarni uzoq vaqt biriktirilishiga (ko‘p stansiyali ulanish) qaragandagi bu usul beradigan afzalliklar bu mumkin nimtashuvchilar to‘plamidan bu momentda “yaxshi” sharoitlarni ta’minlay oladigan nimtashuvchilarni har bir bog‘lanish uchun tanlash hisoblanadi;



  • adaptiv modulyatsiyalash bu eng yuqori ma’lumotlarni uzatish tezliklariga erish uchun yaxshi kanallarni ishlatish uchun vosita



hisoblanadi. OFDMAda unumdorlikni maksimallashtirish uchun nimtashuvchi chastotalarni tanlash va quvvatni taqsimlash kanallarning holatiga asoslanishi kerak.

Shunday qilib, OFDMA ko‘p stansiyali ulanish tez moslashuvchan uslubini ta’minlaydi, u ko‘plab foydalanuvchilarning ishlashini o‘zgaradigan ilovalar, ma’lumotlarni uzatish tezliklari va xizmat ko‘rsatish sifati talablarining katta to‘plami bilan muvofiqlashtirishi mumkin.


    1. Download 470,6 Kb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Download 470,6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (OFDMA)

Download 470,6 Kb.